Prezident granti uchun da`vogarlik qiladigan abiturientlar ro`yxati e`lon qilindi

Prezident granti uchun da`vogarlik qiladigan abiturientlar ro`yxati e`lon qilindi, OTMlar kesimida ro'yhat bilan tanishing
Telegramda o'qish

Prezident granti uchun o‘tish bali — 185,85 ballni tashkil qildi

DTMning mandat saytidagi ro‘yxatda Prezident granti uchun da’vogarlik qiladigan abituriyentlar ro‘yxati e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 185,85 balldan yuqori ko‘rsatkichga erishgan 233 nafar abituriyent Prezident grantiga da’vogarlik qiladigan bo‘ldi.

Chunki qoidaga binoan, 200-o‘rindagi abituriyent bilan bir xil ball to‘plagan barcha abituriyentlar ushbu grantga da’vogarlik qilishadi. Natijalarga ko‘ra, 185-o‘rindan 233-o‘ringacha abituriyentlar bir xil 185,85 ball to‘plashgan, shu sababli barchasi Prezident grantiga da’vogarlik qilishadi.

Shuningdek, respublika bo‘ylab jami 75 nafar abituriyent eng maksimal 189 ball to‘plashdi.

Eslatib o‘taman, Prezident grantini olganlar garchi kontraktga kirgan bo‘lsa ham, davlat granti asosida o‘qishadi.

Quyida Prezident grantiga da’vogarlik qilayotgan 233 nafar abituriyentlarning OTM kesimidagi ma’lumotlari bilan tanishishingiz mumkin:

OTM nomi / da’vogarlar soni

Toshkent davlat yuridik universiteti — 73
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti — 46
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti — 26
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 9
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti — 9
Toshkent tibbiyot akademiyasi — 9
Toshkent moliya instituti — 5
Buxoro davlat universiteti — 4
Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti — 4
Farg‘ona davlat universiteti — 4
Navoiy davlat pedagogika instituti — 4
Qoraqalpoq davlat universiteti — 4
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti — 4
Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti — 3
Namangan davlat universiteti — 3
O‘zbekiston Milliy universiteti — 3
Qarshi davlat universiteti — 2
Samarqand davlat chet tillar instituti — 2
Samarqand davlat universiteti — 2
Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti — 2
Buxoro tibbiyot instituti — 1
Guliston davlat universiteti — 1
Jamoat xavfsizligi universiteti — 1
Jizzax davlat pedagogika instituti — 1
Nukus davlat pedagogika instituti — 1
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti — 1
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi — 1
Qo‘qon davlat pedagogika instituti — 1
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti — 1
Samarqand davlat tibbiyot instituti — 1
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti — 1
Termiz davlat universiteti — 1
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 1
Toshkent davlat stomatologiya instituti — 1
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti — 1

P.S.: ushbu ma’lumotlar koronavirusga chalingan yoki test kuni isitmasi yuqori bo‘lgan abituriyentlar uchun o‘tadigan qo‘shimcha test natijalaridan keyin o‘zgarishi mumkin.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: