Abdurahmon Akbar (1962–2015)

Abdurahmon Akbar

Abdurahmon Akbar hayoti, faoliyati, asarlari, tarjimalari, mukofotlari haqida ma’lumotlar

Abdurahmon Akbar hayoti

Oʻzbek bolalar adabiyoti rivojiga salmoqli hissa qoʻshgan Abdurahmon Akbar 1962 yil 22 aprelda Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanidagi Niyozboshi qishlogʻida ziyoli oilada tugʻildi. Oʻzbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakulteti kechki boʻlimida (1979–1987) tahsil oldi.

Abdurahmon Akbar faoliyati

Armiya xizmatini quruvchi askarlarning “Stroitel” (“Binokor”) gazetasida (1981–1983) adabiy xodim sifatida oʻtadi. Xizmatdan qaytgach, Yangiyoʻl tumanidagi 25-maktabda ona tili va adabiyoti fanidan (1985–1986) dars berdi. 1986 yildan umrining oxirigacha “Choʻlpon” nomidagi bolalar nashriyoti matbaa ijodiy uyida xizmat qildi.

Abdurahmon Akbar asarlari

Abdurahmon Akbarning ilk kitobi 1987 yilda, “Kichkintoy va paxtaoy” nomi bilan bosilib chiqdi (M. Qodirov bilan birgalikda). Shundan soʻng “Soʻzlovchi yomgʻir” (1990), “Ehtiyotkor toshbaqa” (1991), “Yozning tugʻilgan kuni” (1992), “Oʻyinqaroq bulutcha” (1996), “Oʻrdakcham” (2005), “Jonli savatcha” (2005), “Uyquchining tushlari” (2006), “Gonzik olib kelgan dori” (2006), “Eng katta mehr” (2006), “Niyozbosh istiqbol sari” (2007), “Bolalar bogʻchasi uchun sevimli ertaklar” (2009), “Mening doʻstim kompyuter” (2010) nomli 15 dan ortiq sheʼriy, adabiy-badiiy va tarjima kitoblari chop etildi. 1991 yili “Ehtiyotkor toshbaqa” nomli kitobi Usmon Nosir nomidagi mukofotga sazovor boʻldi.

Abdurahmon Akbar tarjimalari

Abdurahmon Akbar tarjimasida “Texnikaning katta ensiklopediyasi”, “Kichkintoylar uchun jonivorlarning katta ensiklopediyasi”, “Jonivorlarning katta ensiklopediyasi”, “Jajji kichkintoylar uchun bilimlarning katta kitobi”, “Maktabgacha yoshdagi bolalar ensiklopediyasi”, “Sehrli qirollik oroli”, G. X. Andersenning “Ertaklar” kitobi, “Jajji kichkintoylar uchun ensiklopediya” deb nomlangan kichik yoshdagi oʻquvchilarga moʻljallangan ilmiy-maʼrifiy, badiiy kitoblar nashr etildi.
Shoirning sheʼr va tarjimalari boshlangʻich sinf oʻquvchilarining “Ona tili”, “Oʻzbek tili”, “Oʻqish kitobi”, “Atrofimizdagi olam”, “Odobnoma” kabi darsliklaridan, shuningdek, kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari uchun nashr etilgan “Bolalar adabiyoti” darsligi va “Oʻzbek bolalar adabiyoti” antologiyasidan joy oldi.

Abdurahmon Akbar mukofotlari

Abdurahmon Akbar 2006 yili “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoni bilan taqdirlangan.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Информация о жизни, деятельности, трудах, переводах, наградах Абдурахмана Акбара.

Жизнь Абдурахмана Акбара

Абдурахмон Акбар, внесший значительный вклад в развитие узбекской детской литературы, родился 22 апреля 1962 года в селе Ниязбаши Янгиюльского района Ташкентской области в интеллигентной семье. Учился на вечернем отделении факультета журналистики Национального университета Узбекистана (1979-1987).

Деятельность Абдурахмона Акбара

Работал литературным работником армейской строительной газеты «Строитель» («Бинокор») (1981–1983). После возвращения со службы преподавал родной язык и литературу (1985–1986) в школе № 25 Янгиюльского района. С 1986 года и до конца жизни в типографии работало детское издательство «Чолпон».

Работы Абдурахмана Акбара

Первая книга Абдурахмона Акбара вышла в 1987 году под названием «Кичкинтой ва пахтаой» (совместно с М.Кадыровым). Затем последовали «Говорящий дождь» (1990), «Осторожная черепаха» (1991), «День рождения лета» (1992), «Игривое облачко» (1996), «Моя уточка» (2005), «Живая корзина». (2005), «Сны спящего» (2006), «Лекарство принес Гонзик» (2006), «Величайшее милосердие» (2006), «Навстречу благополучному будущему» (2007), «Любимые сказки для детского сада» ( 2009 г.), «Мой друг компьютер» (2010 г.), более 15 книг поэзии, литературы и переводов. В 1991 году его книга «Осторожная черепаха» получила премию Османа Насира.

Переводы Абдурахмана Акбара

Перевод Абдурахмана Акбара: «Большая энциклопедия техники», «Большая энциклопедия животных для самых маленьких», «Большая энциклопедия животных», «Большая книга знаний для самых маленьких», «Энциклопедия дошкольников», «Волшебный остров Королевства». «, GX Издана книга, энциклопедия для детей раннего возраста.
Стихи и переводы поэта включены в учебники для учащихся начальных классов, такие как «Родной язык», «Узбекский язык», «Чтение», «Окружающий мир», «Этикет», а также учебник «Детская литература». и «Детская литература» для студентов профессиональных колледжей.Узбекская детская литература»антология.

Награды Абдурахмана Акбара

В 2006 году Абдурахмону Акбару присвоено звание «Заслуженный работник культуры Республики Узбекистан».

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Аноним

    :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: ;-) ;-) :o :o ;-) :o ;-) ;-) ;-)

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: