Bahrom Roʻzimuhammad (1961)

Bahrom Roʻzimuhammad

Bahrom Roʻzimuhammad hayoti, faoliyati, asarlari, tarjimalari haqida ma’lumotlar

Bahrom Roʻzimuhammad hayoti

Bahrom Roʻzimuhammad 1961 yil 10 yanvarda Xorazm viloyati, Shovot tumani, Ijtimoiyat qishlogʻida tugʻildi. Otasi Sharifiy taxallusi bilan sheʼrlar yozgan, mashqlari tuman gazetasida bosilgan edi. Sharifiy xonadonida chogʻroq kutubxona bor edi. Otasidagi bu ixlos Bahromni ham befarq qoldirmadi. Oʻn uch yoshidan boshlab sheʼrlar yoza boshladi. Ilk mashqlari Shovot tuman gazetasida (1974), “Gulxan” jurnalida (1976) bosildi.
1978 yili oʻrta maktabni tamomlab, ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirdi. Talabalik chogʻida (1982) turkum sheʼrlari “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida bosildi.

Bahrom Roʻzimuhammad faoliyati

Bahrom Roʻzimuhammad universitetni tugatib (1983), Shovot tuman gazetasi tahririyatiga adabiy xodimlikka ishga qabul qilindi. 1995 yilda Toshkentga qaytib, “Koʻzgu” gazetasida bir muddat faoliyat yuritdi. 1995–2000 yillarda “Oʻqituvchi” nashriyotida muharrir, katta muharrir vazifalarida xizmat qildi. Soʻng esa turli nashriyot, gazeta, jurnallarda faoliyat koʻrsatdi.

Bahrom Roʻzimuhammad asarlari

“Tovushsiz qadam”, “Terakka yaqin yulduz”, “Ikki nur” “Davsaman” sheʼriy toʻplamlari nashr etildi.
B. Roʻzimuhammad germaniyalik olimalar Zigrid Klaynmixel va Ingeborg Baldauflar bilan ijodiy aloqalar oʻrnatgan. Ingeborg Baldauf Bahromning sheʼrlarini nemis tiliga oʻgirdi (“Davsaman” toʻplami 2000 yilda oʻzbek va nemis tillarida nashr qilindi).
1999 yilda shoirning “Kunduz sarhadlari” nomli saylanma kitobi chop etildi. 2006 yilda “Soyalar suhbati” nomli navbatdagi sheʼrlar toʻplami bosildi.
B. Roʻzimuhammad “Oʻzbek modern sheʼriyati” (2003) bayozini Shermurod Subhon bilan hamkorlikda tuzib, chop ettirdi. Shoir, tarjimon Aʼzam Obid bilan hamkorlikda “Ilonbaliq” (2009), “Qush tili” (2011) xalqaro antologiyalari loyihasini ishlab chiqdi. B. Roʻzimuhammadning sheʼrlari nemis, ingliz, ispan, fransuz, hind, rus, turk, ozarbayjon, turkman, qoraqalpoq tillariga oʻgirilgan. Bir turkum sheʼrlari xalqaro nufuzli antologiyalarga kiritilgan.
U adabiy tanqidchilik sohasida ham qalam tebratib, “Choʻlpon – tong yulduzi demak” (1997) risolasini yozdi.

Bahrom Roʻzimuhammad tarjimalari

Tarjimon sifatida B. Roʻzimuhammad qoraqalpoq shoiri S. Ibrohimov sheʼrlarini, XX asr nemis modern sheʼriyatining yirik vakillari sheʼrlarini oʻzbek tiliga oʻgirdi. Nemiszabon xorvat shoirasi Maritsa Bodrojich sheʼrlarini M. Akbarov bilan hamkorlikda asliyatdan oʻgirdi. Tarjimalaridan namunalar “XX asr jahon sheʼriyati” antologiyasiga kiritildi.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Сведения о жизни, деятельности, творчестве, переводах Бахрома Рузимухаммада.

Жизнь Бахрома Рузимухаммада

Бахром Рузимухаммад родился 10 января 1961 года в селе Иджтимоият Шовотского района Хорезмской области. Его отец писал стихи под псевдонимом Шарифи, а его упражнения публиковались в районной газете. В доме Шарифи была большая библиотека. Эта преданность отцу не оставила равнодушным и Бахрома. Он начал писать стихи в возрасте тринадцати лет. Первые упражнения были опубликованы в районной газете «Шовот» (1974 г.) и в журнале «Гулхан» (1976 г.).
После окончания средней школы в 1978 году поступил на факультет журналистики Ташкентского государственного университета (ныне Национальный университет Узбекистана). В студенческие годы (1982 г.) в газете «Литература и искусство Узбекистана» был опубликован цикл стихов.

Деятельность Бахрома Рузимухаммада

После окончания университета (1983 г.) Бахром Рузимухаммад был принят на работу литературным работником в редакцию Шаватской районной газеты. Вернулся в Ташкент в 1995 году и некоторое время работал в газете «Козгу». С 1995 по 2000 год работал редактором, старшим редактором в издательстве «Учитель». Позже работал в различных издательствах, газетах и ​​журналах.

Работы Бахрома Рузимухаммада

Изданы поэтические сборники «Тихий шаг», «Звезда рядом с Тераком», «Два огонька» и «Давсаман».
Б. Розимухаммад установил творческие контакты с немецкими учеными Зигрид Клейнмихель и Ингеборг Бальдауф. Ингеборг перевела стихи Бальдауфа Бахрома на немецкий язык (в 2000 году «Давсаман» был опубликован на узбекском и немецком языках).
В 1999 году вышла избранная книга поэта «Границы дня». В 2006 году вышел очередной сборник стихов «Разговор теней».
Б. Рузимухаммад составил и издал книгу «Современная узбекская поэзия» (2003 г.) в соавторстве с Шермурадом Субхоном. Поэт в соавторстве с переводчиком Азамом Обидом разработал проект международных антологий «Змея» (2009 г.), «Птичий язык» (2011 г.). Стихи Б. Рузимухаммада переведены на немецкий, английский, испанский, французский, хинди, русский, турецкий, азербайджанский, туркменский и каракалпакский языки. Ряд его стихов включен в престижные международные антологии.
В области литературной критики он также написал брошюру «Чолпон — утренняя звезда» (1997).

Переводы Бахрома Рузимухаммада

В качестве переводчика Б. Рузимухаммад перевел на узбекский язык стихи каракалпакского поэта С. Ибрагимова и великих представителей немецкой современной поэзии ХХ века. Немецкоязычная хорватская поэтесса Марица Бодроич перевела стихи в соавторстве с М. Акбаровым. Образцы его переводов вошли в антологию «Всемирная поэзия ХХ века».

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: