Nabi Jaloliddin (1962)

Nabi Jaloliddin
Telegramda o'qish

Nabi Jaloliddin hayoti, faoliyati, asarlari haqida ma’lumotlar

Nabi Jaloliddin hayoti

Nabi Jaloliddin 1962 yil 2 mayda Andijon viloyati, Izboskan tumanidagi Jonobod qishlogʻida tugʻildi. 1969 yili 9-oʻrta maktabga borib, ota-onasidan erta judo boʻlgani sabab, Toʻrtkoʻl qishlogʻidagi rassomlik maktab-internatida (1973) oʻqishini davom ettirishga majbur boʻldi. U ilk sheʼrlarini ham ayni shu paytda yoza boshladi. Shu bilan birga rassomlik sanʼatini ham egalladi.
9-sinfda oʻqiyotganida tuman gazetasida ilk sheʼri bosildi. Nabijon 1980 yili maktab-internatni tamomlab, taʼmirlash ustaxonasida oddiy ishchi boʻlib ishladi. 1981 yil harbiy xizmatga olinib, afgʻon urushida ishtirok etdi. Tomsk Pedagogika institutiga oʻqishga kirdi, oilaviy sharoiti tufayli oʻqishni davom etdira olmadi. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida sirtdan tahsil oldi (1987–1993).

Nabi Jaloliddin faoliyati

Oʻrta maktabda dars berdi (1984–1991). Shundan soʻng “Vatan”, “Xolis”, “Himoya” gazetalarida (1993–2006) turli vazifalarda ishlab keldi. 2006 yildan “Andijonnoma” gazetasida xizmat qiladi.

Nabi Jaloliddin asarlari

1993 yilda “Yalpizli kecha” nomli ilk sheʼriy kitobi nashr etildi. 1996 yili “Sharq yulduzi” jurnalida “Oʻlimning rangi” nomli afgʻon urushi mavzusidagi qissasi bosildi. Shundan soʻng uning “Hur nido”, “Sen bilan qolmayman”, “Koʻngil ozod” kabi sheʼriy toʻplamlari, “Erkagi bor uy” nomli nasriy kitobi, “Oraliq” romani bosilib chiqdi.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Информация о жизни, деятельности и творчестве Наби Джалалиддина

Жизнь Наби Джалалиддина

Наби Джалолиддин родился 2 мая 1962 года в селе Джонабад Избасканского района Андижанской области. В 1969 году пошел в 9-ю общеобразовательную школу и рано потерял родителей, поэтому был вынужден продолжить обучение в художественной школе-интернате села Турткуль (1973 год). В это же время он начал писать свои первые стихи. Он также овладел искусством живописи.
Когда он учился в 9-м классе, его первое стихотворение было опубликовано в районной газете. Набижон окончила школу-интернат в 1980 году и работала разнорабочим в ремонтной мастерской. Он поступил на военную службу в 1981 году и участвовал в войне в Афганистане. Он поступил в Томский пединститут, но не смог продолжить обучение по семейным обстоятельствам. Учился заочно на факультете журналистики Ташкентского государственного университета (1987-1993).

Деятельность Наби Джалалиддина

Преподавал в средней школе (1984–1991). После этого работал на различных должностях в газетах «Ватан», «Холис», «Химоя» (1993-2006 гг.). С 2006 года работает в газете «Андижаннома».

Работы Наби Джалалиддина

В 1993 году вышла его первая книга стихов «Мятная ночь». В 1996 году Шарк Юлдузи опубликовал рассказ об афганской войне «Цвет смерти». После этого были изданы его сборники стихов, такие как «Хур нидо», «Сен билан колмайман», «Күнгил озод», книга прозы «Еркаги бор уы» и роман «Оралик».

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: