Abdumajid Azim (1957)

Abdumajid Azim
Telegramda o'qish

Abdumajid Azim hayoti, faoliyati, asarlari, mukofotlari haqida ma’lumotlar

Abdumajid Azim hayoti

Abdumajid Azim 1957 yilning 26 noyabrida Surxondaryo viloyati, Qumqoʻrgʻon tumanidagi Elboyon qishlogʻida tugʻildi. ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi (1973–1978).

Abdumajid Azim mehnat faoliyati

Mehnat faoliyatini Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida musahhihlikdan boshlab (1983–1985), keyinchalik “Oltinsoy tongi” tuman gazetasi masʼul kotibi (1985–1987), “Toshkent haqiqati” gazetasi musahhihi (1987–1989), “Guliston” jurnali boʻlim muharriri (1989–1991), Oʻzbekiston Axborot agentligi boʻlim mudiri (1991–1993), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Maʼnaviyat” tahririyati boʻlim mudiri (1993–1996), “Turkiston-press” NAA Respublika axborot tahririyati bosh muharriri (1999–2004), “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligi “Mohiyat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharriri (2004–2012), “Oila va jamiyat” gazetasi bosh muharriri (2012–2013) vazifalarida xizmat qildi. 2013 yildan “Hurriyat” gazetasida masʼul kotib vazifasida ishlab keladi.

Abdumajid Azim asarlari

Abdumajid Azim “Yoshlik” jurnalida eʼlon qilingan dastlabki sheʼrlar turkumi bilan (1980) adabiy jamoatchilik, sheʼriyat muxlislari eʼtiboriga tushdi. “Oʻtayotgan yillar” nomli birinchi kitobi 1986 yilda nashr etildi. Shundan soʻng “Qalbimning vatani” (1990), “Quyosh bolasi” (1991), “Yorugʻlik odami” (2007), “Ruhi ravonim” (2013), “Oshiq dilim” (2015), “Umid belanchagi” (2016) kabi sheʼriy toʻplamlarini eʼlon qildi. Tarjimon sifatida Meksika, Ispaniya va rus shoirlari sheʼrlaridan namunalarni ona tilimizga oʻgirdi.

Abdumajid Azim mukofotlari

Abdumajid Azim “Shuhrat” medali (2001) hamda “Doʻstlik” ordeni(2010) bilan taqdirlangan.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Информация о жизни, деятельности, творчестве, наградах Абдумаджида Азима

Жизнь Абдумаджида Азима

Абдумаджид Азим родился 26 ноября 1957 года в селе Эльбоён Кумкурганского района Сурхандарьинской области. Изучал журналистику в Ташкентском государственном университете (ныне Национальный университет Узбекистана) (1973–1978).

Трудовая деятельность Абдумаджида Азима

Трудовую деятельность начал в Издательстве литературы и искусства им. Гафура Гулома (1983-1985), затем ответственным секретарем районной газеты «Олтинсой тонги» (1985-1987), редактором газеты «Ташкент хакикати» (1987-1989). , редактор журнала «Гулистан» (1989–1991), руководитель Узбекского информационного агентства (1991–1993), редакции «Манавият» Национальной телерадиокомпании Узбекистана (1993–1996), главный редактор Республиканской информационной редакции «Туркистон-Пресс» (1999–2004 гг.), работал главным редактором общественно-политической газеты «Мохият» (2004–2012 гг.) и главным редактором газеты «Семейный и общество» (2012-2013). С 2013 года работает ответственным секретарем газеты «Хюрриет».

Работы Абдумаджида Азима

Первая серия стихов Абдумаджида Азима (1980 г.) была опубликована в журнале «Ёшлик» и привлекла внимание литературной общественности и любителей поэзии. Его первая книга «Уходящие годы» была опубликована в 1986 году. После этого он написал «Родина моего сердца» (1990), «Солнечное дитя» (1991), «Человек света» (2007), «Моя душа сильна» (2013), «Мое сердце влюблено» ( 2015 г.), «Качели надежды» (2016 г.).изданы сборники стихов. Как переводчик он переводил на наш родной язык образцы стихов мексиканских, испанских и русских поэтов.

Награды Абдумаджида Азима

Абдумаджид Азим награжден Медалью Славы (2001 г.) и Орденом Дружбы (2010 г.).

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: