Xollardan xalos bo‘lish mumkinmi?

Xollardan xalos bo‘lish mumkinmi
Telegramda o'qish

Xollar qay xolatda olinishi mumkin?

 

Tananing kiyim bilan doimiy ta’sirlanishi natijasida shikastlanuvchi qismlarida joylashgan, boshning soch qismi, daxan, bo‘yin, chov, tabiiy burmalar, ayollarning bel sohasida joylashgan xollarni olib tashlash mumkin. Shu bilan birga melanoma (xavfli o‘sma)ga o‘tib ketish xavfi bo‘lgan hollarni ham olib tashlanadi. Bundan tashqari, agar nevus kosmetologik jihatdan noqulaylik tug‘dirsa, bunday holatlarda ham shifokor mutaxassis tavsiyasi bilan uni bartaraf etish mumkin bo‘ladi.

 

Jarayon tartibi

 

Xollarni turli go‘zallik salonlarida emas, balki ixtisoslashgan klinikalarning malakali mutaxassislari nazorati ostida oldirish shart. Xolni olib tashlashdan avval, majburiy tarzda maxsus diagnostik tekshiruv o‘tkaziladi. Tekshiruv klinik va epilyuminetsent dermotoskop yordamida (og‘riqsiz va jarohatsiz usul) o‘tkaziladi. Xol olingach, material namunasi gistologik tekshiruvga jo‘natiladi.

 

Qizil xollar

 

Qizil xollar aslida xol emas, balki xavfsiz o‘smalar (gemangiomalar)dir. Ular homiladorlik vaqtida, ma’lum preparatlarni qabul qilish, jigar va oshqozon osti bezi kasalliklarida va ayrim genetik xastaliklarda kuzatiladi. Shu bilan birga bu turdagi o‘smalar tug‘ma bo‘lishi ham mumkin. Gemangiomalarni maxsus lazer yordamida og‘riqsiz va xavfsiz usulda olib tashlash mumkin. Ammo bu ishni faqat malakali mutaxassisigina bajara oladi.

 

Mayda xolchalar toshsa…

 

Bu turdagi mayda xolchalar tibbiyot tilida papillomalar deb ataladi. Ular ko‘rinishi jihatidan xolga o‘xshash bo‘lib, farqi ular virusli va yuqumli kasallik sanaladi. Mazkur xollarning joylashish sohasi ko‘pincha bo‘yin atrofi, qo‘ltiq sohalarida kuzatilib, ko‘rinishidan osilib turgan xolni eslatadi. Agar tanada shu turdagi xollar paydo bo‘lsa, albatta shifokorga uchrab sababini aniqlang. Uni o‘z vaktida oldirish mumkin.

 

E’tibor bering…

  • Xol hajmi va ko‘rinishining kattalashuvi;
  • rangining o‘zgarishi (jiggarrang xol rangi ocharishi yoki aksincha to‘qlashishi ham mumkin);
  • teri ustining qichishishi;
  • xol ustida qizarish, qonash;
  • og‘riq, bezovtalik;
  • xol ustida turli chiziqlar, yoriqlarning paydo bo‘lishi

 

kabi holatlar kuzatilsa, albatta, shifokorga murojaat eting.

 

Unutmang!

 

Xollarni oldirish uchun faqat mutaxassis tekshiruvi va ko‘rsatmasiga asoslaniladi. O‘zingiz uy sharoitida ip, igna, pinsep, qaychi yordamida ularni olib tashlashga urinmang. Bu ishingiz sog‘ligingizga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Yana xollarning ustini shilish, qonatish yoki tirnash mumkin emas.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: