13—15 yoshli o‘smir qizlar gigiyenasi

13—15 yoshli o‘smir qizlar gigiyenasi
Telegramda o'qish

Oilangizda sevimli, erkatoy va aqlli qizaloq o‘sib-ulg‘aymoqda. Ota-ona sifatida uning muvaffaqiyatlaridan quvonasiz, erishgan yutuqlaridan faxrlanasiz, mayda-chuyda ishkallarni eplashda yordam berasiz. Ammo qizaloq ulg‘ayib, voyaga yetmoqda.

Qizning organizmida qanday o‘zgarishlar ro‘y bermoqda?

13—15 yoshda qalqonsimon bez va gipofiz shiddat bilan gormonlar ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu gavda noproporsional va keskin tarzda o‘sishiga olib keladi. Qiz tashqi qiyofasidagi o‘zgarishlarga ko‘nikishga urinib, ko‘p vaqtini ko‘zgu qarshisida o‘tkazadi. Ko‘zgudagi aksi uni doim ham xursand qilmaydi, shu tufayli ota-ona o‘smir qizning tashqi ko‘rinishiga nisbatan tanbehlarni ehtiyotkorlik bilan aytishi kerak. Serjahllik va kayfiyatning tez-tez o‘zgarib turishi qonga jinsiy organlarning ajralib chiqishi bilan bog‘liq, shuningdek, buning natijasida qizda ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo‘ladi.

O‘smir qizga bu davrni yengib o‘tishda qanday yordam berish mumkin?

Qiz o‘zini dadil his qilishi va yangicha qiyofasini yaxshi qabul qilishi uchun unga asosiy gigiyena qoidalarini singdirish kerak. Qizingizning tishlari, terisi, sochini e’tiborsiz qoldirmang. Ularning yomon holatda bo‘lishi natijasida u odamlar bilan muloqotdan qochishni va tortinishni boshlaydi.

O‘z-o‘zini har kuni parvarishlash

Qizlarning shaxsiy gigiyenasi nafaqat har kuni tish yuvish va yuvinishdan iborat. Qizingizga yaxshi tashqi ko‘rinish, o‘z-o‘ziga ishonch va salomatlik hadya qilish uchun uni qator qoida va tavsiyalarga rioya qildirish kerak.
Toza va nafis teri har qanday o‘smir qizning asosiy bezagidir. Quyidagi to‘rtta qoidaga amal qilish orqali uni uzoq vaqt saqlab qolish mumkin:
• yuzga iflos qo‘l bilan tegmaslik;
• spirtdan tayyorlangan skrab va losonlardan foydalanmaslik;
• oshqozon-ichak yo‘li organlari ishini kuzatish;
• uyqu oldidan yuzdagi pardozni yuvib tashlash.
Ko‘plab o‘smirlarning muammosi — husnbuzar toshmasi. Ammo husnbuzarlarga e’tiborni kuchaytirish kerak emas, chunki ular — gormonlar faoliyati natijasidir.
O‘smir qizlarning shaxsiy gigiyenasi sochni parvarish qilish bo‘yicha tadbirlarni o‘z ichiga olishi kerak. Uzun sochlarni haftasiga uch marta, kaltalarini esa kunora yuvish kerak.
Asosiy gigiyena qoidalariga qo‘llar parvarishi ham kiradi. Qizingizga qo‘llar doim toza bo‘lishi, tirnoqlar esa mukammal holatda bo‘lishi kerakligini tushuntiring. Qizaloqqa eng oddiy manikyur qilishni o‘rgating. Uning yoshida eng yaxshi variant rangsiz shaffof lak ekanligini ham bir yo‘la aytib o‘ting.
Qizlarning jinsiy shaxsiy gigiyenasi chot orasi va jinsiy organlarni har kuni iliq suvda sovunlab yuvishni o‘z ichiga olishi kerak. Ich kiyimni har kuni almashtirish lozim.
13—15 yoshda qiz bolaning organizmida keskin o‘zgarish sodir bo‘ladi — hayz boshlanadi. Qizingizni bunga avvaldan tayyorlab boring, har oyda ajralmalar kelishi mexanizmini tushuntirib bering. Prokladkalar uchun pulni ayamang. Yaxshisi teriga zarar yetkazmaydigan sifatli vositalarni sotib oling.
O‘smirlik davri — ota-onalar uchun ham, farzandlar uchun ham og‘ir davr. Qiz bolaning nafaqat fe’l-atvori, balki uning organizmi ham tubdan o‘zgaradi, u yetiladi va shakllanadi. O‘smirlarning shaxsiy gigiyenasi ushbu jarayonda muhim rol o‘ynaydi, shu tufayli qizingizni bunday hikmatlarga o‘z vaqtida o‘rgating.

Manba: Farzand.uz

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: