o’qituvchilar o’z fani va davlat tili bo’yicha test topshirmoqdalar

Telegramda o'qish

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ta’lim sifati bo’yicha Sirdaryo viloyati xalq ta’limi boshqaruv organlari xodimlari, metodistlar va maktab o’qituvchilarining menejerlik, tegishli fan va davlat tili bo’yicha bilimlarini aniqlash maqsadida test sinovlariga start berildi.

Bu haqda Xalq ta’limi matbuot markazi xabar berdi.
Test sinovlari Guliston shahrining Alpomish sport majmuasida grafik asosida 3 smenada o’tkazilmoqda. Har bir smenaga 600 nafar o’qituvchilar qamrab olindi.
Test sinovlarini ta’lim-tarbiya jarayoniga xalal bermasligi maqsadida Xalq ta’limi vazirligi va Davlat test markazi tomonidan o’qituvchilarni metod kunlarida sinovlarga jalb qilish bo’yicha grafik ishlab chiqildi.
Hozirgi kunga kelib test jarayonlarida matematika, informatika, iqtisodiy bilim asoslari kabi fan o’qituvchilari va metodistlari ishtirok etishdi.
O’qituvchilar 30 ta o’z mutaxassisligiga yaqin bo’lgan fandan va 20 ta davlat tili, jami 50 ta testni ikki soat mobaynida yechishi kerak.
Test sinovlarini joriy yilning 13 oktyabr kuni yakunlash va ushbu jarayonga Sirdaryo viloyati xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan 12500 dan ortiq o’qituvchi va xodimlarni barchasini qamrab olish ko’zda tutilgan.
Shu bilan birga, fan metodistlari, maktab direktorlari va o’rinbosarlari hamda o’qituvchilarning ijodkorlikka, yangiliklarga hamda o’z ustida yanada ko’proq ishlashga undash maqsadida insho yozishlari rejalashtirilgan.
Fan metodistlari joriy yilning 10-12 oktyabr kunlari, direktor o’rinbosarlari va barcha o’qituvchilar o’zlari faoliyat ko’rsatayotgan ta’lim muassasalarida darsdan keyingi vaqtlarda insho yozishadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakatimizning boshqa hududlarida faoliyat yuritayotgan xalq tizimi xodimlarini ham bosqichma bosqich test sinovlaridan o’tkazish rejalashtirilgan.


Президент Республики Узбекистан запустил выдвинутую Президентом проверку качества образования для определения знаний руководящего состава, методистов и школьных учителей Сырдарьинской области в области управления, соответствующих наук и государственного языка.

Об этом сообщает пресс-центр народного образования.
Испытания проходят в 3 смены на спортивном комплексе «Алпомиш» в Гулистане. В каждой смене задействовано 600 учителей.
Для того, чтобы тесты не мешали учебному процессу, Министерство народного образования и Государственный центр тестирования разработали график привлечения учителей к тестированию в методические дни.
На сегодняшний день в процессе тестирования участвуют преподаватели естественных наук и методисты, такие как математика, информатика и основы экономики.
Учителя должны пройти 30 тестов по двум предметам по 30 предметам, близким к их основному языку, и 20 государственным языкам.
Ожидается, что тестирование завершится 13 октября текущего года и охватит более 12 500 учителей и сотрудников, работающих в системе народного образования Сырдарьинской области.
В то же время научно-методисты, директора и заместители школ, а также учителя должны написать эссе, чтобы стимулировать творчество, новаторство и самосовершенствование.
10-12 октября с.г. после уроков будут писать рефераты естествоиспытатели, завучи и все учителя в учебных заведениях, где они работают.
Следует отметить, что планируется проводить поэтапную проверку сотрудников государственной системы, работающих в других регионах страны.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: