Vaqtincha o‘tilmayotgan fanlarni sinf jurnalida qayd qilinadimi?

Vaqtincha o‘tilmayotgan fanlarni sinf jurnalida qayd qilinadimi?

Hozirgi kunda bizning maktabda barcha ishlar Kundalik.com sayti yordamida olib borilyapti. O‘qish 14 sentabrdan boshlanadi deyilganda barcha dars jadvallarini saytga joylashtirib bo‘lgandik. Lekin maktabimiz ochilmay masofaviy tarzda ta’limni olib boryapti, undagi dars jadvali bizning jadvalga mos kelmagani uchun o‘qituvchilarning baholash jarayonida savollar yuzaga kelmoqda. Kundalik.com saytiga qaysi jadval asosida baho qo‘yilishi lozim. Vaqtincha o‘tish tavsiya etilmayotgan 4ta fanlar bo‘yicha rejani bajarish uchun ularni ham sayt dars jadvaliga qo‘shish kerakmi. Vaqti o‘tib ketsa ularni saytga qo‘shish imkoni bo‘ladimi?

Ushbu savolga XTV rasmiy kanalida quyidagicha javob berildi:
Ana’anviy shaklda dars jarayonlari boshlangan umumta’lim maktablarida vazirlikning 3.09.2020 y 02-02/2-578-sonli xati bilan yuborilgan namunaviy dars jadvali asosida tashkil etish tavsiya etiladi. Unda 1-chorakda o‘quvchilar sog‘lig‘ini himoyalash va ortiqcha muloqot qilishlarini cheklash maqsadida 6 ta fandan (jismoniy tarbiya, musiqa madaniyati, texnologiya, tasviriy san’at va chizmachilik, CHQTB hamda tarbiya) an’anaviy shaklda dars mashg‘ulotlarini vaqtinchalik o‘tmaslik tavsiya etilgan.

Shuningdek, mazkur fanlardan dars berayotgan pedagoglarni maktabda o‘quvchilarning sog‘lig‘ini himoyalash bilan bog‘liq tadbirlarga jalb etilishi belgilanganligini inobatga olib, sinf jurnalida (elektron sinf jurnalida ham) an’anaviy shaklda o‘tilmagan mashg‘ulotlarni qayd etmaslik tavsiya etiladi.

Masofaviy shaklda ta’lim berilayotgan maktablarda (maktab faoliyati an’anaviy shaklda boshlanguniga qadar) esa vazirlikning rasmiy telegramm sahifasida e’lon qilib borilayotgan televizion dars jadvali asosida o‘quv jarayonlarini yuritish, sinf jurnalida (elektron jurnalda ham) qayd etib borish tavsiya etiladi.

Maktab hujjatlari yuritilishini bir xillashtirish maqsadida an’anaviy shaklda vaqtinchalik o‘tilmayotgan 6 ta fandan (jismoniy tarbiya, musiqa madaniyati, texnologiya, tasviriy san’at va chizmachilik, CHQTB hamda tarbiya) mashg‘ulotlarni sinf jurnalida (elektron jurnalda ham) qayd etish tavsiya etilmaydi.


В настоящее время вся работа в нашей школе ведется с помощью сайта Kundalik.com. Когда было объявлено, что занятия начнутся 14 сентября, мы разместили на сайте все планы уроков. Однако наша школа не открывается и ведет дистанционное обучение, что вызывает вопросы в процессе оценки учителей, потому что расписание не совпадает с нашим расписанием. Какую таблицу следует использовать для оценки Kundalik.com? Вам нужно добавить их в программу сайта, чтобы завершить план по 4 предметам, которые не рекомендуются? Можно ли будет добавить их на сайт со временем?

На этот вопрос на официальном канале HTV ответили так:
В общеобразовательных школах, где учебный процесс начат традиционным способом, рекомендуется организовать его на основании типового расписания уроков, направленного письмом Министерства от 03.09.2020 г. 02-02/2-578. В 1-й четверти в целях охраны здоровья учащихся и ограничения чрезмерного общения традиционно преподавались 6 предметов (физкультура, музыкальная культура, технология, изобразительное искусство и рисование, QQTB и образование), рекомендуется временный непереход.

Также рекомендуется не фиксировать нетрадиционные занятия в классном журнале (как и в электронном классном журнале), учитывая тот факт, что учителя этих предметов участвуют в деятельности, связанной с охраной здоровья учащихся в школе.

В школах с дистанционным обучением (до начала занятий в традиционной форме) рекомендуется проводить учебный процесс на основании расписания телеуроков, опубликованного на официальной телеграм-странице министерства, и записывать в классе журнал (также в электронном журнале).

В целях унификации школьных записей рекомендуется вести запись уроков по 6 предметам (физкультура, музыкальная культура, технология, изобразительное искусство и рисование, ЧКТБ и образование) в классный журнал (также в электронный журнал), не допускается.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: