U koronavirus bo‘lmagandi, sog‘ bolamni o‘ldirib berishdi – Farzand dog‘ini ko‘rgan ota-ona

U koronavirus bo‘lmagandi, sog‘ bolamni o‘ldirib berishdi – Farzand dog‘ini ko‘rgan ota-ona

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy axborotiga tayanib, Toshkent viloyatida 11 yashar Muhammad O‘rinboyev koronavirusdan vafot etgani haqida xabar bergan edik. Bu mamlakatda koronavirusga chalingan bolalarning vafoti bilan bog‘liq ilk holat ekani aytilgandi.

11 yashar O‘rinboyev 5 sentyabr kuni vafot etgan bo‘lsa ham uning o‘limi havidagi rasmiy axborot 17 sentyabr kuni e’lon qilindi. Mazkur axborot ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmay, Toshkent viloyati hokimligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bolaning yo‘ldash kasalliklari bo‘lganini aytib chiqdi.
O‘lim tashxisi: surunkali glomerulonefrit nefrotik turi, semizlik Sh daraja, anemiya Sh daraja, surunkali glomerulonefrit, buyrak yetishmovchiligi terminal bosqichi, kasalxonadan tashqari ikki tomonlama pnevmoniya o‘tkir kechishi. Asorati: o‘tkir nafas, yurak qon-tomir yetishmovchiligi Sh daraja.
Biroq, bolaning ota-onasi Muhammad O‘rinboyevning koronavirusdan vafot etganini rad etmoqda. Ular mazkur holat bo‘yicha huquq-tartibot organlariga shikoyat qilgan. QALAMPIR.UZ jurnalisti Feruza Najmiddinova bolaning otasi Normuhammad Almetov va onasi Zuhra Almetova bilan uchrashib, suhbatlashdi.
Ularning ma’lum qilishicha, bolada koronavirus alomatlari bo‘lmagan. U o‘zini yaxshi his qilgan. Shifoxona esa uni hech qanday koronavirus testisiz qabul qilgan. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligining bayonotidan norozi. U shifoxonaga olib borilganda ham 15 daqiqa avtomobilda qarovsiz qolib ketgan.

«Bolam avtomobildan tushirilgandan keyin ham tashqarida zambilda oftobda yotdi. 10 daqiqan keyin baqir-chaqir qildim. Keyin ikki yigit chiqib, zambilsiz, qopga ortgandek bolamni olib chiqib ketdi»

, deydi ona.“
Ushbu intervyuni to‘liq shaklda quyidagi videopleyerda yoki Qalampir.uz nashrining YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.


Ранее на основании официальной информации Министерства здравоохранения Республики Узбекистан мы сообщали, что в Ташкентской области от коронавируса скончался 11-летний Мухаммад Уринбаев. Сообщается, что это первый случай смерти от коронавируса в стране.

Хотя 11-летний Уринбаев скончался 5 сентября, официальная информация о его смерти появилась 17 сентября. Эта информация вызвала много споров. Вскоре после этого ташкентская областная администрация и Минздрав сообщили о наличии у ребенка сопутствующего заболевания.
Летальность: хронический гломерулонефрит нефротического типа, ожирение III степени, анемия III степени, хронический гломерулонефрит, терминальная стадия почечной недостаточности, острая внебольничная двусторонняя пневмония. Осложнения: одышка, сердечная недостаточность, степень Ш.
Однако родители мальчика отрицают, что Мухаммад Уринбаев умер от коронавируса. Они пожаловались в правоохранительные органы. Журналист QALAMPIR.UZ Феруза Нажмиддинова встретилась с отцом ребенка Нормухаммадом Альметовым и матерью Зухрой Альметовой.
По их словам, у мальчика не было симптомов коронавируса. Она впорядке. В больницу его госпитализировали без каких-либо анализов на коронавирус. Они недовольны заявлением Минздрава. Его также оставили без присмотра в машине на 15 минут, когда его отвезли в больницу.

«Даже после того, как моего сына вытащили из машины, он лежал на улице на носилках на солнце. Через 10 минут я закричала.

говорит мать».
Вы можете посмотреть полное интервью в следующем видеоплеере или на странице YouTube Qalampir.uz.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: