Dunyoda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat qanday?

Dunyoda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat qanday
Telegramda o'qish

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 187 million 519 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 4 million 049 mingdan ziyod kishi vafot etgan.
2021-yil 15-iyul holatiga ko’ra oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 362 031 yangi holati aniqlandi. 6 135 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 188 million 313 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 4 million 057 mingdan ortigʻi vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:

    • AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 33,572 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.

    • Ikkinchi oʻrinda Hindiston (30,946 milliondan ortiq),

    • uchinchi oʻrinda Braziliya (19,106 milliondan ortiq),

    • toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (5,857 milliondan ortiq),

    • beshinchi oʻrinda esa Fransiya (5,705 milliondan ortiq).

JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 20 450, Hindistonda 38 792, Braziliyada 17 031, Rossiyada 23 827, Fransiyada 5 500 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.
Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 3 milliard 497 milliondan ortiq doza vaksina qoʻllanilgan.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: