Maktabda o’qituvchilardan boshqa xodimlar koronavirus testini topshirishi shart emasmi?

Maktabda o’qituvchilardan boshqa xodimlar koronavirus testini topshirishi shart emasmi?
Telegramda o'qish

O‘quv yili boshlanishi oldidan maktablarda tayyorgarlik katta bo‘lyapti. Sababi, bu yilgi vaziyat har yilgilan murakkabroq.

Mana, biz o‘qituvchilar ham o‘zimizda Covid-19 alomatlari bor-yo‘qligini bilish maqsadida test topshiryapmiz. Maktabga o‘qituvchilardan test olish uchun sanitariya-epidemiologiya oso­yishtalik markazi xodimlari keldi. Ammo test maktab farroshlari, qorovulidan olinmadi. Ular “biz ham topshirishimiz kerak”, de­yishsa, sanitariya-epidemiologiya oso­yish­­­­talik markazi xodimlari faqat o‘qituvchilardan test olinishini ay­tishdi. Keyin ma’lum bo‘lishicha ham­ma joyda kоronavirusga test faqat o‘qituvchilardan olinayotgan ekan. Shu o‘rinda savol tug‘iladi, o‘quvchilar o‘qituvchilar bilan muloqot qilar ekan, farroshlar yoki qo­rovul o‘qituv­chilar bilan muloqotda bo‘lmaydimi? Har bir maktabda 10–15 nafar ishchi-xizmatchi xo­dimlar bor. Ular eshik, deraza, stol, stul, partalarga teginadi, artadi. Qo‘l yuvish uchun suvni ham idishlarga ular soladi. Har kuni pollarni yuvib, changlarini artishadi. Ular tozala­gan joylarda keyin o‘quvchilar yuradi, o‘tiradi. Shu holatlar inobatga olinmagani meni hayratga solyapti. Nega ulardan test olinmayotgani­ning sababini ko‘p tashkilotlardan so‘radik. Afsuski, hamma bir xil vajni ko‘rsatadi: “o‘qituvchilardan olinsin deyilgan, tamom”!

Shu o‘rinda yana bir savol tug‘iladi. Kecha tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun tuman sanitariya-epidemio­logiya osoyishtalik markaziga bordik. Тibbiy ko‘rik uchun bankka 24 000 so‘m to‘lov qildim. Maktabimiz ishchi xodimlari esa 50 000 ming to‘lashdu. Axir ularning qo‘lga tegadigan bir oylik maoshining o‘zi 550 000 atrofida-ku. Nega ular ko‘p haq to‘lashi kerak?

Pandemiya sharoitida o‘quv yilini boshlash ko‘p murakkab vaziyatlarni keltirib chiqarayotgani sir emas. Ammo shunday sinovli kunlarda chora-tadbirlar puxta ishlab chiqilsa, har tomonlama o‘ylansa bo‘lmasmidi? Qo‘l uchida qilinayotgan chora-tadbirlar ko‘zbo‘yamachilik uchun amalga oshirilayotgandek go‘yo. O‘qituvchilarning sog‘ligiga berilayotgan e’tiborning o‘zi yetarli emas, aslida xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar nazarda tutilishi joiz edi.

G.BEKNAZAROVA

Manba: Ma’rifat.uz


Подготовка к школе идет полным ходом перед началом учебного года. Причина в том, что ситуация в этом году сложнее, чем в каждом году.

Здесь мы, учителя, тоже сдаем тест на наличие симптомов Covid-19. Сотрудники Центра санитарно-эпидемиологического надзора приехали в школу для проверки учителей. Но тест брали не у школьных уборщиц, охранников. Когда сказали: «Надо пройти», сотрудники Санитарно-эпидемиологического центра мира сказали, что тестировать будут только учителей. Выяснилось, что везде тестирование на коронавирус проводят только учителя. Вопрос в том, когда ученики взаимодействуют с учителями, разве уборщики или охранники не взаимодействуют с учителями? В каждой школе 10-15 человек. Они касаются дверей, окон, столов, стульев, парт, растут. Они также наливают воду в посуду, чтобы помыть руки. Они моют полы и вытирают пыль каждый день. После уборки учащиеся ходят и садятся. Меня удивляет, что эти случаи не учитываются. Мы спрашивали множество организаций, почему их не тестируют. К сожалению, не все согласны: «Пора ее бросить и двигаться дальше».

Это поднимает другой вопрос. Вчера мы ездили в районный санитарно-эпидемиологический центр мира на медицинское освидетельствование. Я заплатил банку 24 тысячи сумов за медосмотр. Коллектив нашей школы заплатил 50 000. Ведь их месячная зарплата составляет около 550 000. Почему они должны платить столько?

Не секрет, что начало учебного года в условиях пандемии создает множество сложных ситуаций. Но разве нельзя было бы в такой испытательный день хорошенько подумать, если бы меры были тщательно спланированы? Создается впечатление, что предпринятые на кончике руки меры направлены на мошенничество. Недостаточно внимания уделяется здоровью педагогов, по сути, сюда должны быть включены все работники системы народного образования.

Г.БЕКНАЗАРОВА

Источник: Ma’rifat.uz

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: