Koronavirus haqida asosiy savol-javoblar

Koronavirus haqida asosiy savol-javoblar
Telegramda o'qish

Koronavirus haqida asosiy savollarga javoblar bilan tanishing.

Ushbu ma’lumotlar Kun.uz nashrining audio materiallari asosida tayyorlandi.
Istalgan savolga bosganingizda javobi paydo bo’ladi.

Koronavirus nima va u qanday yuqadi?

Koronavirus bu — respirator virus, u Covid-19 kasalligini keltirib chiqaradi. Viruslar havo-tomchi yo‘li bilan aksirish yoki yo‘talish paytida havoga chiqariladigan juda mayda tupuk tomchilari orqali yuqadi. Masalan, sizdan ikki metrdan kam masofada bo‘lgan va aksirayotgan (yoki kichik tupuk sachratib gapirayotgan) odam sizga virusni yuqtira oladi.
Bundan tashqari, koronavirusni qattiq yuzadan yuqtirish mumkin (eshik tutqichi yoki metroda eskalator tutqichi) — bunday sirtlarda u ikki kun yoki undan ham ko‘proq yashay oladi.

Kasallikning qanday belgilari bor?

Isitma, lanjlik va quruq yo‘tal. Ba’zi kasallarda uchraydigan simptomlar: burun bitishi, tumov, mushak og‘riqlari, tomoq og‘rig‘i va ich surishi. Bu simptomlar boshlanishida yengil seziladi va shiddatli bo‘lmaydi. Virusni yuqtirib olganlarning ayrimlari yuqoridagi bu asoratlarni og‘ir his qilmasliklari mumkin.

Koronavirus infeksiyasining belgilari qancha vaqt mobaynida paydo bo‘ladi?

Koronavirus belgilari 14 kun mobaynida va ana shu infeksiya bilan kasallangan bemor bilan muloqotdan keyin paydo bo‘lishi mumkin.

Koronavirusning oldini olish bo‘yicha qanday choralar mavjud?

Birinchidan, qo‘llarni muntazam ravishda sovunlab yuvish yoki dezinfeksiya qiluvchi vositalardan foydalanish;
yuvilmagan qo‘llar bilan og‘iz, ko‘z, burun va yuzga tegmaslik;
jamoat joylari va odamlar ko‘p to‘planadigan yerlarga borishni kamaytirish;
aksirish yoki yo‘tal paytida og‘iz va burunni yopish;
shamollash belgilari bo‘lgan odamlar bilan aloqa qilishdan saqlanish;
shuningdek yovvoyi yoki qishloq xo‘jaligi hayvonlaridan uzoq turish.

Tibbiy niqoblar koronavirusdan himoyalanishda yordam beradimi?

Tibbiy niqoblar samara beradi. Faqat ulardan foydalanishning ham qoidasi bor. Niqoblarning turiga qarab ulardan 20 daqiqadan 3 soatgacha foydalanish mumkin.

Koronavirusga qarshi vaksina bormi?

Bugungi kunda koronavirusga qarshi vaksina mavjud emas. Chunki bu virusning ilm-fanga ma’lum bo‘lmagan yangi turi. Hozirda vakitsinani ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

Virusli kasalliklar, jumladan koronavirusni antibiotiklar bilan davolash mumkinmi?

Antibiotiklar viruslarga qarshi kurashishda samarali emas. Ulardan bakterial infeksiyalarni davolashda foydalaniladi.

Koronavirusni davolash kursi nimalardan iborat?

Koronavirusga qarshi maxsus tibbiy preparatlar mavjud emas. Biroq kasallikning ayrim belgilarini davolash mumkin.

Koronavirusni yuqtirib olish holatlarida qanday yo‘l tutish kerak?

Zudlik bilan Sog‘liqni saqlash vazirligining 1003 qisqa raqamini terish va bu haqida xabar berish, shuningdek tibbiy yordam kelguniga qadar bemorni boshqalardan izolyatsiya qilish kerak.

Vahimalar qanchalik asosli?

Kasallik jiddiy bo‘lsada, vahimaga tushishga asos yo‘q. Xotirjamlikni saqlang, gigiyena qoidalariga rioya qiling va gavjum joylarga borishni, safarlarlarni, turli kontaktlarni cheklab turing.


Узнайте ответы на ключевые вопросы о коронавирусе.

Данная информация основана на аудио материалах Kun.uz.
При нажатии на любой вопрос появится ответ.
Что такое коронавирус и как он передается?
Коронавирус — это респираторный вирус, вызывающий заболевание Covid-19. Вирусы передаются через капельки крошечной слюны, выделяемые в воздух при чихании или кашле. Например, кто-то, кто находится менее чем в двух метрах от вас и чихает (или немного плюется), может передать вам вирус.
Кроме того, коронавирус может передаваться с твердых поверхностей (дверные ручки или ручки эскалаторов в метро) — на таких поверхностях он может жить двое суток и более.

Каковы симптомы заболевания?
Лихорадка, вялость и сухой кашель. Симптомы у некоторых пациентов включают насморк, простуду, мышечные боли, боль в горле и диарею. Эти симптомы вначале легкие и не тяжелые. Некоторые люди, инфицированные вирусом, могут не испытывать этих осложнений.

Как долго сохраняются симптомы коронавирусной инфекции?
Симптомы коронавируса могут проявиться в течение 14 дней и после контакта с больным той же инфекцией.

Что можно сделать для профилактики коронавируса?
Во-первых, регулярно мойте руки с мылом или дезинфицирующим средством;
не прикасаться ко рту, глазам, носу или лицу немытыми руками;
сократить доступ в общественные места и общественные места;
закрытие рта и носа при чихании или кашле;
избегать контакта с людьми с симптомами гриппа;
а также держаться подальше от диких или сельскохозяйственных животных.

Помогают ли медицинские маски защититься от коронавируса?
Медицинские маски эффективны. Существует также правило просто использовать их. В зависимости от типа маски их можно использовать от 20 минут до 3 часов.

Существует ли вакцина от коронавируса?
Вакцины от коронавируса на сегодняшний день нет. Потому что это новый тип вируса, который не известен науке. В настоящее время ведутся исследования вакцины.

Можно ли лечить вирусные заболевания, в том числе коронавирус, антибиотиками?
Антибиотики неэффективны в борьбе с вирусами. Они используются для лечения бактериальных инфекций.

Какой курс лечения от коронавируса?
Специфических лекарств от коронавируса нет. Однако некоторые симптомы болезни можно лечить.

Что делать в случае заражения коронавирусом?
Немедленно набрать короткий номер Минздрава 1003 и сообщить об этом, а также изолировать больного от окружающих до прибытия медицинской помощи.

Насколько обоснованы паники?
Хотя болезнь серьезная, паниковать не стоит. Сохраняйте спокойствие, соблюдайте правила гигиены и ограничьте посещение людных мест, поездки, различные контакты.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Matluba

    Salom karonavirus sasligidan tuzalgan odam tog’ xavosiga chiqsa boladimi oldindan raxmat

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: