Tezkor: Koronavirus tufayli 11 yoshli bola vafot etdi

Tezkor: Koronavirus tufayli 11 yoshli bola vafot etdi
Telegramda o'qish

Sog’liqni saqlash vazirligi koronavirus tufayli bolalar o’rtasida ham o’lim qayd etilganligini ma’lum qildi.

🔺2020 yil 17 sentabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 49 761 (+134) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining 115 nafari Toshkent viloyatida, 19 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

🔴Shu bilan birga, Angren shahrida yashagan 44 yoshli X.T. (erkak) hamda Bo‘stonliq tumanida yashagan 11 yoshli M.U. (o‘g‘il bola), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

❗️Bugun Toshkent shahrida 426 nafar, Toshkent viloyatida 109 nafar,
Namangan viloyatida 50 nafar, Andijon viloyatida 9 nafar, Sirdaryo viloyatida 6 nafar, Farg‘ona viloyatida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida ham 5 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar,
Surxondaryo viloyatida 3 nafar hamda
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar bemor tuzaldi.

❗️Shunday qilib yurtimizda 46 092 (+618) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

‼️Hozirda mamlakatimizda 3 254 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: