Koronavirus moda olamiga qanday ta’sir qilmoqda?

Koronavirus moda olamiga qanday ta’sir qilmoqda?
Telegramda o'qish

Oxirgi oylar davomida dunyoni koronavirus vahimasi to‘liq qamrab olgani rost. Ammo, tadbirkorlarning barchasi ham ushbu vaziyatda o‘z bizneslarini qanday saqlab qolish usullarini o‘ylab topganlaricha yo‘q.

Xorijdagi ayrim kompaniyalar zamonaviy niqoblar yaratgancha, moda ishqibozlarining e’tiborini virusdan oz bo‘lsa-da chalg‘itishga harakat qilmoqdalar. Xo‘sh, koronavirus jahon moda olamiga qanday ta’sir qilyapti?

Yangi uslub eng avvalo yoshlar orasida ommalashib ketdi. Yoshlar tomonidan tanlangan niqoblarning aksariyati zamonaviy ko‘rinishda, ko‘k rang esa mavsum trendiga aylangan.

Misol uchun Ukrainaning «Love and live brand» brendi zamonaviy niqoblarni quvnoq printlar bilan birgalikda ishlab chiqarmoqda. Ammo, bir narsani unutib qo‘ymang, ushbu aksessuarlar haqiqiy tibbiy niqob o‘rnini bosa olmaydi. Buni shunchaki marketing ayyorligi deya atash mumkin xolos.

Rossiyalik dizayner Viktoriya Andreyanova koronavirus avj olgan bir vaqtda niqob taqish — moda emas, zaruriyat ekanligini aytib o‘tgan. Biroq, ushbu vaziyat turli sohalarni ham yangiliklar qilishga majbur etmoqda. Ayrim dizaynerlar insonning tana haroratiga qarab o‘z rangini o‘zgartiruvchi matolar ustida ham ish boshlab yuborganlar, ulardan nafaqat libos, balki tana harorati testi yordamida ham foydalanish mumkin ekan.


 

Marine Serre fransuz brendining navbatdagi jamlanmasida esa himoya vositalarining chiroyli ko‘rinishiga juda katta e’tibor qaratilgan. Obrazlarga nafaqat bosh kiyimlari, balki niqoblar ham ilova qilindi. Har bir libos uchun mos bo‘lgan niqoblar tikib qo‘yilgan. Ayrim dizaynerlar esa niqoblarni xonimlar sumkasiga mos rang va ko‘rinishda tikib chiqmoqda.

Ayrim moda ekspertlari koronavirus ushbu sehrli olamga yangilik olib kira olgani haqida ta’kidlab o‘tgan bo‘lsalar, ayrimlar pandemiya oqibatida insoniyatning moda tushunchasidan mahrum bo‘lishini bashorat qilishmoqda. Ayni vaqtda aksariyat moda uylari epidemiya vaqti uchun kerakli buyumlar tikish bilan band, do‘konlar esa karatin sababli butunlay yopib qo‘yilgan. Fransiyaning moda uylari endilikda atir emas, antiseptiklar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydilar. Dior, Givenchy va Guerlain moda uylari aynan shuish bilan shug‘ullanmoqda.

Do‘konlarning aksariyat qismi yopilgani sababli savdo-sotiq jarayoni onlayn tarzda amalga oshirilmoqa. Ko‘plab tarmoqlar esa o‘z ishini to‘xtatgan. Moda olamining kelgusidagi taqdiri ham gumon ostida bo‘lib qolyapti.


Это правда, что в последние месяцы мир захлестнула паника из-за коронавируса. Однако не все предприниматели придумали, как в этой ситуации удержать свой бизнес на плаву.

Пока некоторые иностранные компании создают современные маски, они пытаются немного отвлечь любителей моды от вируса. Так как же коронавирус влияет на мир моды?

Новый стиль стал популярен прежде всего среди молодежи. Большинство масок, выбранных молодежью, выглядят современно, а синий цвет стал сезонным трендом.

Например, украинский бренд «Love and live brand» выпускает современные маски в сочетании с жизнерадостными принтами. Но имейте в виду, что эти аксессуары не заменяют настоящую медицинскую маску. Это просто маркетинговый ход.

Российский дизайнер Виктория Андреянова заявила, что ношение маски — это необходимость, а не мода, в то время, когда коронавирус находится на подъеме. Однако эта ситуация вынуждает различные отрасли также внедрять инновации. Некоторые дизайнеры даже начали работать над тканями, меняющими цвет в зависимости от температуры тела человека, которые можно использовать не только в одежде, но и в тестах температуры тела.

В очередной коллекции французского бренда Marine Serre большое внимание уделяется красивому внешнему виду защитной экипировки. К образам добавились не только головные уборы, но и маски. К каждому платью есть маски. Некоторые дизайнеры шьют маски нужного цвета и ищут женские сумки.

В то время как одни эксперты моды отмечают, что коронавирус смог внести новшества в этот волшебный мир, другие предсказывают, что пандемия лишит человечество чувства моды. На данный момент большинство модных домов заняты пошивом вещей на случай эпидемии, а магазины и вовсе закрыты из-за каратина. Французские дома моды выпускают уже не духи, а антисептики. Именно этим и занимаются модные дома Dior, Givenchy и Guerlain.

Большинство магазинов закрыты, поэтому покупка осуществляется онлайн. Многие сети были закрыты. Будущее мира моды под вопросом.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: