Hojiakbar Shayxov haqida ma’lumot

Hojiakbar Shayxov haqida ma’lumot

Hojiakbar Shayxov haqida: hayoti, asarlari, faoliyati, tarjimai hol, batafsil ma’lumotlar

Hojiakbar Shayxov (Hojiakbar Islom Shayx) 1945 yilda Xitoy Xalq Respublikasi, Shinjon viloyatidagi Chuguchak shahrida tugʻildi. Ota-bobolari asli toshkentlik boʻlib, oʻtgan asrning 20-yillarida taqdir taqozosi bilan, Sharqiy Turkistonga borib qolishgan, 1955 yildagina ona yurtga qaytishga muvaffaq boʻlishgan edi.
Hojiakbar Shayxov Toshkent Politexnika institutining energetika fakultetida tahsil oldi. Mehnat faoliyatini Oʻrta Osiyo elektr tarmoqlari qurilishi korxonasida muhandislikdan boshlab, 1981–1983 yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Elektronika institutida yetakchi muhandis vazifasida xizmat qildi.
1983 yildan “Yosh gvardiya” nashriyotida boʻlim mudiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, 1990 yildan “Sirli olam” jurnali va uning ilovasi “Qalb koʻzi” gazetasining bosh muharriri boʻlib ishladi.
Hojiakbar Shayxov “Rene jumbogʻi”, “Zalvorli odimlar” (1977), “Yettinchi operatsiya” (1979), “Gʻaroyib koʻlanka” (1980), “Olmos jilosi” (1983), “Soʻnggi ajdarning halokati”, “Hayotbaxsh xayollar” (1985), “Ajdodlar xotirasi” (1986), “Yonar daryo” (1986), “Maktab sahnasi” (1988), “Sehrli qiz” (1989), “Telba dunyo” (1990), “Tutash olamlar” (1996), “Jodugarning eri” (1999), “Ikki jahon ovorasi” (2001) kabi oʻttizdan ziyod ilmiy-fantastik hikoyalar, qissalar va romanlar, “Fan fidoyisi” (1987),”Zamin shaydosi” kabi (1990) publitsistik asarlar nashr ettirdi. Qator asarlari Fransiya, Chexoslovakiya, Vengriya, Ispaniya, Bolgariya, Hindiston va boshqa mamlakatlarda chop etildi.
Hojiakbar Shayxov adabiyotimiz oldidagi katta xizmatlari uchun 1997 yilda “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoni bilan taqdirlangan.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


О Ходжиакбаре Шайхове: жизнь, творчество, деятельность, биография, подробная информация

Ходжиакбар Шайхов (Ходжиакбар Ислам Шейх) родился в 1945 году в селе Чугучак, провинция Синьцзян, Китайская Народная Республика. Его предки были родом из Ташкента и переехали в Восточный Туркестан в 1920-х годах, чтобы вернуться на родину только в 1955 году.
Ходжиакбар Шайхов учился на энергетическом факультете Ташкентского политехнического института. Трудовую деятельность начал инженером Среднеазиатской компании по строительству электрических сетей, а с 1981 по 1983 годы работал ведущим инженером в Институте электроники Академии наук Узбекистана.
С 1983 года работал в издательстве «Ёш Гвардия» заведующим отделом, заместителем председателя Союза писателей Узбекистана по творчеству, с 1990 года главным редактором журнала «Сырли олам» и его добавка «Калб кози».
Ходжиакбара Шайхова «Рене Джузбоги», «Залворли Одимлар» (1977), «Операция Йеттинчи» (1979), «Гарийб Коланка» (1980), «Алмаз Джилоси» (1983), «Последняя гибель дракона», «Живые мечты» (1985), «Память предков» (1986), «Вулкан» (1986), «Школьная сцена» (1988), «Девочка-волшебница» (1989), «Безумный мир» (1990), «Связанные миры» (1996). ) Он опубликовал более 30 научно-фантастических рассказов, рассказов и романов, в том числе «Муж ведьмы» (1999) и «Проблемы двух миров» (2001). Его произведения изданы во Франции, Чехословакии, Венгрии, Испании, Болгарии, Индии и других странах.
Ходжиакбар Шайхов был удостоен звания «Заслуженный работник культуры Узбекистана» в 1997 году за большой вклад в нашу литературу.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 10
  1. Sarvinozxon

    ZO‘R

    1. Xa,Maysara

      Yaxshi, lekin malumotlar juda juda ham kam ekan !

  2. Аноним
  3. Gavhar

    Juda zo‘r ma’lumot ekan.

  4. Robiyaxon

    :idea: :idea: :idea:

  5. Muhammadjon

    Raxmat sizga darsimga kerak edi. Shu yerdan topdim.

  6. Muhammadjon

    Ramat uyga vazifaga nerilgandi bu. Shu yerdan topdim

  7. Maysara

    kam malumot

  8. Xa,Maysara

    Yaxshi, lekin malumotlar juda juda ham kam ekan !
    :sad:

  9. Аноним

    Yaxshi ammo malumot juda kamku juda ham kam….

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: