MASOFADAN TURIB O‘QISHNI TASHKIL QILISH BO‘YICHA TAVSIYALAR:

MASOFADAN TURIB O‘QISHNI TASHKIL QILISH BO‘YICHA TAVSIYALAR:

Qanday qilib masofadan turib o‘qishni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar bilan tanishing.

Mazkur tavsiyalar Telegramdagi document zandirektor kanalidan olib e’tiboringizga havola etilmoqda.

1.Har bir sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilar bilan telegramm kanalida maxsus guruh tashkil qiladi.

2.Telegramm kanalida tuzilgan sinf rahbarlarining har bir sinf bo‘yicha tuzgan maxsus guruhga shu sinflarda dars o‘tuvchi fan o‘qituvchilari ham a’zo qilinadi.

3. Dars jadvali bo‘yicha qaysi sinfda qaysi fandan dars o‘tuvchi har bir fan o‘qituvchisi televidenie orqali o‘tilgan yangi mavzularni mustahkamlash, uyga berilgan vazifalarning bajarilishini tekshirish maqsadida o‘quvchi-o‘qituvchi o‘rtasida dars mashg‘uloti bo‘yicha yozishmalar olib boriladi. Savol-javoblar o‘tkaziladi.

4. Har bir fan bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘z vaqtida o‘tilishini nazoratga olish maqsadida maktab direktori, O‘TIBDO‘, MMIBDO‘, psixolog, yoshlar yetakchisidan tashkil topgan rahbariyat o‘rtasida maktabdagi mavjud sinflar taqsimlanadi va shu xodimlar tomonidan telegramm kanali orqali nazoratga olinadi.

5.Televidenie orqali berilayotgan videodarslarning o‘quvchilar tomonidan ko‘rilayotganligi nazorati sifatida o‘quvchi bilan o‘tilgan mavzu bo‘yicha savol-javob o‘tkaziladi.

6. O‘tilgan mavzular bo‘yicha so‘rov, savollar berilib, ularga javob olish orqali har bir o‘quvchining har bir fan bo‘yicha olgan bilimlarini o‘qituvchi tomonidan tashkil qilib, alohida yuritilayotgan jurnalida baholab borishini yo‘lga qo‘yish.

7. Keyinchalik qo‘shimcha topshiriq olingach, sinf jurnaliga baholarni tushirib chiqish orqali ta’lim tashkil etiladi.

8. Masofaviy ta’limda chet tilidan va boshqa fanlardan o‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlar o‘tgan darslari uchun soatbay asosda haq olishadi.

9.Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari masofaviy o‘qitishda dars mashg‘ulotlarini asosan nazariy shaklda tashkil qilishadi.

PEDAGOGOLAR MASOFADAN TURIB QANDAY ISHLASHLARI LOZIM?

Maktab direktori nazoratida direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

1.Barcha sinf rahbarlari maktab AKT o‘qituvchisi nazoratida sinf o‘quvchilari(ota-onalari) va shu sinfga dars beradigan barcha fan o‘qituvchilari uchun “Telegram” guruhini tashkil (ochadi) qiladi.

Masalan: Maktabda 25 ta sinf bo‘lsa 25 ta “Telegram” guruhini ochadi. Bu guruhlarga maktab direktori, O‘TIBD o‘rinbosarlari va AKTga mas’ul o‘qituvchini ham a’zo (kiritadi) qilinadi. Gruppalarni nomlaganda yilning nomlanishidan kelib chiqib “5-maktab 7-A sinf “Ibn Sino” gruppasi” yoki 5-maktab 8-B sinf “Al-Xorazmiy” gruppasi deb nomlash o‘quvchilarda ma’rifatli bo‘lib ulg‘ayishlarida, o‘z ajdodlari ilmu-zakovati bilan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Gruppaga TELEVIZION DARSLAR VAQTI JADVALINI va TEST bo‘ladigan vaqt oldindan tashlanadi.

2.Sinf rahbarlari va fan o‘qituvchilari TELEVIZION DARSlar asosida o‘quvchilar davomatini nazorat qilib boradi. Unda, TELEVIZION DARSLAR tugagandan so‘ng sinf rahbari va fan o‘qituvchilari har bir o‘quvchining darsda qatnashganligi hamda o‘quvchining mavzuni o‘zlashtirishi (tushungan yoki tushunmagani) bo‘yicha yozma ravishda savol-javoblar olib boradi va o‘quvchilarni kunlik (joriy) baholaydi.

Buning uchun test yaratuvchi elektron programmadan foydalanish qulay. Bunda o‘quvchi o‘z FISH yozish orqali ishtirok etadi va avtomatik baholanadi. SHu o‘rinda olingan baholardan sinf o‘quvchilari reytingi ham kelib chiqadi.

3.O‘quv rejadagi barcha fanlardan o‘quvchilarni joriy baholash bilan birgalikda oraliq nazoratlari orqali baholab boriladi. Bunda 5-10 talik test yoki yozma nazorat ishlari o‘tkaziladi. Agar haftada 3-5 soatlik dars mashg‘ulotlari uchun haftada 1 marta, 1-2 soatlik dars mashg‘ulotlari uchun esa ikki haftada 1 marta nazorat ishlarini olish tavsiya etiladi.

4.O‘quv fanlaridan nazorat ishlari uchun 5-10 talik testlar internet ishlashini hisobga olib, juda sodda dasturlar orqali ishlansa yanada samaradorlik ortadi.

Masalan ota-onalari ishda bo‘ladigan o‘quvchilar uchun ishdan keyingi vaqt soat 18:00-19:00 vaqti qulay hisoblanadi. Test soat 18:00da boshlansa elektron dasturni 10 ta testga 20 daqiqaga mo‘ljallab tuzilsa 18:20da javoblari skrinshot qilish orqali gruppaga tashlanadi. Sinf o‘quvchilar ro‘yxatida o‘quvchining olgan bahosi qayd etiladi va sinf haftalik reytingi shakllanadi.

5.Sinf jurnallari sinf rahbarlari tomonidan yuritiladi va saqlanadi. O‘quvchilarni kunlik (joriy) va nazorat baholari uchun har bir fan o‘qituvchilari tomonidan alohida daftar jurnali yuritilib, baholar qayd etib boriladi.

6.O‘quvchilarda aniqlangan bo‘shliqlar ustida fan o‘qituvchilari qo‘shimcha ma’lumotlarni sinf gruppasiga tashlash orqali to‘ldirib boradi.

Har hafta yakunida fan o‘qituvchilari sinf o‘quvchilarini olgan joriy va nazorat baholarini sinf rahbariga masofadan(onlayn) yetkazadi. Sinf rahbarlari o‘quvchilar olgan baholarni sinf jurnaliga qayd qilib boradi.


Узнайте, как организовать дистанционное обучение.

Эти рекомендации доступны на канале документов Telegram.

1. Каждый классный руководитель формирует в телеграм-канале специальную группу со студентами своего класса.

2. В специальную группу, формируемую классными руководителями каждого класса, сформированного на Telegram-канале, входят учителя естественных наук, которые преподают в этих классах.

3.Каждый учитель-предметник в каком классе какой предмет преподает по расписанию согласно расписанию.Ведется переписка по Будут вопросы и ответы.

4. В целях контроля за своевременностью проведения занятий по каждому предмету имеющиеся в школе занятия распределяются между руководством, состоящим из директора школы, УТБДО’, ММИБДО’, психолога, молодежного лидера, и этими работниками подконтрольны телеграмм канал.

5. Сессия вопросов и ответов по теме проводится с обучающимся в качестве контроля за просмотром видеоуроков на телевидении обучающимися.

6. Задавая вопросы и отвечая на вопросы по пройденным темам, учитель организует оценку знаний каждого ученика по каждому предмету в отдельном журнале.

7. После получения дополнительного задания организуется обучение путем записи оценок в классный журнал.

8. При дистанционном обучении работникам, работающим по совместительству по иностранному языку и другим предметам, оплата за предыдущие занятия производится на почасовой основе.

9. Учителя физической культуры при дистанционном обучении организуют занятия преимущественно в теоретической форме.

КАК УЧИТЕЛЯ ДОЛЖНЫ РАБОТАТЬ НА ДИСТАНЦИИ?

Под руководством директора школы заместитель директора по учебной работе:

1. Все классные руководители под руководством учителя ИКТ в школе формируют группу «Телеграмма» для учащихся (родителей) и всех учителей естественных наук, ведущих данный класс.

Например, если в школе 25 классов, она откроет 25 групп Telegram. В эти группы также входят директор школы, заместители директора и учитель, отвечающий за ИКТ. Именование групп по названию года, например «Школа 5, 7-А класс «Ибн Сино» группа» или Школа 5, 8-Б класс, группа «Аль-Хорезми», когда учащиеся вырастают просветленными, o Играет важную роль в формировании чувства гордости за знание своих предков. Группе заранее будет дано РАСПИСАНИЕ ТЕЛЕВИЗИОННЫХ УРОКОВ и ТЕСТ-время.

2. Классные руководители и учителя естественных наук следят за посещаемостью учащихся на основе ТЕЛЕВИЗИОННЫХ УРОКОВ. В нем после ТЕЛЕВИЗИОННЫХ УРОКОВ классный руководитель и учителя естествознания проводят письменные вопросы и ответы на участие каждого ученика в уроке и оценивает, усвоил ли ученик тему (понял или нет).

Для этого удобно использовать электронную программу, создающую тест. Студент участвует, написав свою FISH, и автоматически оценивается. Оценка студентов также является производной от оценок, полученных здесь.

3. Учащиеся по всем предметам учебной программы будут оцениваться на промежуточных экзаменах наряду с текущими оценками. Будет 5-10 тестов или письменных тестов. Рекомендуется сдавать тест один раз в неделю для занятий продолжительностью 3-5 часов и раз в две недели для занятий продолжительностью 1-2 часа.

4. 5-10 тестов для контрольной работы по учебным предметам будут более эффективными, если они будут разработаны с использованием очень простых программ с учетом работы сети Интернет.

Например, для учащихся, родители которых находятся на работе, внеурочное время составляет 18:00-19:00. Если тест начинается в 18:00, электронная программа рассчитана на 10 тестов по 20 минут, а в 18:20 ответы выносятся в группу путем снятия скриншота. Оценка учащегося заносится в список классов и формируется еженедельный рейтинг класса.

5. Классные журналы ведутся и ведутся классными руководителями. Для ежедневных (текущих) и контрольных оценок учащихся у каждого учителя-предметника ведется отдельная тетрадь и записываются оценки.

6. Учителя естественных наук заполняют пробелы, выявленные учащимися, добавляя в класс дополнительную информацию.

В конце каждой недели учителя естественных наук дистанционно (онлайн) сообщают классному руководителю текущие и контрольные оценки, полученные классом. Классные руководители записывают оценки учащихся в классный журнал.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: