Stajor-o‘qituvchi kim?

Stajor-o‘qituvchi kim? Stajor-o‘qituvchi haqida ma’lumot

Ma’lumki, joriy o‘quv yilidan boshlab birinchi bor yangi ishga kirayotgan pedagog kadrlar 1 yil davomida o‘qituvchi-stajor sifatida faoliyat yuritib, shu muddatda sertifikat olishi kerak degan talab qo‘yilmoqda.

Ya’ni, Prezidentning 2023 yil 26 maydagi PF-79-sonli farmoni bilan 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritishi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talabi qo‘yildi.

Mana hozir maktablarda ishga qabul qilish jarayoni ketmoqda. Sentyabr oyigacha bu jarayon to‘liq yakunlansa ham kerak. Chunki, Adliya vazirligi fuqarolarni ishga olish va ishdan bo‘shatish haqidagi buyruq loyihalarini avgust oyida amalga oshirishni so‘ragan.

Endi shu yerda muammo kelib chiqadi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Prezidentning PF-79-sonli farmonida aytilgan talablarni amaliyotga joriy qilish bo‘yicha qandaydir hujjat loyihasini ishlab chiqdimi?

Ya’ni, birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli pedagog kadrlarni o‘qituvchi-stajor sifatida ishga olish tartibi belgilandimi? Bu qanday tartibda bo‘ladi? Stajor-o‘qituvchi o‘zi kim? Ularni ishga qabul qilishda buyruqlar qanday rasmiylashtiriladi degan savollarga javob bormi?

Yoki bu tartib kelasi o‘quv yilidan amalga oshiriladimi? Unda nima uchun Prezident farmonida 2023-2024 o‘quv yili muddati ko‘rsatilgan?

Vazirlik bu haqda qachon tushuntirish bermoqchi? Bu yilmi? Yoki maktablarga kadrlar ishga olib bo‘lingandan keyinmi? Unda yangi ishga kirayotgan pedagog xodimlarning mehnat huquqlari buzilmaydimi?

Mavzuga doir:
Stajor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish tartibi ishlab chiqildi

Maktabga yangi xodimni ishga olishda tanlov jarayoni qanday bo‘ladi?

Yangi ishga kiruvchilar uchun ayrim hujjatlar namunasi

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: