6-sinflarda “Tabiiy fan (science)”ni qaysi o‘qituvchi o‘tishi kerak?
Savol:6-sinfdagi “Tabiiy fan (science)” darslarini qaysi o‘qituvchi o‘tsa to‘g‘ri, qonuniy va adolatli bo‘ladi? Shu ham ko‘p maktablarda ma’lum tushunmovchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Shunga tushuntirish bersangiz.
Savolga Xalq ta’limi info kanalida quyidagicha javob berildi:
Ma’lumki, Prezidentning 2020 yil 12 avgustdagi PQ-4805-sonli qarori bilan tacdiqlangan dasturning 6-bandiga ko‘ra, 1-6-sinflarda «atrofimizdagi olam», «tabiatshunoslik», «geografiya», «biologiya», «fizika» fanlari o‘rniga “Tabiiy fan (science)”ni yagona fan sifatida 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab tajriba-sinov tariqasida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yildi.
Tabiiy fan (science) dars soatlari boshlang‘ich sinfda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari (rahbarlari), 6-sinfda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etiladigan o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan “Fizika”, “Biologiya”, “Geografiya” fanlari o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi.
Ammo dars soatlari ushbu toifadagi o‘qituvchilar o‘rtasida “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizomi”ning 15-bandida belgilangan ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanishi shart.
Mavzuga doir:
Yangi SCIENCE fani tufayli mavjud soatlar qisqaradimi?
«Tabiiy fanlar» (Science) necha soat o‘qitiladi?
Tabiiy fanlardan to‘garak hujjatlari, konspekt va ish rejalar