Rasul Kusherbayev XTV va Qobul Doʻsov o’rtasidagi sud jarayoniga munosabat bildirdi

Rasul Kusherbayev XTV va Qobul Doʻsov o’rtasidagi sud jarayoniga munosabat bildirdi
Telegramda o'qish

Chirchiqda oʻtayotgan Xalq taʼlimi vazirligi va Qobul Doʻsov oʻrtasidagi sud jarayonini kuzatib bir qator pozitiv oʻzgarishlar boʻlayotganligini sezyapman.

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o’zining telegram sahifasida o’z munosabatini quyidagicha bildirdi:
Avvalo Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatovning vazirlik, qolaversa oʻz shaʼnini demokratik prinsiplar asosida sud orqali himoya qilishga oʻtgani Oʻzbekiston ijtimoiy siyosiy hayoti uchun ijobiy hol, deyish mumkin.
Afsuski bir qator masʼullarimizda bu kabi ziddiyatlarni ustun mavqe va kuchiga ishonib, “koʻcha” usulida hal qilish holatlari uchrab turgan bir vaqtda bu uslub jamiyatning huquqiy savodxonlik darajasi yuksalib, madaniy saviya sari odimlab borayotganligini koʻrsatmoqda.
Sud natijasi qanday yakun topishidan qatʼiy nazar fuqaro va davlat idoralari oʻrtasida paydo boʻladigan bu kabi ziddiyatlar pirovardida soʻnggi yillarda erishgan eng katta yutugʻimiz- axborot va soʻz erkinligini taʼminlash borasidagi qadamlarning toʻxtashiga, fikr aytishda hadiksirash kayfiyatining paydo boʻlib qolishiga olib kelmasligi zarur.
Ishonamanki, Oʻzbekistonda soʻz va fikr erkinligi hech qachon boʻgʻilmaydi va bu erkinlik shaxslarni kamsitish, shaʼnini bulgʻash uchun ham ishlatilmaydi.
Yashasin soʻz erkinligi, yashasin inson manfaati!

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: