Maqsad “X variant” orqali soqqa qilishmi? DTM munosabat bildirdi

Telegramda o'qish

DTM Telegram kanalidagi tanqidga javob qaytardi.

Telegramdagi «TentakMinds» kanali DTMni “X variant” orqali soqqa qilishni istayotganlikda ayblab chiqqan edi.
DTM ayni shu ayblovga javob qaytardi.
“t.me/tentakminds” telegram kanali bilan aloqada bo’lgan hurmatli abiturientlar, kanalning
navbatdagi materialini o’qib, unda bildirilgan fikrlar haqida Sizlarga quyidagi ba’zi
ma’lumotlarni taqdim etmoqchimiz.
Hammaga ma’lumki, ayniqsa, test sinoviga qatnashgan barcha abiturientlar yaxshi biladilar –
2010 yildan boshlab test sinovida ishlatiladigan test topshiriqlari kitoblari har bir
abiturient uchun alohida (individual) variant asosida tayyorlanishi yo’lga qo’yildi. Bu
o’zgartirish jamoatchilikdagi aynan shu “X variant” kabi noto’g’ri tushunchaga qarshi kiritilgan
edi. 10 yildirki, “X variant” o’z ma’nosini yo’qotib bo’lgan. O’ylab ko’ring, agar test sinovida
bir million abiturient ishtirok etsa, “t.me/tentakminds” telegram kanali qayd etgan “X
variant” ham shuncha bo’lishini talab etadi. Bu yerda mantiq yo’qoladi.
Oxirgi ikki yilda test sinovlari katta sig’imli binolarda, hamma bir-birini nazorat qilgan
holda, ota-onalarga jarayon bevosita, shuningdek, internet va televidenie orqali ko’rsatilgan
holda shaffof va xolis o’tkazilmoqda.
Agar “t.me/tentakminds” telegram kanali rahbari yoki boshqa biror kishi “X variant”ni taqdim
etgan shaxs bo’yicha aniq fakt-dalili bo’lsa, to’g’ri huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat
etib, dalillarni topshirishini so’raymiz. Shunda bu masala qonuniy va haqli yechimini topadi. Aks
holda, aniq dalilsiz ma’lumotlar, oliy ma’lumot olish istagida bo’lgan yoshlarimizning
ruhiyatiga, jiddiy tayyorgarligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi hamda juda ko’plab mish-mishlarga
sabab bo’ladi. Bu borada ham qonunchilikda tegishli javobgarlik belgilanganligini
unutmasligimiz kerak.
Shu o’rinda “t.me/tentakminds” telegram kanali rahbariga rasman murojaat qilsak. Agar
kanalingizda Davlat test markazi faoliyati yoki aynan test sinovi bilan bog’liq haqiqiy
ma’lumot bermoqchi bo’lsangiz, marhamat, avval ishonchli manbalardan ma’lumotlaringizning
haqiqiyligini tekshirib ko’ring va shundan so’nggina joylashtiring. Noaniq ma’lumotlar bilan
jurnalist bo’lmagan shaxs kabi apil-tapil xulosa qilishga ham shoshilmang. Xulosa o’z nomi bilan
xulosa. Uning yordamida “oqim o’zani”ni o’zgartirish, xalqning fikrini asossiz ma’lumotlar
bilan chalg’itish mumkin. Asosli bo’lsa, huquq-tartibot organlariga bering ma’lumotlaringizni.
Bu muassasamiz uchun ham juda kerak.
O’rtoq kanal rahbari, balki Siz yuzma-yuz uchrashish, o’zingizni qiziqtirgan savollarga javob
olishni istarsiz. Unda, marhamat, Davlat test markaziga keling, mutaxassislarimiz har qanday
savollaringizga batafsil javob beradilar.
Ish kunlari – dushanbadan jumagacha.
Ish soatlari – 9.00 dan 18.00 ga qadar.
Tushlik – soat 13.00 dan 14.00 gacha.
Telefonlar: 71 – 235 19 14, 71 – 234 64 21″, — deyiladi DTM xabarida.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: