Ota-ona va bola o’rtasidagi muammolar va ularni hal qilish yo’llari

Ibratli ota-ona
Telegramda o'qish

Ota-onalar va farzandlar o’rtasidagi ayrim psixologik muammolar va ularni hal qilish yo’llari, foydali tavsiyalar

Dunyoda farzandlar tarbiyasi haqida juda ko’plab asarlar yozilgan.Aksariyat kitoblar esa nasihatlar shaklida ekanligi ma’lum. Oilada farzandlar tarbiyasini aynan bir kitob yo’li bilan olib borib bo’lmaydi. Bundan tashqari farzandlar va ota-onalar o’rtasida yuzaga keladigan muammolar yechimining hammasini ham kitoblardan topib bo’lmaydi.

YOshi o’tgan bir keksa kishidan “yoshlik va keksalikning nima farqi bor?” deb so’raganlarida u “yoshlik-shunday davrki-unda barcha muammolarni yechishda kishida kuch-quvvat va imkoniyat topiladi, ammo aql yetarlicha ish bermaydi. Keksalik-shunday davrki-barcha muammolarni yechishga aql topiladi, ammo kuch-quvvat yetishmaydi”degan ekan. SHuning uchun ham kattalarning yoshlarga-farzandlariga, nevaralariga va yaqinlariga doimo nasihat qilib turishlarining zamirida biz bilmagan yuqoridagi qonuniyat yotadi.

Har bir ota-ona farzandining har tomonlama to’kis bo’lishini-yaxshi o’qishini, doimo oldingi saflarda bo’lishini, saranjom-sarishtali, mehnatsevar, mard va albatta baxtli bo’lishlarini istaydi. Ammo har doim ham ular orzu qilganday bo’lavermaydi. Ularning fikricha bolalar ma’suliyatsiz, yomon o’qishadi, tartib buzishadi, kattalarning aytganlarini ular istaganday bajarishmaydi, yolg’on ishlatishadi va hokozo. Buning natijasida esa bolalar va kattalar o’rtasida psixologik ziddiyatli muammolar kelib chiqadi. Bu ziddiyatlarni bartaraf qilishga ko’pincha yo’l topilmaydi yoki har kim masalani o’zicha hal qilishga urinadi.

Bizning bolalar bilan bo’ladigan muloqotlarimiz to’laqonli ishlab chiqilmagan yoki tugal shakllanmagan. Ota-onalar va bolalar o’rtasida bo’ladigan tarbiya ssenariyga e’tiborni qarating: bunda kattalar tanqid qiluvchi va nasihat beruvchi rolini o’ynasalar, bolalar esa aybdor va tinglovchi rolini o’ynaydilar. Natijada kattalar o’zlarini men haqman, to’g’ri tarbiya beryapman, deb hisoblasalar, bolalar esa o’zlarini kamsitilgan, barcha narsalardan mahrum qilingan deb hisoblaydilar. Biz bolalar bilan bo’ladigan muloqotni o’zimizning dunyoqarash bilan emas, balki bolaning dunyoqarashi bilan olib borsak natija qanday bo’ladi?

Uchinchi sinf o’quvchisining kundaligidagi matematikadan qo’yilgan “ikki” bahoni ko’rgan otaning jahli chiqib:

-nega “ikki” olding, shu ham bahomi, qara opangning hamma baholari “besh”, deb uni jerkib berish bola tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi va hech qanday ijobiy natija bermaydi. Qaytaga bola va opasi o’rtasida ko’rinmas ziddiyatning paydo bo’lishiga olib keladi. Bunday paytda ota quyidagicha yo’l tutgani ma’qul:

-Bilaman, o’g’lim. Matematika-oson fan emas.Ayrim mashqlarini yechish qiyin. Lekin sen ko’proq mashq qilsang ularni yecha olasan, baholaring ham yaxshilanadi. Qani, kelinglar o’tilgan darsni birgalikda takrorlab chiqib mashqlarni yechishga harakat qilamiz.

Bunday holatda o’g’il otasining uni tushunganini, uning ichki kechinmalariga sherik bo’layotganidan xursand bo’ladi va o’zida qat’iyat va ishonch shakllanadi.

Ko’pchilik ota-onalar bolalarni maqtashni yaxshi ko’radilar. Masalan sakkiz yoshli SHabnam darsdan keyin hovlini supurdi, barglardan tozaladi, keraksiz axlatlarni oldi va suv sepib saranjom qilib qo’ydi. Onasi uning ishini ko’rib uning ajoyib qiz ekanligini, mehnatsevarligini, uning tengilari bunday ishni qila bilmasliklarini yoki “mendan ham toza qilibsan” deyishi uni bolaning o’ziga bino qo’yishiga, keyinchalik ham har bir qilgan ishi uchun rag’bat eshitishga moyillikka olib keladi. Maqtovlar uning shaxsiga emas, balki bajargan ishi natijasiga qaratilishi lozim. Masalan, hovlini supurish ancha mehnat talab qiladigan ish ekanligi, lekin shunga qaramasdan saranjom-sarishta bo’lganligi, otasi ko’rsa xursand bo’lishini aytish bolada o’z ishiga va qobilyatiga o’zining baho berishiga undaydi.

Maqtov jarayoni ikki komponentdan iborat bo’lishi mumkin:birinchisi bizning xulosa(so’zlarimiz)miz, ikkinchisi bolaning xulosasi(so’zlari).

Masalan:

1)To’g’ri maqtov: “Sening yozgan she’ring juda yaxshi chiqibdi, menga juda yoqdi”.

Bola: “Mening she’rlarim dadamga yoqibdimi, demak men yana she’rlar yozishni davom ettirishim kerak”.

(Noto’g’ri maqtov: “Sening yoshingda bunday she’rlar yozish katta narsa. Sendan ajoyib shoir chiqadi”).

2)To’g’ri maqtov: “Buzilgan stol juda yaxshi taxlangan, xuddi yangiday bo’libdi,

rahmat senga o’g’lim”.

Bola: “Men duradgorlikka qiziqaman, uyda yana shunday buzilgan narsalar bo’lsa ularni ham tuzataman”.

(Noto’g’ri maqtov: “Sen zo’r duradgorsan, bu ish uncha-muncha odamning qo’lidan kelmaydi”).

To’g’ri yo’naltirilgan maqtov yoki rag’batlar bolalarni o’zi va o’zgalarning ishiga to’g’ri baho berishga o’rgatadi.

Xuddi yuqoridagiday bolaga to’g’ri bildirilgan tanqid uni yaxshi yo’lga boshlasa, noto’g’ri bildirilgan tanqid esa uning tarbiyasiga teskari ta’sir qiladi. Xuddi maqtov singari tanqidlar ham bolaning shaxsiga emas, uning qilgan ishiga qarab yo’naltirilishi kerak. yetti yoshli Sitora onasi bilan xolasining tug’ilgan kuniga guldon olib borishmoqchi edi. Sitora ehtiyotsizlik qilib guldonni qo’lidan tushirib sindirdi. Bunday paytda ona tanqidni uning o’ziga emas, balki sodir bo’lgan voqeaga yo’naltirishi kerak.

Masalan:

1)To’g’ri tanqid: “Bu juda chiroyli guldon edi. Qani siniqlarni yig’ishtirib ol. Sovg’aga boshqa narsa olib borarmiz.”.

Bolaning xulosasi: “Onam meni kechirdi, bundan keyin ehtiyot bo’lishim kerak, onam qanday ajoyib ayol”.

(Noto’g’ri tanqid: “Nima qilib qo’yding. Bilasanmi bu guldon necha so’m turadi? Odam shunaqa ham bo’shang bo’ladimi?”).

Noto’g’ri tanqid natijasida bola o’zini va o’zgalarni yomon ko’rib qoladi, asabiylashadi, stress bo’lib yuradi. Keyinchalik biron xato ish qilib qo’ysa uni kattalarning ko’zidan yashirishga harakat qiladi. CHunki kattalar uni yana jerkib berishlari mumkin. Bunday holatlar esa bolaga yoqmaydi, albatta.

Haqoratni o’zga shaxsni kamsitish, yerga urish uchun ishlatiladigan “hujum” deyish mumkin. Lekin haqoratlar bola shaxsiga yo’naltirilishi mumkin emas. Tanqidga aksjavob bo’lmasligi mumkin, ammo haqoratga nisbatan qarshi tomondan xuddi shunday tonda munosabat bildirilishi mumkin. Bu esa o’z navbatida ikkala tomon o’rtasida kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Kimdir bolaga nisbatan birinchi marta: “buncha lapashang bo’lmasang”, degan iborani ishlatsa, bola ham birinchi marta “yo’q, men lapashang emasman”, deyishi aniq. Lekin yuqoridagi ibora bolaga nisbatan yana takror aytilaversa, bolada “men haqiqatdan ham lapashang ekanman”, degan tushuncha paydo bo’ladi. Bola esa asta-sekin tezkorlik talab qilinadigan o’yinlardan va ishlardan o’zini olib qochadigan bo’lib qoladi.

Farzandingiz sizni ranjitadigan biron ish qilib qo’ydimi, shoshmang. Birinchi marta:

-sening bu ishing menga yoqmayapti, yoki bu qilganing menga umuman ma’qul emas,deyish mumkin.

Ikkinchi marta:

-sening bu ishing men juda qiynab, asabiylashishimga olib keldi.

Uchinchi marta:

-hali otang kelsin, hammasini aytib beraman, deyish ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Agar bundan bola xulosa qilsa, shu bilan chegaralanib qolgan ma’qul. Bu yerda ham bolaning shaxsini emas, balki qilgan hatti-harakatining noto’g’ri jihatlarini va uning salbiy oqibatlarini tushuntirish kerak.

Dunyoqarashi endi shakllanib borayotgan bolalarga nima mumkin, nima mumkin emasligini ochiq aytib borish kerak. Biz esa xuddi bolalar buni biladiganday ish tutamiz. Masalan, bolalar jonli mushuk bilan o’yinchoq mushukchani bitta narsa deb o’ylashi mumkin.Ular o’yinchoq mushukni osmonga irg’itadilar, quloqchalarini sindiradilar, ustiga chiqib o’tiradilar, ya’ni o’zlari istagan ishni qiladilar. Ular jonli mushukchada ham shu harakatlarni takrorlashga urinadilar. Bunday paytda ota-onalar jonsiz va jonli predmetlar to’g’risida ularga tushunchalar berib borishlari lozim. Kattalar tomonidan bolalarga qilingan po’pisa(tahdid)larni ular teskari tushunishlari mumkinligini o’ylab ko’rganmisiz?. Bolaga “agar ukangni yana bir marta ursang…” desak ular “…” dan keyingi aytilmagan fikrni ular “ukangni yana bir marta ur” deb, yoki “yana derazaga qarab tosh otasan…”, desak ular “derazaga tosh yana otishim kerak ekan”, deb tushunishlari mumkin. Bunday po’pisalar yakunlangan tarzda bo’lishi lozim. Masalan, “agar ukangni yana bir marta ursang, biz hammamiz sendan hafa bo’lamiz. Ukangni urishing emas, uni himoya qilishing kerak”,degan gaplarni aytgan afzalroq.

Keling, endi ota-onalar va maktabning o’zaro hamkorligi to’g’risida fikrlashib olaylik. Har bir ota-ona farzandining yaxshi o’qishi, yaxshi xulq-atvorga ega bo’lishi va kelajakda uning kamolini ko’rishni istaydi, albatta. Lekin bunga erishish o’z-o’zidan bo’lmaydi. Bu masalada ikkala tomonning: maktabning va ota-onaning teng ravishda majburiyalari va hissalari bor. Maktab davlatning ta’lim-tarbiya muassasasi sifatida oilaviy tarbiyaga katta ta’sir ko’rsatadi. SHunga ko’ra har bir ota-ona o’quv muassasining bolasining tarbiyasi va o’qishi borasida maktabning ko’pgina talablarini bajarishga ma’suldir. Farzandi maktabda o’qiydigan har bir ota-ona o’zini shu maktabning a’zosiman, deyishga haqli. Ko’pgina ota-onalar farzandlarining yaxshi o’qimasligiga o’qituvchilar aybdor deb hisoblaydilar. Bir tomondan olganda ota-onaning e’tirozida jon bor. Biz ko’pincha ota-onalar va maktabning o’zaro hamkorligi haqida umumiy gaplarni gapiramiz. Aslida esa bu hamkorlik qay tarzda yo’lga qo’yilishi to’g’risida ko’pchilik yaxshi bilmaydi. Ota-onalar yig’ilishlarida o’quvchilar muhokoma qilinadi: yaxshi o’kiydiganlarga rahmat aytilsa, yomon o’kiydiganlar tanqid qilinadi, kichik moliyaviy masalalar muhokoma qilinadi.

Ota-onalar va sinf rahbarlarining o’zaro hamkorligini amalga oshirishda o’qituvchilar quyidagilarni amalga oshiradilar:

1)sinf rahbarlari va fan o’kituvchilari uy vazifalarini bajarmay kelgan o’kuvchilarni o’rganib ularning kundalik ro’yxatini shakllantirib boradi;

2)sinf rahbari yuqoridagi ro’yxat asosida o’kuvchilarning uyiga tashrif buyuradi hamda:

  • bolaning uyida dars tayyorlashga sharoit yaratilganmi, kitoblarini saqlaydigan joyi majudmi?
  • bolaning uyda dars tayyorlashi kim tomonidan nazorat qilinadi?
  • bola uyda har kuni necha soat dars tayyorlaydi?
  • badiiy kitob o’qiydimi? Nechta badiiy kitobi bor?
  • o’quvchining maktabdan tashqari vaqtdagi kun tartibi nimadan iborat? ekanligini to’g’risida ma’lumotlarni to’playdi.

SHundan keyin sinf rahbari grafik asosida har gal 3-4ta ota-onani maktabga taklif qiladi. Ota-onalar farzandlari o’qiydigan siflarga darslarga kiradilar, bolasining dars jarayonidagi faolligini o’z ko’zlari bilan ko’radilar. Sinf rahbari esa har bir ota-ona bilan individual suhbat o’tkazib bolaning maktabdan keyingi kun tartibi to’g’risidagi barcha tafsilotlarni bilib oladi.

To’plangan ma’lumotlar o’rganib chiqib shunday xulosaga keldim. Farzandining ilm olishi va tarbiyasiga befarq bo’lgan oilada unib-o’sayotgan bolalarning past baholarga o’qishi, o’qishga qiziqmasligi va tarbiyasida kamchiliklar borligi aniq bo’ldi. Zudlik bilan mazkur masalada metodik kengash o’tkazdik va o’qituvchilarga aniq topshiriqlar berdik. Muntazam dars tayyorlamay keladigan o’quvchilarning ota-onalariga farzandining uy vazifalarini bajarmasdan kelishi, o’qishi pasayib borayotganligi haqida ogohlantirib, bolalarining uyda dars tayyorlashi kattalar tomonidan qat’iy nazoratga olinishi, uyda oilaviy dars tayyorlashni tashkil qilish lozimligi, aks holda bolani qo’ldan berib qo’yishi mumkinligi to’g’risida suhbatlar o’tkazdik, xatlar yo’lladik, telefon orqali ogohlantirib bordik. Oradan bir hafta-o’n kun o’tib ijobiy o’zgarishlar sezila boshladi. Dars tayyorlamay keladigan o’kuvchilarning soni keskin kamaydi.

Men beshta farzandi ham eng nufuzli oliygohlarini bitkazgan bir oddiy oilaga borib ular bilan suhbat o’tkazdim. Ularning ota-onalaridan:

-Farzandlaringizning o’qimishli bo’lishida sizlarning ham hissallaringiz bormi? deb so’radim .

-Bor bo’lsa kerak, dedi ona. Men farzandlarimni 1-sinfga borgan kunidan boshlab, to ular maktabni bitkuzgunlariga qadar har kuni, har biri bilan bir soatdan dars qilganda yonida o’tiraman. Keyinchalik esa dars tayyorlash ularning kundalik ehtiyoji (refleks)ga aylanib qoladi. Biz darslarni oilaviy qilardik, birga kitob o’qirdik.

Oddiy qishloq ayoli bilan o’tkazgan yarim soatlik suhbat miyamda ko’pdan beri yechilmay kelayotan muommmolarni ochib tashladi. Bunday oilalardan har birimiz o’rnak olsak arziydi.

Qirq besh minutlik dars jarayonida o’quvchi rejalashtirilgan material bo’yicha zarur bilim va ko’nikmalarni ololmasligi tayin. CHunki bir soatga mo’ljallangan darsning tashkiliy qism, uy vazifani so’rash va uy vazifasini tushuntirish berish etaplariga istaymizmi-yo’qmi kamida 15-20 minut sarf bo’ladi. Qolgan vaqt esa qolgan o’quvchining bilimlarni o’zlashtirishiga yetmaydi. SHuning uchun ham o’quvchilar bo’sh vaqtda ota-onalarining nazorati ostida dars qilishlari zarur.

Maktab o’qituvchilarining ko’pchilik qismi esa darsni yaxshi o’tadi, yaxshi tushuntiradi, dars jarayonida o’zi faollik ko’rsatadi va bu bilan darsni “zo’r” o’tdim deb ko’ngli taskin topadi. Lekin o’qituvchining o’quvchini mustaqil fikrlashga, o’ylashga, ijod qilishga, jalb qilishga vaqti ham, sabr-toqati ham yetmaydi. O’quvchi bunday narsalarga vaqtni faqat uyida topadi. O’qituvchilar uy vazifalarini oila davrasida muhokama qilib bajaradigan shaklda bersalar qanchalar maqbul ish bo’lar edi?!

SHu yerda ota-onalar bilan ayrim fikrlarimni o’rtoqlashmoqchiman.

Oila boshliqlari, farzandlaringiz bilan har kuni bir-ikki soat kitob o’qish, dars tayyorlash, bolaning uy vazifalarini bajarishini nazorat qilishni, mustaqil ishlashini oilaning qat’iy kun tartibiga kiriting va zarurat bo’lmasa uni buzmang. Qachonki bolangiz mustaqil o’qib, o’qigan narsasining mazmunini aytib bera oladigan bo’lsa va badiiy kitoblar mutolaa qilayotgan bo’lsa o’zingizni baxtli ota-ona deyishingiz mumkin. SHunday oilada kamol topgan o’g’il-qizlar albatta siz orzu qilgan darajadagi farzandlar bo’lib yetishadilar.

 

Davlatov Jo’raqul, Buxoro viloyati Olot tumani, 16-maktab direktorining o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari

 


Некоторые психологические проблемы между родителями и детьми и пути их решения, полезные советы
В мире существует множество книг о воспитании детей, и известно, что большинство из них написаны в форме наставлений. Воспитание детей в семье невозможно по одной книге. Кроме того, не все решения проблем между детьми и родителями можно найти в книгах.
«Какая разница между молодостью и старостью?» — спросил пожилой мужчина. Когда его спросили, он сказал: «Молодость — это время, когда человек находит в себе силы и способности решать все проблемы, но ум недостаточно усердно работает. «Старость — это время, когда все проблемы можно решить, но сил не хватает». Вот почему вышеизложенный закон, которого мы не знаем, лежит в основе того, что взрослые постоянно советуют молодым людям — детям, внукам и родственникам.
Каждый родитель хочет, чтобы его ребенок был всесторонне развитым, образованным, всегда на передовой, ухоженным, трудолюбивым, смелым и, конечно же, счастливым. Но не всегда получается так, как они мечтали. По их мнению, дети безответственны, плохо читают, нарушают правила, не делают то, что говорят взрослые, врут и так далее. В результате возникают психологические конфликты между детьми и взрослыми. Часто нет возможности разрешить эти конфликты или каждый пытается решить вопрос самостоятельно.
Наши взаимодействия с детьми не полностью развиты или полностью сформированы . Сосредоточьтесь на сценарии воспитания между родителями и детьми: в нем взрослые играют роль критика и предостережения, а дети играют роль виновника и слушателя. В результате взрослые чувствуют, что они правы и воспитаны, а дети чувствуют, что их унижают и лишают всего. Что получится, если мы будем вести общение с детьми не со своим мировоззрением, а с мировоззрением ребенка?
Отец пришел в ярость, увидев в дневнике третьеклассника «двойку» по математике:
-Почему ты получил «двойку», вот почему все оценки твоей сестры говорят «пять», это отрицательно сказывается на воспитании ребенка и не дает никаких положительных результатов. Опять же, это приводит к незримому конфликту между ребенком и сестрой. В этом случае отец должен сделать следующее:
— Я знаю, сынок. Математика — непростая наука, некоторые упражнения трудно решить. Но чем больше вы будете практиковаться, тем лучше сможете их решать и тем лучше будут ваши оценки. Давай, попробуем решить упражнения, повторив урок вместе.
В этом случае сын счастлив, что отец понимает его, делится внутренними переживаниями , вырабатывает целеустремленность и уверенность в себе.
Большинство родителей любят хвалить своих детей. Например, восьмилетняя Шабнам подмела двор после школы, убрала его от листьев, собрала ненужный хлам, прибрала, поливая водой. Увидев ее работу, мать сказала, что она замечательная девочка, что она трудолюбивая, что ее сверстники не могут сделать такого, или что она сказала: «Ты чище меня». Похвала должна быть направлена на результат его работы, а не на его личность . Например, высказывание о том, что подметание двора — работа трудоемкая, но все же опрятная, и что отец этому рад, поощряет ребенка к оценке собственной работы и способностей.
Процесс похвалы может состоять из двух компонентов: первый — это наш вывод (слова), а второй — вывод ребенка (слова).
Например:
1) Верная похвала: «Ваше стихотворение очень хорошо вышло, мне очень понравилось».
Мальчик: «Если моему папе нравятся мои стихи, то я должен продолжать писать стихи».
(Неправильная похвала: «Здорово писать такие стихи в твоем возрасте. Из тебя получается великий поэт».)
2) Верная похвала: «Стол разбитый очень хорошо накрыт, как будто новый,
спасибо мой сын
Мальчик сказал: «Меня интересуют столярные работы, и я починю любые другие сломанные вещи в доме».
(Неправильная похвала: «Ты великий плотник, эта работа не по силам нескольким людям»).
Правильно направленная похвала или поощрение учат детей правильно оценивать работу себя и других.
Точно так же критика ребенка правильно ведет его на добрый путь, а критика ребенка отрицательно влияет на его воспитание. Так же, как и похвала, критика должна быть сосредоточена на том, что сделал ребенок, а не на человеке. семилетняя Ситора хотела взять букет с мамой на день рождения тети. Ситора небрежно выронила вазу из рук и разбила ее. В такие моменты мать должна сосредоточить критику на том, что произошло, а не на себе.
Например:
1) Правдивая критика: «Это был очень красивый букет. Соберите обломки. В подарок возьмем еще что-нибудь».
Вывод ребенка: «Мама меня простила, значит, надо быть осторожнее, какая замечательная женщина моя мама».
(Неправильная критика: «Что ты наделал. Ты знаешь, сколько стоит этот цветок? Разве может человек быть таким свободным?»).
В результате неправильной критики ребенок ненавидит себя и других, нервничает, испытывает стресс. Затем он пытается скрыть это от глаз взрослых, если совершит ошибку. Потому что взрослые могут снова подрочить. Ребёнку такие случаи, конечно, не нравятся.
Оскорблением можно назвать «нападение», используемое для дискриминации другого человека, для удара о землю. Но оскорбления не могут быть направлены на личность ребенка. На критику можно не реагировать, но может быть выражен противоположный тон реакции на оскорбление. Это, в свою очередь, приводит к разногласиям между двумя сторонами. В первый раз, когда кто-то произнесет фразу «Если ты не такой ленивый», ребенок ответит: «Нет, я не ленивый». Но если вышеописанную фразу повторять ребенку, у него создастся впечатление, что «я действительно ленивый». С другой стороны, ребенок постепенно отстраняется от игр и действий, требующих скорости.
Если ваш ребенок сделал что-то, что вас расстраивает, не торопитесь. В первый раз:
-Мне не нравится то, что ты делаешь, или мне не нравится то, что ты делаешь вообще.
Второй раз:
-Ваша работа меня очень огорчала и нервировала.
Третий раз:
Очень важно сказать: «Пусть твой отец придет, я тебе все расскажу». Если ребенок делает из этого вывод, лучше на этом ограничиться. Здесь тоже важно объяснить неправильные стороны поведения ребенка и его негативные последствия, а не личность ребенка.
Детям, мировоззрение которых сейчас формируется, нужно открыто говорить, что можно, а что нельзя. И мы действуем так, как будто дети это знают. Например, дети могут думать, что игрушечный кот с живым котом — это одно, они бросают игрушечного кота в небо, ломают уши, сидят на нем, то есть делают все, что хотят. Те же действия они пытаются повторить даже у живого котенка. В это время родители должны продолжать давать им представление о неодушевленных и одушевленных объектах. Задумывались ли вы когда-нибудь о том, что взрослые могут неверно истолковать угрозы в адрес детей? Если мы скажем ребенку: «Если ты еще раз ударишь своего брата…», он скажет невысказанную мысль после «…» и скажет: «Ударь своего брата еще раз», или если вы скажете: «Ты бросишь снова камень в окно…» Приходится снова стрелять». Такие угрозы должны быть в полном объеме. Например: «Если ты еще раз ударишь своего брата, мы все на тебя расстроимся. Нужно защищать своего брата, а не бить его».
Теперь поговорим о взаимодействии родителей и школы. Каждый родитель хочет, чтобы его ребенок хорошо учился, хорошо себя вел и, конечно же, видел свое совершенство в будущем. Но достижение этого не произойдет само по себе. Обе стороны: школа и родитель имеют равные обязанности и вклад в этом отношении. Школа, как образовательное учреждение государства, оказывает большое влияние на семейное воспитание. Соответственно, каждый родитель несет ответственность за выполнение многочисленных требований школы к воспитанию и обучению своего ребенка. Каждый родитель, чей ребенок посещает школу, имеет право заявить, что он или она является членом этой школы. Многие родители обвиняют учителей в том, что их дети плохо читают. С одной стороны, в родительском возражении есть жизнь. Мы часто говорим об общих взаимодействиях между родителями и школой. На самом деле, мало кто знает, как будет работать это партнерство. Учащихся обсуждают на родительских собраниях: хорошо читающих благодарят, плохо читающих критикуют, обсуждают мелкие финансовые вопросы.
В сотрудничестве с родителями и классными руководителями учителя делают следующее:
1) классные руководители и учителя естественных наук изучают учащихся, не выполняющих домашнее задание, и формируют их ежедневный список;
2) Классный руководитель посещает учеников дома на основании вышеприведенного списка и:
• Есть ли место ребенку дома для занятий, есть ли место для хранения его книг?
• Кто контролирует домашнее задание ребенка?
• Сколько часов ребенок готовится к дому каждый день?
• читать художественную книгу? Сколько книг по искусству?
• Какова внеклассная программа школьника? собирает информацию об этом.
После этого классный руководитель каждый раз по расписанию приглашает в школу 3-4 родителей. Родители заходят в классы, где учатся их дети, воочию наблюдая за активностью своего чада на уроках. Классный руководитель проводит индивидуальное собеседование с каждым родителем, чтобы узнать все подробности о внеурочной программе ребенка.
К такому выводу я пришел после изучения собранных данных. Выяснилось, что дети, выросшие в семье, равнодушной к обучению и воспитанию ребенка, имели более низкие оценки, меньший интерес к чтению, недостатки в воспитании. Мы тут же провели методическое совещание по этому вопросу и дали учителям конкретные указания. Родителей учащихся, которые не посещают занятия регулярно, необходимо предупредить о том, что домашние задания их детей снижаются, что домашние задания их детей должны находиться под строгим контролем взрослых, а домашняя работа должна быть организована в семье, иначе ребенок будет пропущен. писем и предупредил по телефону, что может сдаться. Через неделю или десять дней стали ощущаться положительные изменения. Количество учащихся, не готовящихся к занятиям, резко сократилось.
Я пошел в обычную семью с пятью детьми, тоже окончившими самые престижные университеты, и взял у них интервью. От их родителей:
— Вы способствуете воспитанию своих детей? Я попросил.
— Думаю, да, — сказала мать. Я сижу рядом со своими детьми каждый день, со дня, когда они идут в 1-й класс, и до окончания школы, когда они учат по часу с каждым. Тогда подготовка к уроку становится их повседневной потребностью (рефлексом). Мы всей семьей ходили на уроки и вместе читали книги.
Получасовая беседа с обычной деревенской женщиной выявила проблемы в моем мозгу, которые долгое время не решались. Каждый из нас должен брать пример с таких семей.
В течение сорокапятиминутного занятия учащийся не сможет приобрести необходимые знания и навыки по запланированному материалу. Это потому, что организационная часть часового урока займет не менее 15-20 минут, хотим ли мы попросить домашнее задание и объяснить домашнее задание. Остального времени не хватает остальным учащимся для усвоения знаний. Именно поэтому школьникам необходимо заниматься в свободное время под присмотром родителей.
Большинство учителей школы хорошо проводят урок, хорошо его объясняют, активно участвуют в процессе урока и при этом находят утешение в том, что урок прошел на «отлично». Но у учителя нет ни времени, ни терпения, чтобы вовлечь ученика в самостоятельное мышление, рассуждения, творчество, вовлеченность. Читатель находит время для таких вещей только дома. Насколько лучше было бы, чтобы учителя выполняли домашнее задание таким образом, чтобы это обсуждалось в семейной обстановке?!
Здесь я хотел бы поделиться некоторыми своими мыслями с родителями.
Главы семей, читайте с детьми по одной-две книги в день, готовьте уроки, следите за выполнением ребенком домашних заданий, сделайте самостоятельную работу постоянной частью семейного расписания и не прерывайте ее при необходимости. Вы можете называть себя счастливым родителем, когда ваш ребенок умеет читать самостоятельно, рассказывать содержание прочитанного, читать художественную литературу. Мальчики и девочки, которые растут в такой семье, обязательно вырастут такими детьми, о которых вы мечтаете.

Давлатов Журакул, заместитель директора по учебной работе школы №16 Алатского района Бухарской области

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: