Beshta yo’nalishni tanlash jarayoniga oid ayrim ma’lumotlar

Beshta yo’nalishni tanlash jarayoniga oid ayrim ma’lumotlar

Joriy yilgi test sinovlarida beshtagacha ta’lim yo’nalishini tanlash imkoniyati mavjud.

Xushnudbek Xudoyberdiyev mazkur jarayon bilan bog’liq ma’lumotlarni e’lon qildi.

5 ta yo’nalish degani, 5ta OTM degani emas. YA’ni abiturient albatta 5ta universitet yoki institutni tanlashi shart emas. Bitta OTMning 5ta yo’nalishini tanlash ham mumkin;

5 ta yo’nalish tanlayotganda eng asosiy 2ta shart bor:
1) fanlar ketma-ketligi mos kelishi kerak;
2) ta’lim shakli (kunduzgi, sirtqi, kechki) bir xil bo’lishi kerak.

Fanlar ketma-ketligi mos bo’lsin deganda, 3.1 va 3.2 ball beriladigan 2ta fan to’g’ri ketma-ketlikda joylashishi kerak. Masalan, bitta yo’nalishda fanlar quyidagicha:

— matematika (3.2 ball;)

— chet tili (3.1 ball).

Ikkinchi yo’nalishda esa boshqacha:

— chet tili (3.2 ball);

— matematika (3.1 ball).

Garchi test olinadigan 2ta fan bir xil bo’lsa ham, lekin ularga beriladigan ballar boshqachaligi sababli abiturient ushbu yo’nalishlarga bir paytda hujjat topshira olmaydi.

Ta’lim shakli ham albatta mos bo’lishi shart. YA’ni bir paytning o’zida ham sirtqi, ham kunduzgi ta’limni tanlash mumkin emas. Abiturient 1-yo’nalishga kunduzgi ta’limni tanladimi, demak qolgan 4ta yo’nalish ham albatta kunduzgi bo’lishi shart. yoki 1-yo’nalishga sirtqini tanlasa, qolgan yo’nalishlar ham sirtqi bo’lishi kerak.

Ijodiy (kasbiy) imtihon topshiriladigan yo’nalishlarda faqat bitta yo’nalish tanlash mumkin, 5 tagacha yo’nalish tanlab bo’lmaydi. Bu cheklov ham ijodiy, ham test topshiriladigan yo’nalishlarga ham taalluqli;

Magistraturada ham faqat 1ta mutaxassislik tanlash mumkin;

5 ta yo’nalishlarni tanlayotganingizda ahamiyatliroq bo’ling. CHunki tanlangan birinchi yo’nalish ustunlikka ega. YA’ni sizning birinchi yo’nalishdagi to’plagan ballaringiz kontrakt ballariga to’g’ri kelsayu, qolgan yo’nalishlardagi to’plangan ballar grant ballariga to’g’ri kelsa, siz kontrakt asosida o’qishga qabul qilinasiz.

https://abitur.dtm.uz/ — 20-iyundan boshlab, shu saytga kirilsa qaysi fanlar majmuasi bo’yicha qaysi yo’nalishlarga hujjat topshirish mumkinligini ko’rsa bo’ladi.


Тест этого года предлагает на выбор до пяти специальностей.

Хушнудбек Худойбердиев опубликовал информацию о процессе.

5 направлений не значит 5 вузов. Абитуриентам не нужно выбирать 5 университетов или институтов. Также возможно выбрать 5 направлений одного вуза;

Есть 2 основных условия при выборе 5 направлений:
1) последовательность дисциплин должна быть последовательной;
2) Форма обучения (очная, заочная, вечерняя) должна быть одинаковой.

Чтобы последовательность предметов была совместимой, 2 предмета с оценкой 3,1 и 3,2 должны быть в правильной последовательности. Например, в одной области науками являются:

— Математика (3,2 балла;)

— иностранный язык (3,1 балла).

Второе направление отличается:

— иностранный язык (3,2 балла);

— Математика (3,1 балла).

Хотя два предмета для тестирования одинаковы, заявитель не сможет подать заявку на эти области одновременно из-за разных баллов.

Форма обучения должна быть соответствующей. Невозможно выбрать YA как для заочной, так и для дневной формы обучения одновременно. Если абитуриент выбирает очное обучение по 1 направлению, значит, остальные 4 направления должны быть очными. или если вы выберете внешний для маршрута 1, остальные маршруты также должны быть внешними.

По направлениям, по которым сдается творческий (профессиональный) экзамен, можно выбрать только одно направление, нельзя выбрать до 5 направлений. Это ограничение распространяется как на творческую, так и на тестовую области;

Даже в магистратуре можно выбрать только 1 специальность;

Будьте внимательнее при выборе 5 направлений. Потому что первое выбранное направление имеет преимущество. Если ваши баллы YA по первому направлению соответствуют контрактным баллам, а баллы по остальным направлениям соответствуют грантовым баллам, вы будете приняты на контрактной основе.

https://abitur.dtm.uz/ — Начиная с 20 июня, если вы зайдете на этот сайт, вы сможете увидеть, на какие дисциплины и по каким направлениям вы можете подавать документы.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 3
  1. Jumanov Shaxriyor

    Men informatika óqituvchiman óquvchilarim mendan OTM ga onlayn ariza topshirib bering deb menga iltimos qilayapdi bizga korsatilayotgan onlayn arizada telefon raqam kiritilayapdi menda savol tuyilyapdi xar bir óquvchiga telefon raqam kiritilib yozishim kerakmi keyingi savol ikkinchi bor topshiriyotgan oquvchilar qanday qilib pul ótkazish kerak arizani qabul bólgan haqida qanday bilib olamiz

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Ushbu maqoladagi videoni ko’rib chiqing, batafsil ma’lumotlar keltirilgan.

  2. ismoilov bexzod

    usha 5ta yunalishdan asosiy yunalishda 80-urindaman 25ta qabul buladi. asosiy yunalishga topshirganlar orasida 15-urindaman bu qanday xisoblanadi men talaba bulamanmi yoki

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: