Qur’on o‘qib og‘ir kasallikdan davolangan inson hikoyasi

Qur'on o‘qib og‘ir kasallikdan davolangan inson hikoyasi

Qadimda bir mo‘min musulmon kishi rak kasaliga chalinib qolibdi. Saudiya Arabistonida davolanib ham kelgan bo‘lib, unga o‘sha yerdagi vrachlar:
– Biz seni bu yerda davolay olmaymiz. Senga G‘arb tomondagi vrachlar yordam berib davolashlari mumkin! – deyishibdi.

Bemor kishi ularning bu gaplaridan g‘amga cho‘kib, Amerikaga davolanish ilinjida jo‘nabdi. U bilan birgalikda aka ukasi ham qo‘shilib ketishibdi. Katta shahar, ko‘chalarda mashinalar tirband bir shahriga kirib borishibdi. Manzili aniq bo‘lganligi sabab, xuddi shu kasalxonaga borishibdi. O‘sha bemor kishi qabulxonada vrachga hamma bo‘lgan gapni birma bir gapirib beribdi.
Mutaxassis vrach uni holatini apparat orqali tekshirdi. Bu tekshiruv natijasi qanchalik og‘ir bo‘lmasin, uni bemorning yaqinlariga aytishga majbur bo‘ldi.
– Bu kasallikni davolashni iloji yo‘q, faqat uni o‘limini kutishimiz mumkin xolos! – dedi ming bir kayg‘u bilan.
Bunday noxush xabardan tushkunlikka tushgan aka ukalar faqat kutishdan boshka iloji yo‘qligidan bemor ini bilan ko‘proq birga bulib hamsuxbat bo‘lishni xohlashardi. Zero bu kunlar g‘animat ekanini bilishardi. Shunda o‘sha tun bemor akasi bilan birga kelgan ukasi, Qur’onda yozilgan Allohni so‘zlarini esladi. Allohga sajda qildi.
Men kasal bo‘lsam, u meni davolaydi. Shu tarzda bemor iniga Qur’onni o‘qib bera boshladi. Butun tun o‘qidi va keyin uxlab qolishdi. Ertasi kuni tongda uyg‘ongach, bemor inining ahvoli ancha yaxshilanganini guvoxi bo‘ldi.
U esa ertasi kuni tunda ham xuddi shu holatni takrorladi. Qur’onni yana tuni bilan bemor iniga o‘qib berdi. Ining ahvoli oldingisidan ham yanayam yaxshi bo‘lganini ko‘rishdi.
Vrachlar takroran tekshirib bo‘lishgach, ajablangan holda uning ukasidan so‘rashdi:
– Bu bemor, biz birinchi marta tekshirgan bemormi?
– Ha albatta, o‘sha meni akam! – dedi ukasi.
– Biz bunda hech qanaqa kasallik alomatlarini sezmayapmiz! – dedi vrach.
Shunda o‘sha muslim dindoshimiz aytadiki:
– Vrachlar umidsiz bo‘lishganda, men akamni Qur’onni o‘qib berishim yordamida, Allohni marhamati bilan davoladim – deydi.
Hidoyat Allohdandir, doim Alloh o‘z panohida asrasin barchamizni!!!
Amin…

Manba: Hordiq.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Laylo Xusainova

    ;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :?: :!:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: