Bugungi kunda ko’p uchrayotgan kerakli statuslar

Bugungi kunda ko’p uchrayotgan kerakli statuslar
Telegramda o'qish

Bugungi kunda hayotimizda eng ko’p kerak bo’ladigan va uchrab turadigan voqealardan paydo bo’lgan eng muhim iboralardan namunalar.

Ba’zi odamlar bugun baxt bera oladigan insonni uchratsalar, kecha birga baxt ulashgan insonni unutmoqdalar…

Tarbiyasiz qizlarga o’ralashib qolgan yigitlarimiz yaxshi qizlar yo’q demoqdalar…

Ayrim ayollarimiz topib kelgan «RO’ZG’OR UCHUN OZUQA» qo’ng’iroqqa o’xshaydi.
Og’zingga yaqin olib borsang jiringlaydi…

Qarindoshlaringiz bilan yeb-iching ammo, savdo qilmang…

Dushmanlaringiz bilan mayli savdolashing…lekin aslo «BAZM» qilmang…

Farzandlaringiz qabringiz ustida yig’lay olishlari uchun, ularning ko’z yoshlarini bexudaga to’kavermang…

Odamlarning tashqi ko’rinishini baholashni to’xtating.
Asl go’zallik «QALBLARDA» bo’ladi…

Xatto eng qorong’u tun ham o’tadi va albatta quyosh ko’tariladi…

Eng birinchi bo’lishga emas, eng yaxshisi bo’lmoqqa intilib yashang…

Pul eng muhimi emas, puldan xam muhimroq narsalar bor.
Lekin hozirgi sharoitda ularga erishish uchun ham pul kerak.!

Aziz inson, o’qiyotgan mavzularingizni shunchaki qa’bul qilmang, ular «O’TIB BORAYOTGAN UMRLAR»ning qisqa satrlardagi ko’rinishidur…
Siz faqat yaxshi tarafga o’zgaring, siz buni uddalaysiz. Odamlar gapiraveradi deb shunchaki yashab o’tmang, o’zingizga tashqaridan nazar tashlang…

Deydilar:

….It xurar, o’tadi karvon.
Ranju balolardan yonmasin joning.
Lekin alam qilar, bir umr giryon…
Nomard orasida o’tsa karvoning.!

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: