Qisqa muddatli oʻquv kurslari nima uchun kerak?

Qisqa muddatli oʻquv kurslari nima uchun kerak

— Ikki yildan buyon santexnik vazifasida mijozlarga xizmat koʻrsatib kelmoqdaman, — deydi Marhamat tumanida istiqomat qiluvchi Bahromjon Xolmirzayev.

— Bu sohada oʻqimagan boʻlsam ham ustozlardan dars olganman. Biroq shunday holatlar yuzaga keldiki, bajargan ishimni takror bajarishimga toʻgʻri keldi. Boisi, men amalga oshirayotgan ishimning sababi va natijasini bilmasdim. Ustozlar nimani koʻrsatgan boʻlsa shuni tushunib-tushunmay bajarib kelganman. Qisqa muddatli oʻquv kursida tahsil olish davomida har bir amalning avval sababini oʻrganish, keyin uni bajarish kerakligini tushundim. Tengdoshlarimga biror kasb-hunarni oʻrganmoqchi boʻlishsa albatta, nazariy bilimga ham ega boʻlish kerakligini maslahat beraman.
Tumandagi qisqa muddatli 2-kasb-hunar maktabida Bahromjon tengi 98 nafar yigit-qizlar elektropayvandchi, elektromontyor, santexnik, oshpazlik va tikuvchilik sir-sinoatlarini oʻrganmoqdalar. Ularning 30 foizi 30 yoshdan ortganligini inobatga olsak, taʼlim olishning erta-kechi yoʻqligiga amin boʻlamiz.
Saminjon HUSANOV,

Manba: Xs.uz


— Два года обслуживаю клиентов сантехником, — рассказывает житель Мархаматского района Бахромджон Холмирзаев.

— Хоть я и не учился в этой сфере, но брал уроки у учителей. Однако были времена, когда мне приходилось делать то, что я делал, снова. Потому что я не знал причины и следствия того, что я делал. Я не понимал, что преподаватели мне показывали. Во время короткого курса я понял, что надо сначала узнать причину каждого действия, а потом уже делать. Я советую своим сверстникам, если они хотят освоить профессию, они также должны иметь теоретические знания.
В краткосрочном профессионально-техническом училище № 2 района 98 юношей и девушек, таких как Бахромжон, изучают секреты электросварки, электрика, сантехника, повара и швеи. Учитывая, что 30% из них старше 30 лет, можно быть уверенным, что раннего или позднего обучения нет.
Саминджон ХУСАНОВ,

Источник: Xs.uz.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: