Etik tozalovchi bola qanday qilib millionerga aylandi?

Etik tozalovchi bola qanday qilib millionerga aylandi

Yaya Ture 1983-yilda Kot-dʻIvuar davlatining Buake shahrida tugʻilgan. U oiladagi toʻqqiz farzandning ikkinchisi edi. Juda kambagʻal yashashardi. Ayrim manbalarda Yayaning bolalik paytida kuniga atigi bir mahal ovqat yegani yozilgan.

Ota-onasiga xiyla boʻlsa-da yordam bermoq niyatida akasi Kolo bilan poyabzal tozalovchilik qilishardi. “Millionlar oʻyini” bilan jiddiyroq shugʻullanish imkoniyati tugʻilgan zahoti akasi futbol maktabiga ketib qoldi. Yaya esa odamlarning oyoq kiyimini tozalashda davom etdi. Biroq mavridi kelib Yaya bu ish bilan qashshoqlikdan xalos boʻlish imkoni yoʻqligini anglab yetdi. Kambagʻallikdan qutilishning yagona yoʻlini futbolda koʻrdi.
Oʻzining dastlabki futbol jamoasiga kelib qoʻshilganida hamma unga ajablanib qarardi. Gap shundaki, haddan ziyod novcha bu bolaning oyogʻida butsisi yoʻq edi. Oʻziga savol nazari bilan qaraganlarga “Yalangoyoq yaxshiroq oʻynayman”, deb javob qaytarardi. Chindan ham butsisiz oʻynashiga qaramay u boshqa tengdoshlaridan ajralib turardi. 10 yoshga toʻlganda u ilk bor oyogʻiga butsi kiydi. Bu paytda akasi Kolo mahalliy yoshlar jamoasining yetakchi futbolchisiga aylanib ulgurgandi.
Mamlakatda taniqli ASEC Mimosas klubi yoshlar akademiyasiga qabul qilinguniga qadar uch yil davomida u toʻp bilan muomala qilish ustida ishladi. Bu akademiyada 4 yil oʻtkazgach, 17 yoshida oʻsmirlar jamoasiga qabul qilindi.
Yaya oʻz oilasining kambagʻalligini atrofdagi odamlar sababchi boʻlgan, deb hisoblar va aynan shu odamlar koʻmagida qashshoqlikdan xalos boʻlish mumkin, degan fikrda edi. Bu biryoqlama qarashdek tuyulsa – da, Yayaning haqligini koʻrsatuvchi jihat yoʻq emas. Axir, yaxshi futbolni tomosha qilish uchun odamlar yaxshi haq toʻlashadi. Bu esa badavlat boʻlishning bir yoʻlidir.
Qahramonimiz oʻz jamoasining mamlakat chempionatida gʻolib chiqishiga juda katta hissa qoʻshdi. Bu esa uni elga tanitdi. Bu orada mamlakat rahbarlari yosh futbolchilarni tarbiyalash, ularni Yevropa klublariga joʻnatish harakatiga tushdilar. Yayada shu tariqa oʻzining bir guruh tengdoshlari qatori Belgiya chempionatida kuchini sinab koʻrish, mahoratini oshirish imkoniyati tugʻildi. Shu asnoda Angliyaning “Arsenal” klubi koʻrigida ham boʻldi. Ammo ingliz klubining oʻsha paytdagi bosh murabbiyi Arsen Vengerga uning maydondagi harakatlari u qadar maʼqul tushmadi. Venger yon daftarchasiga u haqida “Toʻlaqonli oʻrtamiyona oʻyinchi” deb yozib qoʻydi. Shunga qaramay, “Arsenal” uni xarid qilmoqchi boʻldi. Ammo klub Yayaning ishlashi uchun tegishli ruxsatnoma ola bilmadi. Natijada qahramonimiz Ukrainaning “Metallurg Donesk” klubi safiga borib qoʻshildi. Bu yerda uning bolalikdagi doʻstlari ham toʻp surishayotgandi.
Oradan koʻp vaqt oʻtmay Yaya Yevropa klublari nazariga tushdi. Gretsiyaning «Olimpiakos» jamoasi safida u mashhur futbolchi Rivaldo bilan yonma-yon oʻynash baxtiga sazovor boʻldi. Kot-dʻIvuar terma jamoasi bilan 2006-yilgi jahon chempionatida ishtirok etdi. Shundan soʻng Yevropaning grand klublari unga qiziqish bildira boshlashdi. Fransiyaning “Monako” klubi Yaya Turening transferi uchun 5 million funt sterlingga yaqin pul toʻlab uni oʻz safiga qoʻshib oldi. Vaholonki, atigi 12 oy muqaddam «Olimpiakos» bu futbolchi uchun ukrain klubiga 2,5 million funt sterling toʻlagandi. Fransuz klubi murabbiyi Loran Banide Yaya haqida shunday degandi: “Yaya ajoyib texnikaga ega. Maydonda u oʻz gavdasidan oqilona foydalana biladi.Bu futbolchining qoʻlidan hamma ish keladi”.
Yayaning keyingi klubi “Barselona” boʻldi.Keyin esa Angliyaning «Manchester Siti“ klubi safiga borib qoʻshildi. Bu ikkala nomdor klubda ham u ajoyib oʻyinlar namoyish etdi. ”Yangi Patrik Viyeyra“ degan nomga sazovor boʻldi.Xususan, ”ManSiti»dagi oʻyinlari unga katta shon-shuhrat olib keldi. “Shaharliklar” safidagi dastlabki toʻrt mavsumda u ikki bor mamlakat chempioni boʻldi. Mamlakat Kubogi, Superkubogi va liga Kubogini qoʻlga kiritdi. Ture nafaqat hujumlarni tashkil etish, balki toʻpurarlik bobida ham benazir ekanini koʻrsatdi. Masalan, 2013 – 2014-yilgi chempionlik mavsumida 24 ta gol kiritgan holda jamoaning eng kuchli toʻpurariga aylandi. Serxio Aguero, Edin Jekodek mahoratli hujumchilardan ham oʻzib ketdi.
Jismoniy imkoniyatlari, maydonda juda katta hajmdagi ishni bajarishi, havodagi toʻp uchun kurashda yengilish nimaligini bilmasligi chindan ham Patrik Viyeyrani eslatardi. Mashgʻulotlarda qattiq ter toʻkardi. Jamoadoshlari uy-uylariga tarqalishgan kezda ham uning maydonda qolib, mashq qilayotganini koʻrish mumkin edi. “Amaliyot kishini takomillashtiradi” degan shiorga amal qilardi.
— Aynan Manuel Pellegrini «ManSiti»ni boshqarganida zimmamga katta masʼuliyat tushdi, — deya eslaydi Yaya. — U jamoaga kelgan zahoti menda yetakchilik qobiliyatini koʻrayotganini aytdi. Pellegrini «Vensan Kompani — kapitan. Lekin u maydonda yoʻq pallada sen sardor boʻlasan“, dedi. Men ”Bunga tayyor emasman“ dedim. Murabbiy esa ”Men jamoadagi futbolchilar bilan qanday gaplashayotganingni koʻrib turibman. Hatto tushlik qilayotganda ham sizlar futbol haqida gaplashasizlar», dedi. Shu tariqa men Kompani maydonga tushmagan paytlarda jamoa sardori vazifasini bajardim.
Ture islomga eʼtiqod qiladi. Buni Angliyadagi oʻyinlardan keyin futbolchilarning shampan ichimligi ichish odatiga amal qilmaganidan ham bilish mumkin.
Yana bir gap. Yaya Ture mamlakat Prezidenti darajasida hurmat-eʼtiborga sazovor boʻlgan. Kot-dʻIvuar terma jamoasining Afrika Millatlar kubogidagi gʻalabasidan keyin davlat rahbari bu zafarni nishonlash chogʻida uni oʻz kortejiga taklif qilgandi. Qahramonimizning Birlashgan Millatlar Tashkilotining brakonyerlikka qarshi kurash kampaniyasiga qoʻshilib, elchi maqomida faoliyat yuritgani ham eʼtiborga molik.
Aytmoqchi, tirikchilik vajidan bolaligida poyabzal tozalash bilan shugʻullanishga majbur boʻlgan Yaya Turening nomi ayni paytda Afrikaning eng badavlat oʻn futbolchisi roʻyxatida turibdi. Uning futboldan ishlab topgan boyligini 70 million AQSH dollari miqdorida deb baholashmoqda. Bu pulning asosiy qismini «Manchester Siti» bilan tuzgan 8 yillik shartnomasi sharofati bilan ishlab topgan. Bu yerda Yaya haftasiga 230 ming dollarga yaqin maosh olardi.
Yaya Ture 2011, 2012, 2013 va 2014-yillarda Afrikaning eng kuchli oʻyinchisi deb topilgan. Gretsiya, Ispaniya, Angliya chempioni sanaladi. U ingliz, rus, fransuz va ispan tillarida erkin gaplasha oladi. Ayni paytda qahramonimiz oʻz kuchini murabbiylik sohasida sinab koʻrish niyatida.
Istam IBROHIMOV tayyorladi

Manba: Xs.uz


Яя Туре родился в 1983 году в Буаке, Кте-д’Ивуар. Он был вторым из девяти детей в семье. Жили очень бедно. По некоторым данным, в детстве Яя ел только один раз в день.

Он и его брат Коло чистили обувь, чтобы хоть немного помочь своим родителям. Как только у него появилась возможность более серьезно играть в «Игру в миллионы», его брат ушел в футбольную школу. Яя продолжала чистить людям обувь. Однако со временем Яя понял, что бедности избежать невозможно. Он видел в футболе единственный выход из бедности.
Когда он присоединился к своей первой футбольной команде, все были удивлены. Дело в том, что на ногах мальчика не было сапог. Тем, кто смотрел на него вопросительно, он говорил: «Я лучше играю босиком». Несмотря на то, что он играл без бутс, он выделялся среди сверстников. В 10 лет он впервые надел сапоги. К этому времени его брат Коло уже стал ведущим игроком местной молодежной команды.
В течение трех лет он работал над обращением с мячом, прежде чем был принят в известную в стране молодежную академию ASEC Mimosas. После четырех лет в академии он присоединился к молодежной команде в возрасте 17 лет.
Яя считал, что бедность его семьи была вызвана окружающими его людьми, и что именно с помощью этих людей можно было избавиться от бедности. Хотя это может показаться односторонним, нет никаких доказательств того, что Яя прав. Ведь люди платят хорошие деньги за то, чтобы посмотреть хороший футбол. Это один из способов стать богатым.
Наш герой внес большой вклад в победу своей команды в чемпионате страны. Это познакомило его с ветром. Тем временем руководство страны начало тренировать молодых игроков и отправлять их в европейские клубы. Таким образом, Яя, как и группа его сверстников, получил возможность проверить свои силы и улучшить свое мастерство в чемпионате Бельгии. В то же время он посетил английский клуб «Арсенал». Однако Арсену Венгеру, тогдашнему главному тренеру английского клуба, не понравилось его выступление на поле. Венгр написал в блокноте, что он «полноценный полузащитник». Однако «Арсенал» хотел его купить. Но клуб не смог получить должного разрешения на работу Яи. В итоге наш герой перешел в украинский клуб «Металлург Донецк». Здесь же играли его друзья детства.
Вскоре Яя привлек внимание европейских клубов. В греческой команде «Олимпиакос» ему посчастливилось играть вместе со знаменитым игроком Ривалдо. Он играл за Кот-д’Ивуар на чемпионате мира 2006 года.После этого к нему стали проявлять интерес европейские гранд-клубы. Французский клуб «Монако» подписал Яю Туре примерно за 5 миллионов фунтов стерлингов. Однако всего 12 месяцев назад «Олимпиакос» заплатил украинскому клубу за игрока 2,5 миллиона фунтов стерлингов. Тренер французского клуба Лоран Банид сказал о Яе: «У Яи отличная техника. Он может мудро использовать свое тело на поле, он может все».
Следующим клубом Яи была «Барселона», затем он присоединился к английскому клубу «Манчестер Сити», где блестяще сыграл за оба клуба, заработав прозвище «Новый Патрик Виейра». В свои первые четыре сезона в «Сити» он был двукратным чемпионом страны. Выиграл Кубок страны, Суперкубок и Кубок Лиги. Туре показал, что он уникален не только в атаке, но и в результативности. Например, он стал лучшим бомбардиром команды в сезоне чемпионата 2013-2014 годов, забив 24 мяча. Серхио Агуэро превзошел Эдина Джеко как искусного нападающего.
Его физические способности, его способность много работать на поле и отсутствие у него знаний о том, как отбивать мяч в воздухе, напоминали Патрика Виейру. Он обильно потел во время тренировки. Даже когда его товарищи по команде ходили от дома к дому, его можно было увидеть остающимся на поле и тренирующимся. Девизом было: «Практика делает человека лучше».
«Это Мануэль Пеллегрини взял на себя большую ответственность, когда руководил «Манчестер Сити», — сказал Яя. — Как только он пришел в команду, то сказал, что видит во мне способность к лидерству. Пеллегрини сказал: «Винсент Компани — капитан. Но когда его не будет на поле, капитаном будешь ты. Я сказал: «Я не готов к этому». Таким образом, я служил капитаном команды, когда Компании не было на поле.
Туре верит в ислам. Это видно по тому, что футболисты не придерживались привычки пить шампанское после игр в Англии.
Еще кое-что. Яя Туре почитался как президент страны. После победы C. Kte d’Ivoire на Кубке африканских наций глава государства пригласил его в свой кортеж, чтобы отпраздновать победу. Примечательно, что наш герой присоединился к антибраконьерской кампании ООН и служил послом.
Кстати, Яя Туре, которого в детстве заставляли чистить обувь, сейчас входит в список десяти самых богатых игроков Африки.Его футбольное состояние оценивается в 70 миллионов долларов. Он заработал большую часть денег благодаря своему восьмилетнему контракту с «Манчестер Сити». Здесь Яя зарабатывала около 230 000 долларов в неделю.
Яя Туре признавался сильнейшим игроком Африки в 2011, 2012, 2013 и 2014 годах. Греция, Испания, Англия – чемпионы. Свободно владеет английским, русским, французским и испанским языками. На данный момент наш герой намерен попробовать свои силы в тренерской деятельности.
Подготовил Истам Ибрахимов

Источник: Xs.uz.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: