Qisqa, ma’noli va ajoyib ta’sirli hikoyalar

Qisqa, ma’noli va ajoyib ta’sirli hikoyalar
Telegramda o'qish

E’tiboringizga qisqa va ta’sirli hikoyalarni havola etamiz.

1. «Eslash…»

— Bitta savol bersam maylimi?
— Mayli.
— Ayrilgan vaqtlarimizda meni eslab turdizmi?
— Unchalikmas, eslamadim…
— Rostdan eslamadizmi?
— Rostdan eslamadim.
— Bir marta hammi?
— Bir marta ham
— Hm… sad
— Nega qovog‘ingni solasan, axir eslash uchun avval esdan chiqarish kerak. Seni esdan chiqarib bo‘larkanmi, jinnivoy. Boshqa bu savolni berma…
––––––––––––––––––––––––––––

2. «Javob…»

— Katta bo‘lgach kim bölishni xohlaysan?
— Baxtli bo‘lishni xohlayman!
— Yo‘q, sen savolni tushunmading…
— Yo‘q, siz javobni tushunmadiz!
––––––––––––––––––––––––––––

3. «O‘zgarish…»

— Allo!
— …
— Allo!
— … Salom, azizam…
— …
— Qalaysan? Sog‘lig‘ing yaxshimi? Seni juda sog‘indim.
-Unda nega qo‘ng‘iroq qilmadiz? Men sizni kutdim…
— Meni kechir. Men
baxtimdan qochdim.
Mas’uliyatsizligimdan ko‘p qiynaldim. Yodingdami, biz kezgan xiyobonlar? Birga qo‘l ushlashib yurgan damlarimiz? Seni doim katta hovuz oldida kutardim. Kelganingda, hovuzga termulib, niyatlar qilardik…
— … cry
— Yig‘lama, azizam. Kel boshidan boshlaymiz barchasini. Yoki mendan ko‘ngling qoldimi?
— Yo‘o‘o‘q. . .
— Mendan xafamisan, ketganim uchun?
— Yo‘o‘o‘q. . .
— Meni endi sevmay
qo‘ydingmi?
— Yo‘q unday emas.
— Unda kel, o‘z baxtli hayotimizni quramiz. Endi seni hech qachon tashlab ketmayman.
-Iltimooos. . .
— Doim yoningda bo‘laman, Hayotim…
— Meni eshiting!
— Senga faqat baxtli
onlarni taqdim etaman. Iltimos, faqat yo‘q dema. . . !
— Ilojim yo‘q meni.
— Nega?
— Endi kech!
— Nima uchun?
— Hammasi o‘zgardi…
— Nima? Yarim yilda nima o‘zgardi?
— Men turmushga chiqdim…
— …
––––––––––––––––––––––––––––

4. «Qo‘ng‘iroq…»

— Allo…
— Allo… Bu menman…
— Ha oyi, tinchlikmi?
— Tinchlik, o‘zing yaxshimisan?
— Oyi, shuni so‘rash uchun telefon qilyapsizmi, soat necha bo‘lganini bilasizmi?
— Bilaman bolam, 3 bo‘ldi…
— Bilsangiz, yarim kechasi telefon qilib, bezovta qilishingiz shartmidi? Ertalab gaplashsak ham bo‘lardiku!
(Ona ko‘zi yoshga to‘lib javob berdi:)
— Bundan roppa-rosa 30 yil oldin shu soatda sen ham meni bezovta qilganding. Tug‘ilgan kuning bilan
bolajonim…
––––––––––––––––––––––––––––

5. «O‘xshashlik…»

— Yaxshi qiz, bilasizmi, bolalarimning onasiga juda ham o‘xsharkansiz?
— Yo‘g‘e?
— Ha…
— Nechta farzandingiz bor o‘zi?
— Hozircha, bitta ham emas…

Manba: Zamin.uz

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: