Qancha o‘qituvchi yuqori maosh olyapti?

Qancha o‘qituvchi yuqori maosh olyapti?

Ba’zida pedagoglar qancha oylik olyapti degan savol o‘rtaga tashlanganda rasmiylarimiz fidoyi, o‘z ustida ishlaydigan o‘qituvchilar 1000, hatto 2000 dollar maosh olishi mumkinligi haqida aytishadi.

Lekin savol beruvchilar bu masalada o‘qituvchilar qancha maosh olyapti deb emas, aynan o‘qituvchilarning necha foizi yuqori maosh olyapti va bu ko‘rsatgichga yetish uchun chegara mavjud emasmi degan savolni o‘rtaga tashlashsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Ma’lumotlarga ko‘ra hozirgi kunda umumiy o‘qituvchilar kontingentining atigi 5 foizi rasmiylar nazarda tutayotgan, nisbatan yuqoriroq maoshni olyapti. Umumiy hisobda 95 foiz o‘qituvchilarning oylik maoshi hali ham kamligicha qolmoqda.

Xalq ta’limi info Kanalida o‘tkazilgan so‘rovnomada ham 49 ming 600 nafar o‘qituvchi ishtirok etib, unda qatnashgan pedagoglarning 72% (35 ming 946 nafari) 1 mln.dan — 3 mln so‘mgacha, 19% (9 ming 202 nafari) 4-5 mln, 4% (2 ming 187 nafari) 6-7 mln, 5% (2 ming 335 nafari) esa 8-10 mln so‘mgacha maosh olayotganini bildirgan. Bu so‘rovnomada ham yuqori maosh olayotganlar qatlami dengizdan tomchini tashkil qilgan.

Hech bo‘lmaganda, 50-60 foiz o‘qituvchilar yuqori maosh olganda edi bemalol O‘zbekistonda o‘qituvchilar yuqori maosh olyapti deb aytsak bo‘laverardi. Rasmiylar o‘qituvchilar uchun joriy qilingan qo‘shimcha ustama va sertifikatlar mavjudligini asos qilib, oylik maosh kamligida go‘yoki o‘qituvchilarning o‘zi aybdor ekanligini isbotlashga urinib kelishadi.

To‘g‘ri, shuni ham tan olib aytish kerakki, o‘z ustida ishlamaydigan pedagoglar ham topiladi. Lekin bu toifadagi o‘qituvchilardan hukumat voz kecholmaydi ham. Sababi ular ko‘nib ishlayotgan bu maoshga boshqa malakali kadrlar hech qachon maktabga kelmaydi.

Malakali pedagoglar uchun joriy qilingan qo‘shimcha imkoniyatlar uchun esa ma’lum bir cheklovlar mavjud. Ya’ni, ta’limda 100 foiz malakali o‘qituvchilar ishlagan taqdirda ham ularning barchasi bu imtiyozlardan foydalana olmaydi.

Sababi, direktor jamg‘armasidan ustama belgilanadigan pedagog xodimlar soni maktabda faoliyat ko‘rsatayotgan jami pedagog xodimlar umumiy sonining 50 foizidan oshib ketishi mumkin emas. Ya’ni, bir maktabda barcha o‘qituvchi zo‘r natija qayd etib qo‘ysa ham ularning faqat 50 foiziga ustama berish mumkin.

Vazir jamg‘armasi ustamasi ham hammaga berilavermaydi. Ya’ni, vazirlik har yili respublika bo‘yicha vazir ustamasi olishi mumkin bo‘lgan xodimlarning cheklangan sonini belgilab beradi. Bu yilgi kvota 2000 nafar etib belgilangan. Lekin ularning 1697 nafariga ustamaga belgilangan.

O‘qituvchilarga qo‘shimcha ustama to‘lash uchun asos bo‘ladigan milliy va xalqaro sertifikatlar ham 100 foiz barcha fanlar uchun joriy qilinmagan. Yuqoridagi normalar shuni ko‘rsatadiki, rasmiylar orzu qilganidek, o‘qituvchilarning barchasi sifatli kadr bo‘lgani bilan imkoniyatlar chegaralab qo‘yilgan.

Ya’ni, o‘qituvchilar zo‘r berib harakat qilganda ham cheklangan kvotalar sababli, ularning hammasi ham maoshini oshira olmaydi. Shu sababli pedagoglar maoshi haqida gap ketganda tanganing ikkinchi tomonini ham hisobga olib, keyin munosabat bildirish maqsadga muvofiq.

Mavzuga doir:
Bugungi kunda o‘qituvchilar oyligi qancha? 2023-yil

Qaysi soha vakillari eng ko‘p maosh olyapti?

o‘qituvchilar 1000 dollar oylik oladimi? yoxud yaqin kelajakda bizni nimalar kutyapti?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: