Ming dollar maosh oladigan o‘qituvchi haqida

Ming dollar maosh oladigan o‘qituvchi haqida

2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida malakali oʻqituvchilarning oylik maoshlarini bosqichma-bosqich ming AQSH dollari ekvivalentiga yetkazish, maktablarda taʼlim sifatini oshirish, pedagog-kadrlarning bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish vazifalari belgilab qoʻyilgan.

Shahrisabz tumanining Xazara qishlogʻida joylashgan 39-maktab ingliz tili oʻqituvchisi Gulruh Xolmurodova hozirdanoq ming AQSH dollari miqdorida maosh olib, Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilab qoʻyilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun bugungi kunda shart-sharoit va imkoniyatlar mavjudligini amalda namoyon etmoqda.
— Xazar qishlogʻi Shahrisabz shahridan chamasi 27 kilometr uzoqlikda joylashgan, — deydi G. Xolmurodova. — Ish qidirib yurganimda shu qishloqdagi 39-maktab direktori Mavluda opa Murodillayeva meni ishga taklif qilib qoldi. Dastlab ikkilandim, keyin oʻylab koʻrib, rozi boʻldim. Oʻshanda 2-toifali oʻqituvchi edim. Bir yilda 1-toifa, yana bir yildan soʻng oliy toifali oʻqituvchi darajasiga koʻtarildim. Ham oliy toifali oʻqituvchi, ham shahardan qishloqqa qatnab ishlaganim uchun imtiyozlar berildi.
Gulruh Xolmurodova tabiatan tirishqoq, boshlagan ishini oxiriga yetkazmasdan qoʻymaydigan ayol. Oʻz ustida tinimsiz izlanadi. Uning hayotdagi shiori “Boshlash uchun buyuk boʻlish shart emas, buyuk boʻlish uchun boshlash kerak”.Oʻziyam shioriga mos ish qiladi. Xalq taʼlimi vazirligi va Amerika Qoʻshma Shtatlarining Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan ishlab chiqilgan “Tesol” xalqaro darajadagi sertifikatini qoʻlga kiritib, 50 foizli ustamaga sazovor boʻldi. U bu muvaffaqiyat bilan cheklanib qolmasdan til bilish koʻnikmasining C-1 darajadagi milliy sertifikati talablarini bajarib, maoshiga yana 50 foizli ustama qoʻshildi.
— Bunday hisoblab koʻrsam, oladigan maoshim ming AQSH dollaridan oshibdi, — deydi G. Xolmurodova. — Shunda xayolimga bundan 5 yil oldin Shahrisabz shahridan Xazara qishlogʻiga qiynalib qatnaganim, yoʻl azoblari keldi. Oʻshanda bu qiyinchiliklar ham oʻtib ketar, qanchalik mashaqqat cheksam, uning bir kun rohatini ham koʻraman, deb ishonardim.
— Eshitishimga qaraganda, koʻplab hamkasblaringizga xalqaro sertifikat va oliy toifa olish haqida “master klass” oʻtayotgan ekansiz, toʻgʻrimi? — deya soʻraymiz undan.
— Ha, maktablardagi ingliz tili oʻqituvchilari kelib mendan iltimos qilishdi, yoʻq deya olmadim, — deydi muallima. — Hozirgi kunda 27 nafar ingliz tili oʻqituvchisiga xalqaro sertifikat koʻnikmalari, ingliz tilining leksik va grammatik kompetensiyalari boʻyicha saboq beryapman. Niyatim men kabi ming AQSH dollari miqdorida maosh oladigan hamkasblarim safi kengaysin.
— Shogirdlaringiz haqida gapiring, sizday mahoratli ustoz qoʻlida tahsil olayotgan yigit-qizlarning til oʻrganishga ishtiyoqi qanday?
— Rostini aytsam, men shogirdlarim bilan faxrlanaman, ular hozirgi kunda Samarqanddagi va Toshkentdagi universitetlarga kirib oʻqishmoqda. Xorijiy mamlakatlardagi nufuzli universitetlarda oʻqish menga armon boʻlib qolgan. Shu armonimni shogirdlarim timsolida amalga oshirmoqchiman. Ularni xalqaro sertifikatlar olishi, ingliz tilini mukammal oʻrganishi uchun harakat qilyapman.
Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.


Стратегия развития Нового Узбекистана на 2022-2026 годы и Государственная программа по ее реализации в Год человеческого достоинства и активного соседства позволят поэтапно увеличить ежемесячную заработную плату квалифицированных учителей до эквивалента одной тысячи долларов США, повысить качество школьного образования. , подготовка учителей и Задача – вывести навыки на международный уровень.

Гулрух Холмуродова, учитель английского языка в школе № 39 села Хазаразз Шахрисабзского района, уже получает зарплату в 1000 долларов и демонстрирует наличие условий и возможностей для достижения целей, изложенных в Новой стратегии развития Узбекистана. .
— Село Хазар находится примерно в 27 километрах от города Шахрисабз, — рассказывает Г. Холмуродова. — Когда я искал работу, директор школы №39 этого села Мавлюда опа Муродиллаева предложила мне работу. Сначала я колебался, потом подумал и согласился. В то время я был учителем 2-й категории. Через год меня повысили до 1-й категории, а еще через год до высшей категории. И как высококлассному учителю, и как коммивояжеру из города в деревню, мне были предоставлены привилегии.
Гулрух Холмуродова по натуре трудолюбивая женщина, которая никогда не перестает работать. Он постоянно ищет себя. Его жизненный девиз: «Чтобы начать, не обязательно быть великим, нужно начать, чтобы стать великим». Международный сертификат Tesol, разработанный Министерством народного образования и Посольством Соединенных Штатов Америки в Узбекистане, получил оценку 50%. Он не только добился успеха, но и выполнил требования национального сертификата о владении языком С-1 и получил 50-процентную прибавку к зарплате.
— По этому расчету моя зарплата составляет более тысячи долларов США, — говорит Г. Холмуродова. — Тогда я подумал о тяготах путешествия из Шахрисабза в село Хазара 5 лет назад. Потом эти трудности проходили, и я верил, что чем усерднее буду работать, тем больше удовольствия получу в один прекрасный день.
— Я слышал, что вы проводите «мастер-класс» для многих своих коллег по получению международного сертификата и более высокой категории, да? Мы спрашиваем его.
«Да, учителя английского в школах приходили и спрашивали меня, но я не могла отказать», — сказала она. — В настоящее время я обучаю 27 учителей английского языка международным сертификационным навыкам, лексическим и грамматическим компетенциям английского языка. Я намерен расширить ряды своих коллег, которые, как и я, зарабатывают по тысяче долларов.
— Расскажите о своих учениках, каково желание юношей и девушек, которые учатся у такого опытного преподавателя, как вы, выучить язык?
— Если честно, я горжусь своими учениками,в настоящее время они учатся в университетах Самарканда и Ташкента. Я всегда мечтал учиться в престижных университетах за границей. Я хочу воплотить эту мечту в лице своих учеников. Я стараюсь получить от них международные сертификаты и идеальный английский.
Фахриддин Бозоров, «Народное слово».

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: