O‘zbekistonda eng ko‘p va eng kam maosh kimlarda?

O‘zbekistonda eng ko‘p va eng kam maosh kimlarda?

Statistika qo‘mitasi 2021 yilning 6 oyi bo‘yicha o‘zbekistonliklarning o‘rtacha oylik maoshiga oid statistikani e’lon qildi.
Bunda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchi, qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik sub’ektlaridan tashqari xodimlarning o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqlari har bir iqtisodiy faoliyat turlarida farqlanadi.
O‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi tarkibiga qo‘shimcha to‘lovlar, mukofot pullari, rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, kompensasiya va ishlamagan vaqti uchun to‘lovlar, shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va kasaba uyushmasiga ajratmalar kiradi.

Eng ko‘p va eng kam maosh kimlarda?

Statqo‘m tahlillari o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori darajasi moliyaviy va sug‘urta iqtisodiy faoliyatida 7 mln 111 ming so‘m yoki respublika ko‘rsatkichidan 2,4 barobar yuqori ekanligini ko‘rsatdi.
Eng kam maosh esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyatida 2 mln 49 ming so‘m yoki respublika o‘rtacha oylik ish haqidan 69 foizga kam ekanligi kuzatildi.
Sohalar bo‘yicha (qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik sub’ektlaridan tashqari) 2021 yilning yanvar-iyun oylarida ish haqlarining o‘sishi:

1. Moliyaviy va sug‘urta faoliyati — 7 mln 111 ming so‘m. 29,6 foiz o‘sish;

2. Axborot va aloqa sohasi — 5 mln 138,4 ming so‘m. 21,3 foiz o‘sish;

3. Sanoat sohasi — 3 mln 734,6 ming so‘m. 2020 yilning mos davriga nisbatan 7,9 foiz o‘sish;

4. Tashish va saqlash sohasi – 3 mln 712,6 ming so‘m. 10,3 foiz o‘sish;

5. Qurilish sohasi — 3 mln 690,7 ming so‘m, 22,1 foiz o‘sish;

6. Savdo sohasi — 2 mln 977,3 ming so‘m. 21,7 foiz o‘sish;

7. Ta’lim sohasi- 2 mln 250 ming so‘m. 14,4 foiz o‘sish;

8. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi – 2 mln 49 ming so‘m. 15,1 foiz o‘sish.

O‘zbekistonda eng ko‘p va eng kam maosh kimlarda?
Hududlar kesimida o‘rtacha ish haqi statistikasi qanday?
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha moliyaviy va sug‘urta faoliyatida o‘rtacha ish haqi ko‘rsatkichi respublikaning barcha hududlarida yuqori ekanligi kuzatildi. Ko‘pgina hududlarda oylik ish haqining pastroq darajasi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyatida kuzatildi
Shuningdek, raqamlar o‘rtacha ish haqining eng yuqori o‘sish sur’ati Toshkent shahriga (24,5 foiz), eng past o‘sish esa Andijon viloyatiga (8 foiz) to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi.
O‘zbekistonda eng ko‘p va eng kam maosh kimlarda?
Sanoat va qurilish sohalarida eng yuqori maosh Navoiy viloyatiga, qolgan barcha sohalardagi yuqori maosh Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi.


Комитет по статистике опубликовал статистику среднемесячной заработной платы узбекистанцев за 6 месяцев 2021 года.
При этом среднемесячная номинальная заработная плата работников предприятий и организаций со статусом юридического лица, за исключением сельскохозяйственных и малых предприятий, различается по каждому виду экономической деятельности.
Среднемесячная номинальная заработная плата включает доплаты, премии, поощрения, компенсации и отгулы, а также подоходный налог с населения и профсоюзные отчисления.

У кого самая высокая и самая низкая зарплата?

Анализ Госкомстата показал, что наибольшая среднемесячная заработная плата в финансово-страховой экономической деятельности составляет 7 млн ​​111 тыс. сум, или в 2,4 раза выше, чем в среднем по стране.
Минимальная заработная плата в сфере здравоохранения и социального обслуживания составляет 2 миллиона 49 тысяч сумов, что на 69% меньше, чем в среднем по стране.
По отраслям (без учета сельского хозяйства и малого бизнеса) рост заработной платы в январе-июне 2021 года:

1. Финансово-страховая деятельность – 7 млн ​​111 тыс. сум. увеличение на 29,6 процента;

2. Информация и связь – 5 млн 138,4 тыс. сум. увеличение на 21,3 процента;

3. Промышленность – 3 млн 734,6 тыс.сум. рост на 7,9% по сравнению с соответствующим периодом 2020 года;

4. Транспорт и хранение – 3 млн 712,6 тыс.сум. увеличение на 10,3 процента;

5. Строительство – 3 млн 690,7 тыс.сум, рост 22,1%;

6. Торговля – 2 млн 977,3 тыс. сум. увеличение на 21,7 процента;

7. Образование – 2 млн 250 тыс.сум. увеличение на 14,4%;

8. Здравоохранение и социальные услуги – 2 млн 49 тыс.сум. на 15,1 процента больше.

Какова статистика средней заработной платы по регионам?
С точки зрения экономической деятельности средняя заработная плата в финансовой и страховой деятельности высока во всех регионах страны. Во многих областях более низкая заработная плата наблюдается в сфере здравоохранения и социальных услуг.
Цифры также показывают, что самый высокий средний темп роста заработной платы наблюдается в Ташкенте (24,5%), а самый низкий – в Андижанской области (8%).

Самая высокая заработная плата в промышленности и строительстве – в Навоийской области, а во всех остальных отраслях – в Ташкенте.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: