Toshkentdagi 238-maktabning 9-11 sinf qizlari va ginekolog o‘rtasidagi «uyatsiz suhbat» yuzasidan ma’lumot berildi

Toshkentdagi 238-maktabning 9-11 sinf qizlari va ginekolog o‘rtasidagi uyatsiz suhbat yuzasidan ma’lumot berildi

XTV axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 238-maktabning 9-11-sinf o‘quvchi qizlari bilan bolalar ginekologi tomonidan o‘tkazilgan suhbat yuzasidan ma’lumot berdi.

Xabar berilishicha, mamlakatimizda erta tug‘ruqlarni oldini olish, yoshlarning reproduktiv salomatligini asrash, jinsiy zo‘ravonliklarni profilaktika qilish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Uchtepa tuman tibbiyot birlashmasi bolalar ginekologi tomonidan 238-maktabning yuqori 9, 10, 11-sinf o‘quvchi qizlari ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbati ham shu maqsadda tashkil etilgan.
Davra suhbati Oliy Majlis Senati qarorlari hamda Sog‘liqni saqlash vazirining buyruqlari asosida tashkil qilinmoqda.
Bu kabi o‘smirlik fiziologiyasi, reproduktiv salomatlikka oid suxbatlarni barcha umumta’lim muassasalarining yuqori sinf o‘quvchilari bilan rejaga muvofiq o‘tkazish belgilangan.
Suhbatlar davomida o‘quvchi qizlarga bolalar ginekologi tomonidan qizlarning 16-18 yoshlarda ona bo‘lishi salbiy oqibatlarga olib kelishi, ko‘p hollarda bunday yoshdagi qizlarning sog‘lom farzandni dunyoga keltirishida turli muammolar kelib chiqishi to‘g‘risida tushuntirishlar berib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda  Toshkent shahridagi 238-maktabning 9-11-sinf o‘quvchi qizlari bilan ginekolog o‘rtasida juda uyatsiz suhbat o‘tkazilgani haqida videomurojaat tarqalgandi.


Новостная служба HTV сообщила в социальных сетях об интервью, проведенном детским гинекологом с девочками 9-11 классов школы № 238 города Ташкента.

Сообщается, что в стране проводится большая работа по предотвращению преждевременных родов, защите репродуктивного здоровья молодежи и предупреждению сексуального насилия.
С этой целью также был организован круглый стол, организованный детским гинекологом Учтепинского районного медицинского объединения с участием учащихся 9, 10 и 11 классов 238-й школы.
Круглый стол организован на основании постановлений Сената Олий Мажлиса и приказов Министра здравоохранения.
Планируется проведение таких бесед по физиологии подросткового возраста и репродуктивного здоровья со старшеклассниками всех общеобразовательных школ.
В ходе беседы детский гинеколог разъясняет студенткам, что материнство девочек в возрасте 16-18 лет имеет негативные последствия, и во многих случаях у девочек этого возраста возникают различные проблемы в рождении здорового ребенка.
Ранее в соцсетях было размещено видео крайне непристойного разговора ученицы 9-11 классов школы № 238 города Ташкента с врачом-гинекологом.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: