Pedagog xodimlar uchun xushxabar, yangi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Pedagog xodimlar uchun xushxabar, yangi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Bugun, Adliya vazirligi tomonidan «Pedagog xodimlarning maqomi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Mazkur qaror loyihasida davlat ta’lim tashkiloti pedagog xodimining bazaviy lavozim maoshi bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan (2 million 230 ming so‘mdan) kam bo‘lishi mumkin emasligi, pedagog xodimning bazaviy lavozim maoshi ta’lim sohasi bo‘yicha mutaxassisligi, malaka toifasi hamda ilmiy darajasi, davlat mukofotlari va unvonlari inobatga olingan holda hisoblananishi nazarda tutilgan.

Agar bu qaror tasdiqlansa:

✅Chet tili va fanlarni bilish bo‘yicha imtiyoz beriladigan darajadagi  milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan tegishli chet tili va fan bo‘yicha ta’lim beruvchi pedagog xodimlarga, sertifikatning amal qilish muddati davomida bazaviy lavozim maoshining 50 foizi miqdorida har oylik ustamalar to‘lanadi.

❗️Malaka toifasi (lavozim)ga ega pedagog xodimlarga quyidagi miqdorlarda har oylik ustama to‘lanadi:

✅ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) uchun – bazaviy lavozim maoshining kamida 20 foizi;

✅birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) uchun – bazaviy lavozim maoshining kamida 30 foizi;

✅oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) uchun – bazaviy lavozim maoshining kamida 50 foizi.

❗️Mazkur qaror bilan rahbar xodimlarga ham qo‘shimcha ustamalar belgilanadi:

✅Maktab direktorlariga – bazaviy lavozim maoshining 30 foizi miqdorida;

✅Direktor o‘rinbosarlariga – bazaviy lavozim maoshining 20 foizi miqdorida xar oylik ustamalar to‘lanadi.

Shuningdek o‘qituvchilarga:

✅ellik olti ish kunidan iborat yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan ta’til;

✅bayram (ishlanmaydigan) kunlari munosabati bilan bir bazaviy lavozim maoshi miqdorida mukofotlar;

✅uzaytirilgan ta’til berilganida, kalendar yilda bir marta bazaviy lavozim maoshi miqdorida sog‘lig‘ini tiklash uchun moddiy yordam ham berib borilishi nazarda tutilgan.

❗️Ko‘p yillarlan buyon mehnat qilib kelayotgan o‘qituvchilarga ularning ish stajiga mutanosib ravishda quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:

✅5 yildan 10 yilgacha – bazaviy lavozim maoshining 15 foizi;

✅10 yildan 20 yilgacha – bazaviy lavozim maoshining 30 foizi;

✅20 yil va undan ortig‘iga – bazaviy lavozim maoshining 40 foizi.

Qaror loyihasi bilan to‘liq tanishib chiqib, o‘qituvchilarga berilayotgan boshqa imtiyozlarni ham bilib olishingiz mumkin.

O‘qituvchilar quyidagi havolada keltirilgan ro‘yxatdan orqali loyiha muhokamasida ishtirok etishlari mumkin.


Сегодня Минюст вынес законопроект «О статусе педагогов» на общественное обсуждение.

Проектом постановления предусмотрено, что базовый оклад педагога государственного образовательного учреждения не может быть менее десятикратного размера базового расчета (2 миллиона 230 тысяч сумов), базового оклада педагога в области образования, квалификации и академической ученых степеней, государственных наград и званий.

Если это решение будет подтверждено:

✅Преподаватели, преподающие соответствующий иностранный язык и науку с национальным или международным сертификатом на льготном уровне знания иностранного языка и науки, ежемесячные надбавки в размере 50% от должностного оклада на период действия сертификата. Ланади.

❗️Педагогам с квалификационной категорией (должностью) ежемесячно выплачивается премия в следующих размерах:

✅для второй квалификационной категории (старший преподаватель) — не менее 20% от должностного оклада;

✅для первой квалификационной категории (должность ведущего преподавателя) — не менее 30% от должностного оклада;

✅для высшей квалификационной категории (преподавательская должность) — не менее 50% от должностного оклада.

❗️Это решение также устанавливает дополнительные бонусы для руководителей:

✅Директора школ — в размере 30% от должностного оклада;

✅Заместителям директора выплачивается ежемесячная премия в размере 20% от базового оклада.

Также для учителей:

✅Ежегодный оплачиваемый отпуск продолжительностью пятьдесят шесть рабочих дней;

✅премирование в размере одного базового оклада по случаю праздников (нерабочих дней);

✅В случае продления отпуска один раз в календарный год в размере основного оклада будет оказана материальная помощь на восстановление здоровья.

❗️Учителям, проработавшим много лет, выплачиваются следующие суммы пропорционально стажу работы:

✅от 5 до 10 лет — 15% от базового оклада;

✅от 10 до 20 лет — 30% от базового оклада;

✅20 лет и более — 40% от базового оклада.

Подробнее о проекте постановления и других льготах для учителей можно прочитать здесь.

Учителя могут участвовать в обсуждении проекта, используя список ниже.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 9
  1. Lola

    Bu loyha tasdiqlanishiga yuz foiz ishonamiz

    1. Komil Choriyev

      Yana qogʻozda qolib ketmasa yaxshi boʻlardi..

  2. Машхура

    Пенсия 50 ёшдан булиши керак, чунки асаблар тугайди

  3. Zarifa

    Menga oxshagan oqituvchilarni xam inobatga olishlarini sorayman.Opta sarsonman.23 yildan buyon bir joyda ishlayman.7 yillik ijodiyot uyidan stajim bor bundan tashqari.Opta-maxsusman.Endi buyogini aytsam doston bolib ketadi.Oyoq osti bolishlar, kamsitishlar, xorlanishlar.Xullas sizlardan iltimosim 50 yoshdan pensiya qilinlar.Xaqiqiy chin dildan mexnat qilinsa asablar tugaydi, agar bolar ketarga ishlab kun otish bolsa, yoki sohasi oson darslar bolsa ularning asabi tugaydimi, ular ishlab yuraveradi.

  4. Zarifa

    Ertaroq tazdiqlansin iliyim

  5. Абдурасул.

    58 ёшдаман.
    Аёллар 50 , эркаклар 55 ёшдан пенияга чикишини таклиф киламан.
    Умумий стажим 42 йил.
    Асаблар чарчаб коларкан.Одамга ухшаб дам хам олиш керак-да !

  6. Sharofiddin

    Zora shunday kunlar nasib etsa.

  7. Dilafruz

    Oʻqituvchining asabi charchaydi.Pensiya yoshini ayollar uchun 50 dan tayinlashini taklif qilaman

  8. Gulshan

    Pensiya 50 yoshdan bo‘lsin.Asablar juda charchagan.

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: