O’qituvchilar uchun noutbuklarni arzon narxda kreditga berish loyihasi

O’qituvchilar uchun noutbuklarni arzon narxda kreditga berish loyihasi

O’qituvchilarga noutbuklarni arzon hamda uzoq muddatda lizing orqali to’lab boorish imkoniyatini yaratadigan yana bir loyiha boshlandi.

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, “O’zeltexsanoat“ uyushmasi hamda Xitoyning Weidong Cloud Education kompaniyasi elektron ta’lim tizimida qo’llash uchun kompyuter uskunalari ishlab chiqarishni tashkil etish to’g’risida kelishuv imzoladi.
Imzolash marosimi joriy yilning 11-may kuni videoaloqa shaklida o’tkazildi. Hujjatni O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, “O’zeltexsanoat“ uyushmasi rahbari Mirziyod Yunusov va Weidong Cloud Education kompaniyasining ijrochi direktori Vang Jikian (Wang Zhiqian) imzoladi.
Mazkur hujjat tajriba almashish, elektron ta’lim tizimini joriy etish orqali O’zbekistonda xalq ta’limi sohasidagi ta’lim sifati hamda samaradorligini rivojlantirish va yaxshilash maqsadida imzolandi.
Tomonlar aqlli sinflar uchun kompyuter texnikasi va boshqa qo’shimcha uskunalar ishlab chiqarish bo’yicha loyihani amalga oshirishga kelishib oldi. Kompyuterlarni mahalliylashtirilgan holda ishlab chiqarish 2020-yil yakuniga qadar yo’lga qo’yiladi.
Ushbu loyiha asosida Weidong Cloud Education kompaniyasi 4 million dollar miqdorida mablag’ ajratishni rejalashtirmoqda. Bu esa 80 ta yangi ish o’rnini yaratishga imkon beradi.
xtv-signing-2.jpg
Shuningdek, Xitoy tomoni, imtiyozli lizing asosida kompyuter texnikasini yetkazib berish uchun mablag’ ajratish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
Kelishuvga muvofiq, Weidong Cloud Education kompaniyasi Toshkent shahridagi 241-maktab uchun ham bitta aqlli sinf taqdim etadi.
— Koronavirus pandemiyasi bilan bog’liq karantin joriy etilgani sababli O’zbekiston ham onlayn ta’limga o’tdi. Bunday vaziyatda o’qituvchi va o’quvchilar ta’lim jarayonida tobora ko’proq kompyuterlarni ishlatishni boshlaydi. Shuning uchun o’qituvchilarimizga kompyuterlarni arzon va lizing orqali uzoq muddatda bo’lib to’lash imkoniyatini beradigan ushbu loyihaning ahamiyati muhim, — deydi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov.
Weidong Cloud Education kompaniyasi ijrochi direktori Vang Jikianning ta’kidlashicha, Weidong Cloud Education ta’lim vazirliklari bilan ishlashda katta tajribaga ega. Ushbu bitimga muvofiq, O’zbekiston tomoni nafaqat zamonaviy yechimlarga, balki zamonaviy ta’lim platformalariga ham ega bo’ladi. Ushbu loyiha ta’limni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash uchun ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdagi birinchi qadamdir.


Запущен еще один проект, который позволит учителям платить за ноутбуки дешево и в долгосрочной перспективе.

Министерство народного образования Республики Узбекистан, Ассоциация «Узэлтехсаноат» и китайская компания Weidong Cloud Education подписали соглашение об организации производства компьютерной техники для использования в электронном обучении.
Церемония подписания состоялась 11 мая текущего года в формате видеоконференции. Документ подписали министр народного образования Республики Узбекистан Шерзод Шерматов, председатель ассоциации «Узэлтехсаноат» Мирзиёд Юнусов и исполнительный директор Weidong Cloud Education Ван Чжицян.
Документ подписан в целях развития и повышения качества и эффективности образования в Узбекистане путем обмена опытом, внедрения электронного обучения.
Стороны договорились о реализации проекта по производству компьютерной техники и другого дополнительного оборудования для умных классов. Локальное производство компьютеров будет запущено к концу 2020 года.
Под этот проект Weidong Cloud Education планирует выделить 4 миллиона долларов. Это позволит создать 80 новых рабочих мест.
xtv-signing-2.jpg
Китайская сторона также заявила о намерении выделить средства на поставку компьютерной техники на условиях льготного лизинга.
В рамках соглашения Weidong Cloud Education также предоставит один умный класс для школы № 241 в Ташкенте.
— В связи с введением карантина в связи с пандемией коронавируса Узбекистан также перешел на онлайн-обучение. В этой ситуации преподаватели и студенты начинают все больше и больше использовать компьютеры в учебном процессе. Поэтому важность этого проекта, который позволит нашим учителям дешево и на долгосрочной основе оплачивать компьютеры, — сказал министр народного образования Республики Узбекистан Шерзод Шерматов.
Ван Цзикиан, исполнительный директор Weidong Cloud Education, сказал, что Weidong Cloud Education имеет большой опыт работы с министерствами образования. Согласно договоренности, у узбекской стороны будут не только современные решения, но и современные образовательные платформы. Этот проект является первым шагом в развитии двусторонних отношений для развития и поддержки образования.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: