Pandemiya davrida xodimlar salomatligini saqlash bo’yicha tavsiyalar

Pandemiya davrida xodimlar salomatligini saqlash bo’yicha tavsiyalar
Telegramda o'qish

Xodimlar o‘z imkoniyatlari chegaralarini bilishlari va stressli vaziyatlarda o‘zlariga qanday yordam berishni bilishlari juda muhimdir.

Quyida koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova tomonidan xodimlarning salomatligi va mehnatga layoqatini saqlab qolishda yordam beradigan tavsiyalar keltirilgan:

Nafas olish mashqini bajaring:

hech kim sizni bezovta qilmaydigan qulay joyni toping;

nafas olishda diqqatni jamlang, chalg‘imaslikka harakat qiling, telefoningizni uzoqroqqa qo‘ying;

burningiz orqali nafas olar ekansiz, har bir nafasni olishingiz davomiyligi beshga sanagunga qadar davom etsin;

keyin besh soniya davomida sekin og‘zingizdan nafas chiqaring;

3 va 4-bosqichlarni kamida bir daqiqa davomida takrorlang.

Boshqa odamlar bilan suhbatlashing

Mavjud sharoitda ijtimoiy masofani saqlash majburiy chora bo‘lsa-da, siz telefoningiz yoki kompyuteringizdan foydalanib, oilangiz va do‘stlaringiz bilan muloqotda bo‘lishingiz mumkin.

Muntazam ravishda bir-bingizga qo‘ng‘iroq qiling, bir-biringiz bilan nafaqat vaziyatingiz haqida, balki boshqa umumiy mavzular haqida ham suhbatlashib turishingiz uchun ma’lum vaqtni belgilang. Hamkasblar bilan suhbatlashing.

Uyqu rejimiga rioya qiling!

Uyqu gigiyenasi qoidalariga ko‘ra, kuniga 7-8 soat uxlash tavsiya etiladi.

Xona nimqorong‘u va salqin bo‘lishi kerak. Oxirgi ovqat yotishdan eng kamida ikki soat oldin tanovul qilingan bo‘lishi kerak. Uyqudan bir soat oldin dush qabul qilish lozim va yotishdan oldin ko‘p suv ichmaslik kerak.

Smartfoningiz bilan uxlamang! Buning o‘rniga sokinlashtiruvchi musiqa tinglang.

Boshqalardan o‘rganing!

Yangi paydo bo‘lgan muammolarni hal qilishning ijobiy misollarini payqashga va qabul qilishga harakat qiling. Bu sizga yaxshi kayfiyatni saqlashga, o‘zingizning samaradorligingizni oshirishga va ishlashda davom etishda yordam beradi.

Hamma narsada ijobiy jihatlarni qidiring!

Ehtimol atrofimizdagi narsalarni o‘zgartira olmasligimiz mumkin, lekin ichimizdagi narsalarga ta’sir qilishimiz mumkin.

Sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilishni ham unutmang!


Важно, чтобы сотрудники знали пределы своих возможностей и умели помочь себе в стрессовых ситуациях.

Ниже приведены рекомендации Барно Абдусаматовой, члена штаба по борьбе с коронавирусом, которые помогут сохранить здоровье и работоспособность сотрудников:

Выполните дыхательные упражнения:

найдите удобное место, где вас никто не будет беспокоить;

сконцентрируйтесь на дыхании, постарайтесь не отвлекаться, уберите телефон;

когда вы дышите через нос, пусть продолжительность каждого вдоха длится до пяти счетов;

затем медленно выдохните через рот в течение пяти секунд;

Повторяйте шаги 3 и 4 не менее одной минуты.

Говорите с другими людьми

Хотя социальная дистанция является обязательной в нынешних условиях, вы все равно можете общаться с семьей и друзьями с помощью телефона или компьютера.

Регулярно звоните друг другу и выделяйте время, чтобы поговорить друг с другом не только о вашей ситуации, но и на другие общие темы. Поговорите с коллегами.

Соблюдайте режим сна!

По правилам гигиены сна рекомендуется спать 7-8 часов в сутки.

В комнате должно быть темно и прохладно. Последний прием пищи должен быть съеден не менее чем за два часа до сна. Примите душ за час до сна и не пейте перед сном слишком много воды.

Не спите со своим смартфоном! Вместо этого слушайте успокаивающую музыку.

Учитесь у других!

Постарайтесь найти и принять положительные примеры новых проблем. Это поможет вам оставаться в хорошем настроении, повышать работоспособность и продолжать работу.

Ищите позитив во всем!

Возможно, мы не в состоянии изменить то, что нас окружает, но мы можем изменить то, что внутри нас.

Также не забывайте соблюдать правила санитарии и гигиены!

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: