Agar oʼquvchi darsga kech qolsa yoki umuman kelmasa oʼqituvchiga intizomiy jazo chorasi qoʼllaniladimi?
Xalq taʼlimi vazirligining 206 va 393-sonli buyruqlarida oʼqituvchilarning oʼquvchilarni davomatini olib borish va sinf jurnaliga qayd etish shartligi keltirib oʼtilgan. (O‘qituvchilar uchun shu va boshqa barcha hujjatlar to‘plamini ~ushbu sahifada yuklab oling.)
Demak, bu kabi holatda oʼquvchini sinfda boʼlishini taʼminlash kabi majburiyati yoʼq.
Аslida bu holatda, maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 47-moddasiga asosan, agar oʼquvchi uzrsiz sababga koʼra darsga kech qolsa yoki umuman kelmasa, bu kabi holatda uning ota-onasi bazaviy hisoblash miqdorining(BHM) 1 baravaridan 5 baravarigacha, yaʼni 330 ming soʼmdan 1 mln 650 ming soʼmgacha jarimaga tortiladi.
Bu kabi holatda oʼqituvchilarga hech qanday intizomiy jazo chorasi qoʼllanilmaydi.
Mavzuga doir:
O‘quvchini darsdan chiqarib yuborish mumkinmi?
O‘qituvchi o‘quvchi bilan muammoli vaziyatda nima qilishi kerak?