Maktablarda «Geografiya» fani soati kamayib ketgani yuzasidan vazirlik munosabati

Maktablarda "Geografiya" fani soati kamayib ketgani yuzasidan vazirlik munosabati

Xalq ta’limi vazirligi maktablarda «Geografiya» fani soati kamayib ketgani yuzasidan izoh berdi.
«Milliy o‘quv dasturiga ko‘ra, 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab, 1-6-sinflarda yagona “Tabiiy fanlar” (Science) fani joriy qilinishi belgilangan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 avgustdagi PQ 4805-sonli qarori).
Yangi fan geografiya, biologiya, fizika, kimyo hamda astronomiya fanlari bo‘yicha o‘quvchilarning dastlabki ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.
Endilikda bu fanlarga oid bilim va ko‘nikmalar o‘quvchilarda 1-sinfdan boshlab shakllantiriladi. Milliy o‘quv dasturi doirasida o‘quvchilarda “Tabiiy fanlar” fani orqali shakllanishi lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar har bir sinf kesimida belgilandi.
O‘quvchilar boshlang‘ich sinflarda yetarli ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishlari uchun, xalqaro tajribadan kelib chiqib, yangi fanga ajratilgan dars soatlarini boshlang‘ich sinflarda ko‘paytirishga ehtiyoj tug‘ildi. Shu munosabat bilan, 6-sinfda har biri haftalik 2 soatdan o‘tiladigan (jami 6 soatlik) geografiya, biologiya va fizika fanlari o‘rniga yagona, haftasiga 3 soatlik “Tabiiy fanlar” kiritildi.
O‘z navbatida, qolgan haftalik 3 soat “Tabiiy fanlar” doirasida 2-, 3-, 4-sinflarga o‘tkazildi. Ya’ni, bu sinflarga haftasiga 1 soatdan, jami 3 soat qo‘shib berildi.
Maktabda geografiya fanidan berilishi zarur bo‘lgan bilim hajmi va unga umumiy rejada ajratilgan soatlar hajmi qisqargani yo‘q.
Boshqa fanlar qatori geografiya faniga oid mavzular “Tabiiy fanlar”ga singdirilgan, umuman dasturda esa, geografiya faniga oid mavzular 291 ta mavzudan 387 ta mavzuga, ya’ni 96 ta mavzuga ko‘paygan.

Shu nuqtai nazardan, ijtimoiy tarmoqlarda geografiya fani yo‘qolish xavfi ostidagi xulosalar, asossiz.
Jahon tajribasida qanday?
“Tabiiy fanlar” jahondagi aksariyat rivojlangan davlatlarda o‘qitiladi. Xususan, Buyuk Britaniya tajribasi o‘rganilganida, tabiiy fanlar 1-6-sinflarda integrasiya qilingan holda, yagona fan sifatida o‘qitiladi.
Tabiiy fanlarning quyi sinflarda qo‘shib o‘qitilishi o‘quvchiga olamni bir butun tasavvur qilish, fanlarga oid mavzular kesimida loyiha ishlarini amalga oshirib, tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘quvchilarning faolligini oshirish, tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini yaxshilash, ularni ijodkorlikka yo‘naltirishga xizmat qiladi.
Milliy o‘quv dasturi doirasida ta’lim mazmunida amalga oshirilayotgan bu kabi o‘zgarishlar iqtisodiyot sohalariga xalqaro andozalar asosida mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bo‘lgan ko‘nikmalarga ega kadrlarni tayyorlashi bilan o‘quvchilar uchun manfaatlidir.
Yangi fan kiritilishi o‘qituvchilarga qanday imkoniyat yaratadi?
Milliy o‘quv dasturida aynan Geografiya fani haftalik 8 soat dars o‘tishlishi belgilangan. Shu o‘rinda alohida qayd etish lozimki, geografiya fani o‘qituvchilarida “Tabiiy fanlar” yo‘nalishi bo‘yicha qisqa muddatli qayta tayyorlov kursini muvaffaqiyatli tamomlagan taqdirda, 11 soat dars berish imkoniyati paydo bo‘ladi (natijada, amaldagi haftalik 10 soat o‘rniga, 11 soat berishlari mumkin).
Shu bilan birga, Vazirlik dasturni xalqaro talablar asosida zamonaviylashtirish bo‘yicha o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni inobatga olgan holda, o‘quvchilarda iqtisodiy bilimlarni yanada oshirish maqsadida qo‘shimcha soat ajratish bo‘yicha imkoniyatlarni o‘rganmoqda.
Mazkur yo‘nalishda qo‘shimcha dars joriy qilinsa, bu ham geografiya o‘qituvchilari uchun qo‘shimcha imkoniyat bo‘ladi».


Министерство народного образования прокомментировало сокращение часов географии в школах.
«Согласно Национальной учебной программе, начиная с 2022-2023 учебного года, в 1-6 классах будет введен единый предмет «Наука» (PQ 4805-номер решения).
Новый предмет ориентирован на развитие у учащихся первоначальных навыков в области географии, биологии, физики, химии и астрономии.
Сейчас знания и умения по этим предметам формируются у учащихся с 1 класса. В рамках национальной учебной программы в каждом классе определены знания и навыки, которые учащиеся должны развивать с помощью естественных наук.
Чтобы учащиеся приобрели достаточные навыки и компетенции в начальных классах, возникла необходимость увеличить количество часов, отводимых на новый предмет в начальных классах, исходя из международного опыта. В связи с этим в 6-м классе вместо географии, биологии и физики, которые длятся 2 часа в неделю (всего 6 часов), был введен единый, 3 часа в неделю «Естествознание».
В свою очередь оставшиеся 3 часа недели передавались во 2-й, 3-й и 4-й классы по естественным наукам. То есть на эти занятия отводилось 1 час в неделю, всего 3 часа.
Объем знаний, необходимых для преподавания географии в школе, и количество часов, отводимых на нее в общем плане, не сократились.
Среди прочих дисциплин в естественные науки включена география, а в программе в целом количество географических тем увеличилось с 291 до 387, или 96 тем.

В связи с этим выводы, грозящие исчезновением географии в социальных сетях, необоснованны.
А мировой опыт?
Естественные науки преподаются в большинстве развитых стран мира. В частности, при изучении опыта Великобритании естественные науки преподаются как единый предмет, интегрированный в 1-6 классы.
Включение естественных наук в младшие классы позволяет учащимся представить мир в целом, выполнять проектную работу по естественнонаучным темам, развивать исследовательские навыки, повышать активность учащихся, совершенствовать навыки критического мышления, направлять их к творчеству. .
Такие изменения в содержании образования в рамках национального учебного плана выгодны для обучающихся за счет подготовки кадров с востребованными на рынке труда навыками в соответствии с международными стандартами в области экономики.
Какие возможности дает введение нового предмета учителям?
Национальная учебная программа предусматривает 8 часов в неделю по географии. Следует отметить, что в случае успешного прохождения учителями географии краткосрочного курса переподготовки по специальности «Естествознание» у них появится возможность преподавать 11 часов (как следствие, нынешние 10 часов в неделю).11 часов).
В то же время Министерство изучает возможность выделения дополнительных часов для дальнейшего повышения экономических знаний студентов с учетом поставленных задач по модернизации программы в соответствии с международными требованиями.
Если будут введены дополнительные занятия по этому направлению, это станет дополнительной возможностью для учителей географии».

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Baxtiyor

    6-sinflarda fizika , biologiya, geografiya fanlari qo‘shilib ?tabiy» fan bo‘lishiga qarshi emasman , Ammo geografiya darsi ko‘paysin deb 7,8,9 va hakoza sinflarda ham shunday qilish bu yaratuvchi ixtirolar fani bo‘gan fizika va kimyo fanlarini yo‘qotish degani emasmi?Buni jiddiy o‘ylab ko‘rish kerak .Biz yangilik deb jarga qarab ketmayapmizmi.Axir Fizika bu jamiyat rivojining asosiku.Menimcha fizikani yaxlit o‘rganmasdan turib jamiyatda yaratuvchanlik qilib bo‘lmaydi

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: