to‘lov uchun yuborilgan SMS xabarlar yuzasidan DTM izohi

to‘lov uchun yuborilgan SMS xabarlar yuzasidan DTM izohi

Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha yuborilgan SMS xabarlar yuzasidan DTM ma’lumot berdi.

📌 Ma’lumki, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (122.500 so‘m) miqdorida to‘lovni amalga oshiradilar.

❕ Test sinovlari uchun to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

📩 Shu sababli Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan abituriyentlarga eslatma sifatida 22-iyulga qadar to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok eta olmasliklari haqida SMS xabarnoma yuborildi.

💬 Lekin ayrim telegram kanallar va ijtimoiy tarmoqlar tomonidan mazkur holat boshqacha talqin qilinib, “Necha marta to‘lov qilish kerak?”, “To‘lov qilingan bo‘lsa-da, nega yana to‘lov qilish so‘ralmoqda?” kabi fikrlar bildirilmoqda.

✅ Mazkur holar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

👉 2021-yil 20-21-22-iyul kunlari respublikamizda dam olish kunlari deb e’lon qilinganligi sababli bank kassalari ishlamasligi mumkinligini inobatga olgan holda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 19-iyul kuni test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha e’lon berildi va 20-iyul kuni eslatma sifatida abituriyentlarga SMS xabar yuborildi. Albatta bu abituriyentlardan ortiqcha to‘lov undirish maqsadida emas, balki ularni xabardor qilish, ularga qo‘shimcha eslatma berish maqsadida amalga oshirildi.

👉 Bilim va malakalarni baholash agentligining abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish tizimi (my.dtm.uz sayti) Yagona billing tizimiga integratsiya qilingan bo‘lib, oldingi yillar bitiruvchilariga invoys shakllantiriladi. Bitta invoys raqamiga belgilangan miqdor (122.500 so‘m) dan ortiq to‘lovni amalga oshirish imkoni mavjud emas. Ya’ni abituriyent to‘lovni to‘liq amalga oshirgan bo‘lsa, mazkur invoys raqamiga boshqa to‘lov qilib bo‘lmaydi. Buning natijasida abituriyentlar tomonidan ortiqcha to‘lov qilinishining oldi olinadi.

👉 Abituriyentlar tomonidan to‘lov amalga oshirilganda Yagona billing tizimi tomonidan Bilim va malakalarni baholash agentligining tizimiga real vaqt rejimida xabar yuboriladi va abituriyentlarning shaxsiy kabinetida shakllantirilgan invoys o‘rnida to‘lov muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi haqida ma’lumot paydo bo‘ladi. Shuningdek, abituriyentlarning telefon raqamiga bu to‘g‘risida SMS xabarnoma yuboriladi.

Saytimizning ushbu sahifasida to‘lovni amalga oshirish yo‘riqnomasi bilan tanishishingiz mumkin: Qabul 2021 to‘lovni amalga oshirish. To‘lov qilish haqida


DTM предоставил информацию о SMS-сообщениях, отправленных для оплаты теста.

📌 Известно, что абитуриентам, окончившим учебные заведения в годы, предшествующие началу испытаний, за участие в испытаниях придется заплатить половину суммы базового расчета (122 500 сумов).

❕ Абитуриенты, вовремя не оплатившие тест, будут считаться незарегистрированными и не смогут пройти тест.

📩 Поэтому Государственный центр тестирования разослал абитуриентам СМС-уведомление о том, что абитуриенты, не оплатившие до 22 июля, не смогут сдать тест.

💬 Однако в некоторых телеграм-каналах и соцсетях есть разные трактовки этой ситуации, такие как «Сколько раз я должен платить?», «Даже если я заплатил, почему меня снова просят заплатить?» высказываются такие взгляды.

✅ Хотим сообщить вам следующее:

👉 Принимая во внимание, что банковские кассы могут не работать в связи с тем, что 20-21-22 июля 2021 года объявлены в стране нерабочими днями, Государственным центром тестирования 19 июля для оплаты теста было отправлено СМС. направлено заявителям 20 июля в качестве напоминания. Разумеется, это делалось не для того, чтобы взимать плату с заявителей, а для того, чтобы их информировать и делать им дополнительные пометки.

👉 Система регистрации на онлайн-тестирование Государственного центра тестирования (my.dtm.uz) интегрирована в единую биллинговую систему, которая формирует счета для выпускников прошлых лет. Платить больше установленной суммы (122 500 сумов) за один номер счета нельзя. То есть, если заявитель уже оплатил в полном объеме, произвести повторный платеж на этот номер счета невозможно. Это убережет соискателей от переплаты.

👉 При совершении абитуриентами платежа Единая биллинговая система в режиме реального времени отправляет сообщение в Государственный центр тестирования, и вместо счетов, сформированных в личном кабинете абитуриента, отображается информация об успешном платеже. Заявители также получат SMS-уведомление по телефону.

На этой странице нашего сайта вы можете прочитать инструкцию по проведению платежа: Акцепт 2021 Произвести платеж. Об оплате

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: