Oliy ta’lim muassasasini qanday tanlash kerak?

Oliy ta’lim muassasasini qanday tanlash kerak?
Telegramda o'qish

Oliy ma’lumotli bo‘lishga sarflagan vaqtingizga (va pulingizga!) afsuslanmaslik uchun o‘zingizga bir nechta savollar bering.

Menga qaysi kasb yoqadi?

Oliy ta’lim muassasasini tanlash qaysi kasbni egallashni xohlashingizga bog‘liq. Aytaylik, huquqshunos bo‘lishga qaror qildingiz. Bunday mutaxassislarni tayyorlaydigan oliygoh ro‘yxatini tuzing va har birining ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil qiling. O‘qituvchilar tarkibi qayerda kuchliroq ekanligini, malaka oshirish (stajirovka) va amaliyot qanday o‘tishini, ma’ruzalar qanday formatda o‘tkazilishini bilib oling. OTM rahbariyati tomonidan intizom va o‘quv jarayoniga qo‘yiladigan talablarga e’tibor bering.

Kerakli barcha ma’lumotlarni olishning eng yaxshi usuli — bu bitiruvchilar yoki hozirgi vaqtda bakalavrda ta’lim olayotgan talabalar bilan suhbatlashishdir. Talaba birodarlar — juda ahil va ochiqko‘ngil bo‘lishadi va hech qachon mavjud bo‘lgan muammolarni yashira olmaydilar.

To‘lov-kontrakt asosidami yoki grant?

Albatta, har birimiz grant asosida o‘qishni va o‘qish uchun to‘lov haqida qayg‘urmay ta’lim olishni istaymiz. Afsuski, davlat granti uchun o‘rinlar chegaralangan, o‘qishni istaydiganlar esa har doim ko‘p. Agar, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinsangiz, uni qanday to‘lashingizni oldindan o‘ylab ko‘ring va uning narxi yiliga kamida bir marta oshishini yodda tuting. OTM va ta’lim yo‘nilishini tanlashda to‘lov-kontrakt miqdorini inobatga oling.

Davlat yoki nodavlat OTM? Mahalliymi yoki xorijiy?

Bularning barchasi  qiziqishlaringiz va imkoniyatlaringizga bog‘liq. Asosiysi, ta’lim muassasasi davlat akkreditatsiyasiga ega bo‘lsin.

Qayerda yashaysiz?

Bu boshqa shaharda o‘qishni rejalashtirganlarga tegishli. Yotoqxonami yoki ijaraga olingan xonadon? Birinchi variant arzonroq va shubhasiz, quvnoq bo‘ladi, ammo siz o‘sha yerdagi sharoitlarga, jumladan, yashash sharoitlariga moslashishingiz kerak bo‘ladi. Ikkinchi holda, qulaylik darajasini o‘zingiz belgilaysiz, ammo bu imkoniyat uchun to‘lashingiz kerak bo‘ladi. Spoyler: stipendiyangiz, albatta, yetarli bo‘lmaydi!

Ushbu va boshqa omillarni tahlil qilib, sizning oldingizda yangi bilimlar, tanishuvlar va imkoniyatlar bilan to‘la qiziqarli talabalik yillari turganini unutmang. Bu vaqtdan o‘zingiz uchun maksimal darajada naf bilan foydalaning!

Manba: DTM.uz


Задайте себе несколько вопросов, чтобы не пожалеть о времени (и деньгах!), потраченном на получение высшего образования.

Какая профессия мне нравится?

Выбор высшего учебного заведения зависит от того, какую профессию вы хотите получить. Допустим, вы решили стать юристом. Составьте список вузов, готовящих таких специалистов, и проанализируйте плюсы и минусы каждого. Узнайте, где сильнее профессорско-преподавательский состав, как проходят стажировки и стажировки, формат лекций. Обратите внимание на требования к дисциплине и учебному процессу со стороны администрации вуза.

Лучший способ получить всю необходимую информацию — поговорить с выпускниками или студентами, которые в настоящее время учатся на степень бакалавра. Братья-студенты очень дружелюбны и открыты и никогда не могут скрыть свои проблемы.

Это контракт или грант?

Конечно, каждому из нас хочется учиться на грантовой основе и учиться, не беспокоясь о плате за обучение. К сожалению, места на государственные гранты ограничены, а желающих учиться всегда много. Если вы зачислены на платной основе, подумайте о том, как вы будете платить за нее заранее, и имейте в виду, что стоимость будет увеличиваться не реже одного раза в год. При выборе вуза или учебного заведения учитывайте сумму контракта.

Государственное или негосударственное высшее образование? Местный или иностранный?

Все зависит от ваших интересов и способностей. Главное, чтобы учебное заведение имело государственную аккредитацию.

Где вы живете?

Это касается тех, кто планирует учиться в другом городе. Общежитие или съемная квартира? Первый вариант дешевле и точно будет веселее, но вам придется приспосабливаться к тамошним условиям, в том числе и к условиям проживания. Во втором случае вы устанавливаете уровень удобства, но за это приходится платить. Спойлер: вашей стипендии явно недостаточно!

Анализируя эти и другие факторы, имейте в виду, что впереди вас ждут увлекательные студенческие годы, полные новых знаний, знакомств и возможностей. Используйте это время по максимуму!

Источник: DTM.uz.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Hdhdjekskrb

    2020 2021 yilalda abutrentlardan jarima puli bekor qilinishini so’rayman chunki karantin sababli ko’p oilalar moilaviy inqirozga uchraganligi va uchrayotganligi ko’zda tutilmoqda :

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: