Takrorlash bilimni mustahkamlaydi, ammo…

Takrorlash bilimni mustahkamlaydi, ammo...
Telegramda o'qish

Xalqimizda «yuz martada yod bo‘ladi, ming martada muhr» degan naql yuradi.

Bu maqol asosli, faqat qachonki unga to‘g‘ri amal qilingan taqdirda shunday. Chunki, miya ma’lumotni muhrlashi uchun unga vaqtincha boshqa ma’lumot yuklanmay turishi lozim. Tadqiqotchi Myuller va Piltsekerlar biror matnni yod olgach, miyani dam oldirish kerakligini ta’kidlashadi. Tin olish jarayonida miya ma’lumotlarni o‘z-o‘zidan takrorlar ekan. Bu jarayon ma’lumot yodlanganidan keyin o‘rinsiz qaytarilaversa ham buziladi. Natijada miyada hech qanday «muhrlanish» jarayoni yuz bermaydi. Xo‘sh, ma’lumotni yodlash bilan mustahkamlash orasida miya qancha vaqt tin olishi kerak? Bu savolga ruhshunos olim Peron javob topgan. U bir necha kishilar ustida tajriba o‘tkazib, ularga 18 ta notanish so‘zlarni yodlashni va takrorlab turishni buyuradi.
Tajribada so‘zlar 30 soniyadan keyin 14 marta qaytarilganda yaxshi samara bergan. Tanaffus 10 daqiqani tashkil qilganda esa 4 marta takrorlash kifoya qilgan. 10 daqiqadan 24 soatgacha bo‘lgan tanaffusda ma’lumotlar qisqa muddatli xotirada mustahkamlangan. 24 soatdan ortiq tanaffuslarda takrorlash miqdori ko‘payib boradi va 48 soatga yetganida 8 marta qaytarish talab qilinadi. Chunki, bu vaqt ichida xotiraga o‘rnashgan qo‘shimcha ma’lumotlar xotira quvvatini susaytiradi. Shuning uchun har 24 soatda yodlangan so‘zlarni qaytarib turish maqsadga muvofiq. Matnning ko‘p jihatlari bir-biriga o‘xshashligi yodlash jarayonini qiyinlashtiradi. Agar so‘zlar majmuasi har xil qilib tuzib chiqilsa, ish osonlashadi. Misol uchun ro‘yxat tartibida yozilgan biror so‘zni eslaganingizda aqlingizga nima keladi? Tabiiyki, uning ro‘yxatda joylashgan o‘rni. Bu xotiraning kuchiga dalolat qilmaydi. O’sha so‘zni eslash uchun bundan ahamiyatliroq jihat yo‘qligini anglatadi xolos. Shunday ekan, yod olinayotgan har bir so‘z o‘ziga xos tarzda boshqalardan ajralib turishi kerak. Ularni yozganda bir xillikdan qochib, rang yoki harf shakllari turlicha qilib tuzilsa, yodlash jarayonida ijobiy natijalarga erishish mumkin.

Odil Alimov
«Irmoq» jurnali arxividan


У нас в народе есть поговорка: «Сто раз запоминается, тысячу раз запечатлевается».

Эта пословица действительна только в том случае, если ей следуют правильно. Это связано с тем, что для того, чтобы мозг запечатал информацию, он должен временно перестать загружаться другой информацией. Исследователи Мюллер и Пилцекер предполагают, что после запоминания текста мозгу необходимо отдохнуть. Во время отдыха мозг повторяет информацию самостоятельно. Этот процесс нарушается, даже если информация запоминается и возвращается неправильно. В результате в мозгу не происходит процесса «запечатывания». Итак, как долго мозг должен отдыхать между запоминанием и закреплением информации? Психолог Перон нашел ответ на этот вопрос. Он проводит опыты над несколькими людьми и просит их запомнить и повторить 18 незнакомых слов.
В эксперименте слова повторялись 14 раз через 30 секунд. Когда перерыв был 10 минут, достаточно было повторить 4 раза. С перерывом от 10 минут до 24 часов данные сохраняются в кратковременной памяти. Интервалы более 24 часов увеличивают количество повторений, а в 48 часов требуется 8 повторений. Это связано с тем, что дополнительные данные, хранящиеся в памяти в это время, уменьшают емкость памяти. Поэтому рекомендуется повторять заученные слова каждые 24 часа. Многие аспекты текста похожи, что затрудняет запоминание. Если формулировка построена по-другому, будет проще. Например, что приходит на ум, когда вы думаете о слове в списке? Конечно, он есть в списке. Это не говорит о силе памяти. Это просто означает, что нет ничего более важного для запоминания этого слова. Поэтому каждое запоминаемое слово должно быть уникальным. Положительных результатов в процессе запоминания можно добиться, если при их написании избегать единообразия и если цвета или формы букв построены по-разному.

Одил Алимов
Из архива журнала «Ирмок».

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: