San’atkor va rassomlar videodarslarga jalb etilmoqda

San’atkor va rassomlar videodarslarga jalb etilmoqda

Xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilar uchun videodarslarni yanada qiziqarli tayyorlash maqsadida bir qator tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi.
Bu haqda vazirlikning matbuot xizmati ma’lum qildi.
Jumladan, Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida taniqli madaniyat xodimlari va san’atkorlar ishtirokida musiqa fani bo‘yicha videodarslarni tasvirga oldi.
Musiqa fanidan videodarslar tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Xalq artisti Abduhoshim Ismoilov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artistlar Jenisbek Piyazov va Toir Qo‘ziev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Pedagogika fanlari nomzodi, dosent Dildora Jamolova ishtirok etdi.
Shu bilan birga, Badiiy akademiya bilan hamkorlikda rassomlar Botir Sangirov, Alisher Aliqulov, Dilshodjon Xaytmetov, Ulug‘bek Kuryazov va Feruza Ataxanova ishtirokida tasviriy san’at darslari suratga olindi.
San’atkor va rassomlarni videodarslarga jalb qilishdan asosiy maqsad darslar orqali yoshlarning san’atga va rasm chizishga qiziqishlarini yanada oshirishdir.
Ushbu darslarni tez kunda o‘quvchilarga namoyish etilishi rejalashtirildi. Bu kabi videodarslarni tayyorlash uchun san’atkor va rassomlarni jalb etilishini davom ettiriladi.


Министерство народного образования сотрудничает с рядом организаций, чтобы сделать видеоуроки более интересными для учащихся.
Об этом сообщает пресс-служба министерства.
В частности, совместно с Министерством культуры Национальной телерадиокомпанией Узбекистана были сняты уроки музыки с участием известных деятелей культуры и артистов.
В подготовке видеоуроков по музыке приняли участие народный артист Республики Узбекистан Абдухошим Исмоилов, заслуженные артисты Республики Узбекистан Женисбек Пиязов и Тоир Козиев, заслуженный работник культуры Узбекистана, кандидат педагогических наук, доцент Дилдора Джамолова.
Кроме того, в сотрудничестве с Академией художеств были сняты уроки изобразительного искусства с участием художников Ботира Сангирова, Алишера Аликулова, Дильшоджона Хайтметова, Улугбека Курязова и Ферузы Атахановой.
Основная цель привлечения художников и видеооператоров к видеоурокам – повышение интереса молодежи к искусству и живописи посредством уроков.
Эти уроки планируется показать ученикам в ближайшее время. К производству таких видеоуроков и дальше будут привлекаться артисты и художники.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: