Test sinovlarida omadi kelmagan abituriyentlar o‘qishga qo‘shimcha qabul qilinadi

Test sinovlarida omadi kelmagan abituriyentlar o‘qishga qo‘shimcha qabul qilinadi

Shu yil sentabr oyida bo‘lib o‘tgan test sinovlarida omadi kelmagan Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq, Taxtako‘pir va Qorao‘zak tumanlaridan topshirgan abituriyentlar o‘qishga qo‘shimcha qabul qilinadi.

Buning uchun abituriyent eng kamida 56,7 ball to‘plagan bo‘lishi kerak (maksimal 189 ballning 30 foizi) va tibbiyot yo‘nalishlaridan boshqa sohani tanlashi darkor. O‘qishga to‘lov-shartnoma asosida qabul qilinadi va o‘qishni tugatgandan keyin shu hududlarda kamida 5 yil ishlab berishi kerak.
Ertaga, 13 noyabrdan boshlab ushbu 3 ta tumanda 4 ta sektor rahbarlari hamda oliy o‘quv yurtlari vakillari ishtirokida yuqoridagi talablar asosida o‘qishga hoxish bildirgan abituriyentlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil qilinmoqda.
Mazkur tadbir Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 2 oktabr kuni Qoraqalpog‘istonga safari davomida berilgan topshiriqning ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.
Imkoniyatdan mazkur tumanlarda doimiy yashaydigan abituriyentlar foydalana oladi va ular Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritadigan (tibbiyot yo‘nalishlaridan boshqa) oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilinadi.


Будут приняты абитуриенты из Мойнакского, Тахтакорского и Караозакского районов Каракалпакстана, не прошедшие тестирование в сентябре текущего года.

Для этого абитуриент должен набрать не менее 56,7 балла (30% от максимальных 189 баллов) и выбрать специальность, отличную от медицины. Студенты принимаются на платной основе и должны проработать в этих сферах не менее 5 лет после окончания учебы.
Начиная с завтрашнего дня, 13 ноября, в этих 3-х округах будет проходить встреча с участием руководителей 4-х секторов и представителей высших учебных заведений с абитуриентами и их родителями, желающими обучаться в соответствии с вышеуказанными требованиями.
Мероприятие проводится в рамках поручений, данных Президентом Шавкатом Мирзиёевым в ходе визита в Каракалпакстан 2 октября 2020 года.
Абитуриенты, постоянно проживающие в этих районах, могут воспользоваться возможностью и поступить в высшие учебные заведения, действующие в Республике Каракалпакстан (кроме медицинских специальностей).

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: