UYDA QOLING!

Nomard tanga… (Hazil tariqasida albatta..)

Nomard tanga

Avtobusda ketayotgandim. Kimningdir cho’mchagidan bitta 100 so’mlik tanga pastga, avtobus zinasiga tushib qoldi.

U eng past pillapoyadan bazo’r o’rin topdi. Tangani egilib olishini so’raganday egasiga iltijoli tikildim. Ammo u parvo qilmadi. Shu tobda jahlim chiqdi! Axir u uning mulki-ku! Uni himoya qilishga majbur emasmi? Kulgili bo’lsada, tangaga rahmim keldi. Bekatim kelganida uni olishga va haydovchiga berishga ahd qildim. Aftobus bekatlarda birin-ketin to’xtar, undan odamlar tushib, chiqishardi. Ba’zilar unga teginib ketar, shuning natijasida qahramonimiz o’z joyini biroz o’zgartirardi xolos. Ammo tushib ketmadi! Xullas, 10tacha bekatdan so’ng tanga 1 ayolning etagiga qo’shilib, «shiq» etib yerga tushib qoldi. Avvaliga unga rahmim keldi, lekin keyin jahlim chiqa boshladi. Ichimdan g’azabim kelib, shu so’zlarni aytib yubordim: » Ha, nomard tanga! Bekati shu ekanda! Shuuuncha masofani bosib o’tib, yo’l haqqini to’lamay qochib qoldi-ya!»
(Avtobusda odam ko’p bo’lgani uchun tanganing o’zini suratga ololmay qoldim, lekin u taxminan yuqoridagi kabi ko’rinishda edi. Avtobusga yo’l haqqini to’lamay qochgan nomardni hamma tanib qo’ysin!)

Dilafruz To’lqinova , O’zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar Universiteti 111-guruh talabasi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: