Talabalar o‘rtasida “Ilhom” mukofoti uchun tanlov e’lon qilindi

Oliy ta’lim vazirligi tomonidan “Ilhom” mukofoti uchun tanlov e’lon qilindi.

Ushbu mukofot shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini o‘rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar o‘tkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi.
️ Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
1-o‘rin – “Spark” avtomobili;
2-o‘rin – 30 mln so‘m pul mukofoti;
3-o‘rin – 15 mln so‘m pul mukofoti.
Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich – har yili 20-martga qadar oliy ta’lim muassasasi miqyosida saralash bosqichi;
2-bosqich – har yili 10-mayga qadar asosiy tanlov bosqichi hisoblanadi.
️“Ilhom” mukofoti bilan taqdirlash Adiblar xiyoboni ochilgan kun – 20-mayda “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida amalga oshiriladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun 15-martga qadar OTMning yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas`ullariga ariza bilan murojaat qilishingiz mumkin.


Министерство высшего образования объявило конкурс на премию «Вдохновение».

Эта награда вручается студентам высших учебных заведений, добившимся наивысших результатов в духовно-образовательном, научном и творческом процессах, таких как изучение жизни и творчества поэтов и писателей, перевод их произведений, проведение на этой основе исследований, создание фильмов и Вручается молодым людям, обучающимся и работающим в учреждениях.
️ Победители будут награждены следующим образом:
1 место — Спарк-кар;
2 место — денежный приз 30 млн сумов;
3 место — денежный приз 15 млн сумов.
Конкурс проводится в 2 этапа:
1 этап – этап отбора на уровне высшего учебного заведения до 20 марта каждого года;
2 этап – основной этап отбора до 10 мая каждого года.
️ Премия «Ильхом» будет вручена 20 мая, в день открытия Аллеи писателей, в рамках Большого литературного фестиваля.
Для участия в конкурсе можно обратиться к ответственным лицам вуза по вопросам молодежи, духовно-просветительской работе до 15 марта.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: