MMIBDO‘ faoliyatini baholash mezonlari tasdiqlandi

MMIBDO‘ faoliyatini baholash mezonlari tasdiqlandi

⚡️Direktorlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyatini baholash mezonlari tasdiqlandi.

2022 yil 20 oktabrdan boshlab umumta’lim muassasalari direktorlarining ma’navii-ma’rifii ishlar bo‘iicha o‘rinbosarlarining faoliyati muntazam ravishda o‘rganilib, baholash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 11 oktabrda imzolangan qo‘shma qarorida nazarda tutilgan.

❕Unga ko‘ra direktor o‘rinbosarlarining faoliyati quyidagi 20 ta mezon bo‘yicha baholanadi:

1. Maktabdagi Ma’naviyat va ma’rifat kengashi faoliyati

2. Direktor o‘rinbosarining noan’anaviy tadbirlarni tashkil etishi orqali o‘quvchilarning ma’naviy ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslari

3. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini muvofiklashtirish

4. Maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilarining “Odob-axloq qoidasi”ga rioya etish holati

5. Ta’lim muassasasida 5 ta muhim tashabbusning amalga oshirilish holati

6. Direktor o‘rinbosarining mahalla fuqarolar yig‘ini va ota-onalar bilan ishlashi

7. Direktor o‘rinbosarining ijodiy uyushmalar, turli jamoat tashkilotlari bilan hamkorligi

8. Jinoyatchilik va huquqbuzarlik sodir etilmaganlik holati

9. Maktabda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish borasida o‘tkazilgan tadbirlar ta’sirchanligi, so‘rovnomalar natijadorligi

10. O‘quvchilarining «Zulfiya» nomidagi davlat mukofoti, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti tanlovlarida ishtiroki

11. Direktor o‘rinbosarining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi bilan ishlash natijadorligi

12. O‘quvchilarning ijtimoiy muammolari hal etilishi, xususan alohida e’tiborga muhtoj (yetim, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oila farzandlari) o‘quvchilar bilan olib borilayotgan ishlar holati

13. “Ma’naviyat soati”ning zarur qo‘llanma va materiallar bilan ta’minlanganlik darajasi

14. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha fan to‘garaklar faoliyatini rivojlantirish

15. Ta’lim muassasalarida maktab joylashgan hudud tarixiga oid vatanparvarlik burchaklarini tashkil etilganligi

16. Direktor o‘rinbosarining so‘nggi bir yilda mutolaa qilgan badiiy asarlari, uning ma’naviy dunyoqarashi va siyosiy savodxonligi

17. Maktabda umumxalq bayramlari, davlat ramzlari qabul qilingan kunlar va boshqa muhim sanalarning nishonlanishi

18. Maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari yuritilishi va qamrovi, ta’lim muassasasida o‘tkazilayotgan tadbirlarning ommaviy axborot vositalarida yoritilishi

19. Badiiy havaskorlik ansambli, o‘quvchilar teatr studiyasi, QVZ, “Zakovat”, “Ajdodlar merosi — kelajak poydevori” va boshqa tadbirlarning yo‘lga qo‘yilganligi

20. Direktor o‘rinbosari faoliyati bo‘yicha tuman (shahar) Ma’naviyat va ma’rifat kengashlariga (elektron yoxud ijtimoiy tarmoklar orqali asoslangan og‘zaki) hisobdorligi

Direktor o‘rinbosarlari yuqoridagi ko‘rsatkichlarga qarab 100 ballik tizimda baholanadi.

Mavzuga doir:
Maktab rahbarlariga mukofot puli qay tartibda beriladi?

maktab direktorlariga yangi huquq berilmoqda!

Maktab rahbar xodimlaridan oylik va haftalik ish reja talab qilinishi to‘g‘rimi?


⚡️Утверждены критерии оценки деятельности заместителей директора по духовно-просветительской работе.

С 20 октября 2022 года деятельность нравственно-воспитательных заместителей директоров общеобразовательных учреждений будет регулярно изучаться и будет создана система оценивания.

Об этом говорится в совместном решении Министерства народного образования и Республиканского духовно-просветительского центра, подписанном 11 октября 2022 года.

❕В соответствии с ним эффективность работы заместителей директора оценивается по следующим 20 критериям:

1. Деятельность Совета духовности и просвещения при школе

2. Инициативы заместителя директора, направленные на обеспечение духовных потребностей студентов путем организации нетрадиционных мероприятий

3. Координация духовно-просветительской деятельности общеобразовательной школы.

4. Состояние соблюдения школьниками и учителями «Кодекса поведения».

5. Статус реализации 5 важных инициатив в образовательном учреждении

6. Работа заместителя директора с общественным собранием и родителями

7. Взаимодействие заместителя директора с творческими объединениями и различными общественными организациями

8. Состояние несовершения преступления и правонарушения

9. Эффективность проводимых мероприятий по улучшению социально-духовной среды в школе, результаты анкетирования

10. Участие студентов в конкурсах государственной премии «Зульфия» и государственной премии «Отважный мальчик».

11. Эффективность работы заместителя директора с промоутером по творческим и культурным вопросам

12. Решение социальных проблем обучающихся, в частности, положение дел с обучающимися, нуждающимися в особом внимании (дети-сироты, дети-сироты, дети из малообеспеченных семей)

13. Уровень обеспеченности «Духовного часа» необходимыми пособиями и материалами

14. Развить деятельность научных кружков по содержательной организации свободного времени студентов.

15. Организация патриотических уголков, связанных с историей местности, где находится школа, в учреждениях образования

16. Художественные произведения заместителя директора, прочитанные за последний год, его духовное мировоззрение и политическая грамотность

17. Празднование национальных праздников, дней принятия государственных символов и других знаменательных дат в школе

18. Ведение и освещение страниц школы в социальных сетях, освещение в СМИ мероприятий, проводимых в образовательном учреждении

19. Создание художественного самодеятельного ансамбля, студенческой театральной студии, КВЗ, «Заковат», «Аждодлар мероси – фундамент будущего» и другие мероприятия.

20. Подотчетность районным (городским) Советам духовности и просвещения (устно на основе электронных или социальных сетей) о деятельности заместителя директора

Заместители директора оцениваются по вышеуказанным показателям по 100-балльной системе.

Предмет:В каком порядке призовые выплачиваются руководителям школ?

директорам школ даются новые права!

Правильно ли требовать ежемесячный и еженедельный план работы от школьных руководителей?

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: