MMIBDO‘ va sinf rahbarlari yuritadigan hujjatlar qisqartirildi

MMIBDO‘ va sinf rahbarlari yuritadigan hujjatlar qisqartirildi

MMIBDO‘ va sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida yangi tahrirdagi nizomlar qabul qilinib asosiy yuritadigan hujjatlarsoni qisqartirildi.

Xalq ta’limi vazirligining umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va sinf rahbarlari faoliyati samaradorligini oshirish haqidagi buyrug‘i tasdiqlandi.
Xalq ta’limi vazirligining 180-sonli buyrug‘i bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida yangi tahrirdagi nizomlar tasdiqlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligining rasmiy telegram kanalida xabar berildi.
Mazkur nizomlar bilan bog‘liq asosiy o‘zgarishlar maktablarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va sinf rahbari tomonidan yuritiladigan hujjatlarning soni bilan bog‘liq.
Hususan, 2020/2021-o‘quv yilidan e’tiboran ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan shu kunga qadar yuritib kelinayotgan hujjatlarning soni 7 tadan 4 taga, sinf rahbarining esa 4 tadan 2 taga qisqartirildi.
Ta’kidlash joizki, ushbu o‘zgarishlar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan so‘nggi yillar davomida tizimda ortiqcha hujjatbozlikni kamaytirish orqali umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya ishlarini yangi sifat bosqichiga olib chiqish yo‘nalishidagi ishlarning mantiqiy davomi hisoblanadi.
Aynan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va sinf rahbari tomonidan maktablarda o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularga odob-axloq qoidalarini o‘rgatish, yod g‘oyalar ta’siriga tushib qolishlarining oldini olish, turli hil g‘ayriijtimoiy hatti-harakatlarning sodir etilishi oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish orqali o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli band etish kabi vazifalar amalga oshiriladi.
Yuritiladigan hujjatlarning sonini kamaytirish yoki optimallashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, umumta’lim maktablarida tashkil etilayotgan tarbiyaviy ishlarning bevosita manzilli va izchil ko‘rinish kasb etishiga erishishdan iborat. YA’ni, ta’lim muassasalarida “xavf guruhi”ga kirgan o‘quvchilarning har biri bilan yakka tartibda ko‘proq shug‘ullanish orqali ularning ijtimoiy reabilitasiya jarayonini tezlashtirish ko‘zda tutilgan.
Umid qilamizki, tizimdagi mazkur o‘zgarishlar yaqin istiqbolda umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshishiga hizmat qiladi. Zero kelajagimiz bo‘lgan yoshlarning tarbiyasi bugungi kunda allaqachon hayot-mamot masalasiga aylanib ulgurdi.


Принята новая редакция положения об организации деятельности ММИБДО и классных руководителей, сокращены основные документы.

Утвержден приказ Министерства народного просвещения о повышении эффективности деятельности заместителя директора по духовно-воспитательной работе и классных руководителей общего среднего образования.
Приказом Министерства народного образования № 180 утверждена новая редакция Положения об организации деятельности заместителя директора по духовно-просветительской работе и классного руководителя общего среднего образования. Об этом сообщается в официальной телеграмме Министерства народного просвещения.
Основные изменения, связанные с данным положением, касаются количества документов, которые хранятся в школах заместителем директора по духовно-просветительской работе и классным руководителем.
В частности, с 2020/2021 учебного года количество документов, находящихся у заместителя директора по духовно-воспитательной работе, сокращено с 7 до 4, а количество документов у классного руководителя с 4 до 2.
Следует отметить, что данные изменения являются логическим продолжением работы Министерства народного просвещения в последние годы по выводу качества образования в общеобразовательных школах на новый уровень за счет сокращения бюрократизма в системе.
Именно заместитель директора по духовно-просветительской работе и классный руководитель воспитывают учащихся в школах в духе патриотизма, обучают их правилам этикета, предохраняют от влияния йодистских идей, решают различные задачи, такие как осмысленное использование свободное время за счет осуществления мероприятий, направленных на предотвращение возникновения различных асоциальных форм поведения.
Основной целью сокращения или оптимизации количества документов является обеспечение того, чтобы воспитательная работа, организованная в общеобразовательных школах, имела непосредственный и последовательный вид. ЮА ставит своей целью ускорить процесс социальной реабилитации учащихся общеобразовательных учреждений за счет более индивидуального взаимодействия с каждым из учащихся группы риска.
Мы надеемся, что эти изменения в системе повысят эффективность воспитательной работы в общеобразовательных школах уже в ближайшее время. Ведь воспитание молодежи, которая является нашим будущим, уже стало вопросом жизни и смерти.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 2
  1. Mansur

    0,5 shtat MMIBDO‘ larining imtiyozlari qanaqa?
    Masalan menda informatika kaboneti bor, 15 foiz ustama bor, 20 soat yani 1 stavka darsm bor . Men 0,5 shtat MMIBDO‘ bo‘lsam bularni qaysilaridan mahrum bo‘laman?

    1. Ibragimov alijon xolmirzayevich

      100-maktab

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: