Maktablarda samaradorlikni oshirish Konsepsiyasi tasdiqlandi

Maktablarda ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish Konsepsiyasi tasdiqlandi

Konsepsiyaning asosiy maqsadi etib o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, yuksak axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalash belgilangan.

Bunda maktab, oila, mahalla va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligini yanada kuchaytirish asosiy vazifa sanaladi.

Maktablardagi mavjud holatni o‘rganish va tahlil qilish mezonlari asosida aniqlangan “qizil” toifadagi maktablarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida idoralararo hamda keng jamoatchilik hamkorligi tashkil etiladi.

O‘quvchilarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida “oddiydan murakkabga” tamoyili asosida o‘quvchilarning badiiy asarlarni tanlash va sinchiklab o‘qish malakasini hosil qilish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
O‘quvchilarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida xalq ta’limi vazirining “Kitobxon o‘quvchi” tanlovini tashkil etiladi, “Maktab kutubxonasi”, “Jahon bolalar adabiyoti durdonalari” ruknida yuz jildlik kitoblar to‘plamining nashrini yo‘lga qo‘yiladi.
Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg‘oniy, Umar Hayyom, Mirzo Ulug‘bek, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy, Abu Abdullo Rudakiy, Abulqosim Firdavsiy, Hofiz Sheroziy, Nizomiy Ganjaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi ko‘plab buyuk allomalarimizning jahonshumul ilmiy-ijodiy kashfiyotlari o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilinadi.
“Zamonamiz qahramonlari” ruknida turkum risolalar, animatsion, hujjatli va badiiy filmlar, roliklar yaratilib, ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etiladi. Maktab kutubxonalari O‘zbekiston Qahramonlari, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at namoyandalarining ibratli faoliyati yoritilgan adabiyotlar bilan boyitiladi.
Konsepsiyada maktab, mahalla va oila hamkorligini mustahkamlash, keng jamoatchilik va ota-onalarning farzand tarbiyasiga e’tiborini oshirish maktablardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida qayd etib o‘tilgan.
Shu maqsadda mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchilarni mahallalarda tashkil etiladigan xalq sayillari, umumxalq bayramlari, o‘yinlar va sport musobaqalariga keng jalb qilish bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirilishi belgilangan.
Bir so‘z bilan aytganda,  mazkur Konsepsiyada belgilangan ustuvor vazifalar “Yangi O‘zbekistonning yangi maktabi” g‘oyasi asosida mamlakatimizda maktab ta’limini umummilliy harakatga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni mazmunan yangi bosqichga ko‘tarishda muhim rol o‘ynaydi.

Mavzuga doir:
Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash masalasiga doir mulohazalar

Ma’naviyatni boy bermoq — xalqni boy bermoqdir

O‘zbekiston maktablarida o‘rgatilishi zarur bo‘lgan 6 ta fan


Основная цель концепции – воспитание учащихся в духе уважения к национальным и общечеловеческим ценностям и высоким нравственным качествам.

Основная задача – укрепить сотрудничество между школой, семьей, районом и правоохранительными органами.

Организуется межведомственное и общественное взаимодействие в целях улучшения социально-духовной среды в школах «красной» категории, определяемой на основе критериев изучения и анализа текущей ситуации в школах.

На основе принципа «от простого к сложному» в целях повышения культуры чтения и чтения книг у учащихся разработаны методические рекомендации по отбору художественных произведений и развитию у учащихся умения внимательно читать.
В целях поддержки интереса школьников к чтению будет организован конкурс Министра народного просвещения «Готовый читатель», а в рубриках «Школьная библиотека» и «Шедевры мировой детской литературы» будет издан стотомный сборник книг. , установлено значение l.
Мухаммад Хорезми, Абу Райхан Беруни, Ахмед Фаргани, Умар Хайям, Мирза Улугбек, Абу Наср Фараби, Абу Али ибн Сина, Махмуд Замахшари, Абу Абдулла Рудаки, Абулькасим Фирдавси, Хафиз Шерази, Низами Гянджеви, Абдуррахман Джами, Алишер Наваи. широко пропагандируются среди студентов широкие научные и творческие открытия многих наших великих ученых.
В рубрике «Герои нашего времени» создается и внедряется в учебный процесс серия брошюр, анимационных, документальных и художественных фильмов, роликов. Школьные библиотеки пополнятся книгами о выдающейся деятельности Героев Узбекистана, представителей науки, культуры, литературы и искусства.
В концепции особо отмечается, что в обеспечении стабильности социальной и духовной среды в школах важное значение имеет укрепление сотрудничества школы, общества и семьи, повышение внимания широкой общественности и родителей к воспитанию детей.
С этой целью лидеры молодёжи в микрорайонах предоставляют учащимся содержательное свободное время, оказывают материальную и моральную поддержку детям из семей, включённых в «Регистр молодёжи», «Регистр женщин» и «Железный реестр», решено провести необходимую работу по широкому участию в народных ярмарках, народных праздниках, играх и спортивных соревнованиях, организуемых в микрорайонах.
Словом, первоочередные задачи, определенные в настоящей Концепции, играют важную роль в поднятии на новый уровень содержания проводимой работы по превращению школьного образования в общенациональное движение в нашей стране, основанное на идее « Новая школа Нового Узбекистана».

Предмет:
Размышления о проблеме работы с одаренными учащимися

Потерять духовность — значит потерять людей

6 предметов, которые необходимо преподавать в школах Узбекистана

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: