O’qituvchilar koronavirusga bepul test topshirib dorilar bilan ta’minlanmoqda

O’qituvchilar koronavirusga bepul test topshirib dorilar bilan ta’minlanmoqda
Telegramda o'qish

Avval xabar berilganidek, respublikamiz maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi va xodimlardan «COVID-19″ga test olish hamda bepul dorilar bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda.

Bugungi kunga qadar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan o‘rta ta’lim maktablarining barcha o‘qituvchilari hamda boshqa ishchi xodimlarning aksariyati maxsus laboratoriya usulida koronavirus infeksiyasiga tekshiruvdan o‘tkazilgan.
Shuningdek Xalq ta’limi vazirligi, uning hududiy boshqarma va tuman (shahar) bo‘limlarida Shtablar tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan umumta’lim maktablari faoliyatini xavfsiz va belgilangan vaqtinchalik sanitariya talablari asosida tashkil etish yuzasidan kunlik bajarilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining “COVID-19 pandemiyasi davrida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga tibbiyot xodimlarini biriktirish va faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorga ko‘ra, respublikada mavjud 9 986 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablariga tibbiyot xodimlari, patronaj hamshiralar, tuman tibbiyot birlashmalari, davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari, hududiy sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari biriktirilgan.
Shuningdek koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlari, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishini oldini olish va davolash maqsadida Xalq ta’limi vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shma qarori imzolangan va unga ko‘ra barcha o‘qituvchi va xodimlar gidroksixloroxin xamda sink preparati bilan bepul ta’minlanmoqda.
Hozirgi kunda maktabda faoliyat yuritadigan xodimlardan test olish jarayoni davom etmoqda. Test topshirish tadbirlariga qamrab olinmagan xodimlar hududlardagi xalq ta’limi boshqarmalari hamda sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazlariga murojaat qilishlari mumkin.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: