Maktab bitiruvchilarining necha foizi Davlat grantiga kirdi?

Maktab bitiruvchilarining necha foizi Davlat grantiga kirdi?

​​Maktab bitiruvchilarining 77 foizi Davlat grantiga kirganligi ma’lum qilindi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Davlat granti uchun ajratilgan o‘rinlarning 77 foizini joriy yilgi maktab bitiruvchilari egallaganligini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yilda kirish imtihonlarida ishtirok etgan (jami 888 511 nafar) abituriyentlarning 303 560 nafari (31,5 foiz) umumta’lim maktablarining joriy o‘quv yilgi bitiruvchilar bo‘lgan.

«Ushbu bitiruvchilarning 95 497 nafari (25 foizi) joriy test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, mahalliy OTMlari talabasi bo‘lgan.

Aslida oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan bitiruvchilarimiz bundan ham ko‘p, har yili o‘rtacha 10-15 foiz (44 000 nafar) bitiruvchi nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lmoqda. Shu bois ayrim bitiruvchilar xususiy va xorijiy OTMlarga kirgan va test sinovlarida ishtirok etmagan.

Oliy ta’lim muassasalariga kirgan bitiruvchilar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Xususan, 2021 yilga nisbatan oliy ta’lim muassasalariga kirgan bitiruvchilar soni 14019 nafarga, 2022 yilga nisbatan esa 9 628 nafarga ortgan (2021 yil 81478 nafar, 2022 yilda 85 869 nafar bitiruvchi OTMga kirgan).

Bitiruvchilarning oliy ta’lim qabul kvotasi uchun ajratilgan davlat granti o‘rinlarini egallash salmog‘i ham yildan-yilga ortib bormoqda. Joriy yilda davlat granti uchun  34930 ta kvota ajratilgan bo‘lsa, uning 77 foizini (26 884 nafar bitiruvchi) aynan maktab bitiruvchilari egallagan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 3,5 foizga, ya’ni 3 537 taga ko‘p (2022 yilda 23 347 nafar maktab bitiruvchilar grantga kirgan bo‘lib, ulushi 73,5% bo‘lgan).

Bitiruvchilarning bilim samaradorligi ham o‘tgan yilga nisbatan yaxshilanganligini ko‘rish mumkin. Joriy yilda  o‘rtacha ball 77,1ni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan qariyb 3 balga, 2022 yilga nisbatan esa 1 balga ortgan (2021 yilda 74,2 ball, 2022 yilda 76,3 ball).

Ma’lumot o‘rnida, jami abituriyentlarning o‘rtacha bali 66,7 ni tashkil etgan bo‘lsa, aynan joriy yil bitiruvchilarining o‘rtacha bali 77,1 ballni (+10,4) tashkil etmoqda.

Shuni alohida qayd etish lozimki, maksimal balning 75 foizidan yuqorisini to‘plab, ijobiy natija ko‘rsatgan abituriyentlarning 68 foiz ulushi joriy yilgi bitiruvchilarga to‘g‘ri kelmoqda. Bu yil 30640 nafar yuqori natija ko‘rsatgan abituriyentlarning 20873 nafari ham maktab bitiruvchilaridir.

Shu o‘rinda minimal o‘tish ball (56,7 ball) dan past natija ko‘rsatgan abituriyentlar soni ham yildan-yilga kamayib borayotganini alohida ta’kidlash lozim.

Joriy yilda jami 888 511 nafar abituriyentdan 415 159 nafari (46,7 foizi) 56.7 ballni ham to‘play olmagan bo‘lsa, ular orasida maktab bitiruvchilari 11,7 foizni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich 2022 yilga nisbatan qariyb 4 ming nafarga kamaygan.» — deya ma’lum qilgan vazir Hilola Umarova

Mavzuga doir:
Prezident maktablari bitiruvchilari qancha grant takliflari olishgan?

Davlat grantida o‘qigan talabalar sinovsiz ishga kirishi mumkin

Bitiruvchilar oliygohga kirsa director rag‘batlantiriladimi?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: