2022-yil qabul natijalari bo‘yicha XTV munosabati

2022-yil qabul natijalari bo‘yicha XTV munosabati

Joriy yil test sinovlari natijalariga oid ijtimoiy tarmoqlar orqali bildirilayotgan fikrlarga Xalq ta’limi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Vazirlik, avvalo, bu masalada kuyunchaklik bilan bildirilayotgan turli fikr-mulohazalarning juda o‘rinli ekanini ta’kidlab, berilayotgan ko‘rsatkichlar barcha test sinovlarida qatnashgan 1 milliondan ortiq abituriyentlarning natijalari ekaniga ham e’tiborni qaratish lozimligini bildirgan.
Shuningdek, bir qator tahliliy holatlarni keltirgan:
— 2022 yilgi test sinovlarida ishtirok etgan jami abituriyentlarning 386 523 nafari yoki 24 foizi joriy yilgi maktab bitiruvchilarini tashkil etadi. 810 mingdan ortiq yoki 76% abituriyentlar kasb-hunar maktablari, akademik litseylar bitiruvchilari va eng asosiy qismi oldingi yillar davomida oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinmagan yoshlardan iborat.
— 2021 yilda bitiruvchilarning o‘rtacha bali (samaradorlik ko‘rsatkichi) 2020 yilga nisbatan 69,8 balldan 74,9 ballga, ya’ni+5.1 ballga oshgan. Shuningdek, past natija ko‘rsatgan (56,7 balldan kam) bitiruvchilarning ulushi 2021 yilda 2020 yilga nisbatan qariyib -13% yoki -35 232 nafarga kamaygan.
Jumladan, 2020 yilda 56.7 balldan past natija ko‘rsatgan bitiruvchi-o‘quvchilar 138 780 nafar (yoki 46%)ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2021 yilda bu ko‘rsatkich 103 548 nafar (yoki 33%)ni tashkil etgan.
«2022 yilgi maktab bitiruvchilarining test sinovlarida egallagan o‘rtacha ball ko‘rsatkichlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida joriy yilning oktabr oyida to‘liq tahlil etiladi va jamoatchilikka yetkaziladi», deya qo‘shimcha ma’lumot berilgan.


Министерство народного образования официально отреагировало на высказанные в социальных сетях мнения по поводу результатов тестов этого года.

В первую очередь в министерстве подчеркнули, что различные мнения, высказанные по этому поводу, весьма обоснованы, и необходимо обратить внимание на то, что приведенные показатели являются результатами более 1 млн абитуриентов, принявших участие во всех испытаниях.
Также привел ряд аналитических кейсов:
— 386 523 человека или 24 процента от общего числа абитуриентов, принявших участие в испытаниях 2022 года, являются выпускниками текущего года. Более 810 тысяч или 76% абитуриентов являются выпускниками профессионально-технических училищ, академических лицеев, причем большинство из них составляют молодые люди, не принятые в высшие учебные заведения в предыдущие годы.
— В 2021 году средний балл (показатель успеваемости) выпускников вырос с 69,8 балла до 74,9 балла по сравнению с 2020 годом, т.е. +5,1 балла. Также доля выпускников с низкими результатами (менее 56,7 балла) в 2021 году по сравнению с 2020 годом уменьшилась на -13% или -35 232 человека.
В частности, в 2020 году 138 780 студентов (или 46%) закончили обучение с баллом ниже 56,7 балла, тогда как в 2021 году этот показатель составлял 103 548 человек (или 33%).
«Средние баллы выпускников школ 2022 года по тестам будут полностью проанализированы и доведены до всеобщего сведения в октябре текущего года на основании информации, предоставленной Государственным центром тестирования», — была предоставлена ​​дополнительная информация.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: